| Institut haqida |
|
|
| Автор Administrator | |
| 06.09.2010 г. | |
|
Institutning aynan Samarqandda ochilishiga Samarqandning Markaziy Osiyoda 2500 yillik tarixga ega qadimiy shahar ekanligi, rivojlangan madaniyat va arxitektura yodgorliklariga ega bo`lib qadimdan fan va madaniyat markazi bo`lib kelganligi asos qilib olingan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlarning davomiyligini ta’minlovchi kuch, bugungi kunda tahsil olayotgan, ilmga chanqoq yoshlardir. Shu sababli mamlakatimiz rahbari yoshlarga juda katta e’tibor bilan qaramoqdalar. Yoshlarning komil inson bo`lib yetishishi uchun talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, ularga yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash lozim. Mamlakatimizning to`la mustaqilligini ta’minlovchi omillardan biri ma’naviy-ma’rifiy sohadagi mustaqillikdir. Shu bois institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar professor-o`qituvchi va talabalar ongiga O`zbekiston xalqining taraqqiyot yo`lidagi bosh g`oya – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish g`oyasini singdirishga qaratilgan. Bugungi kunda Vazirlar mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida OUMT Vazirligi bilan kelishilgan holda to’rtta fakultet tashkil faoliyat ko’rsatmoqda.
Mazkur fakultetlar tarkibida 25 ta kafedra faoliyat yuritmoqda:
Ayni paytda o`quv yurtimiz 18 ta bakalavriat yo`nalishlari, 12 ta magistratura mutaxassisliklari bo`yicha malakali kadrlar tayyorlamoqda. Shuningdek 11ta ixtisoslik bo`yicha aspirantura va 3ta ixtisoslik bo`yicha doktorantura faoliyat ko`rsatmoqda. Institutdagi 4 ta fakultetda 25 ta kafedra mavjud bo`lib, ularda jami 284 nafar yuqori malakali professor-o`qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar. Ulardan bir nafari O`zFA akademigi, 24 nafari fan doktorlari professorlar, 155 nafari fan nomzodlari va dotsentlar. Ilmiy daraja va unvonlarga ega bo`lgan professor-o`qituvchilar 62%ni tashkil etadi. Ular orasida «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi», «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan me’mor» va «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvonlariga sazovor bo`lganlari bor. Institutda jami 2895 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 2332 nafari kunduzgi bo`limda, 473 nafari sirtqi bo`limda. Magistraturada esa 90 nafar talaba tahsil olayapti. Institut Axborot resurs markazida 4 ta o`quv zali mavjud, ulardan ikkitasi o`quv binolarida, ikkitasi talabalar uyida joylashgan. Ular hozirgi kunda zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganlar. ARMning umumiy kitoblar fondi 364786 ta nusxani tashkil etadi, shundan 83659 tasi o`zbek tilida yozilgan. Bu fond so`nggi yillarda institut xodimlari tomonidan yaratilgan adabiyotlar bilan muntazam to`ldirilib borilayapti. Oxirgi uch yil davomida 40 ta darslik va o`quv qo`llanmalari OO’MTV ning muvofiqlashtiruvchi Kengashidan tasdiqdan o’tkazilib nashr etildi, 29 ta o’quv qo’llanmasi va 214 ta uslubiy qo`llanma chop etildi. Professor-o`qituvchilarning malakasini oshirishga katta e’tibor berilayapti. 2005-2008 yillar davomida 179 nafar xodim Respublikamiz malaka oshirish maskanlarida o`qib keldi, 13 nafar chet ellarda malaka oshirib qaytdilar. Institutimiz tasarrufidagi malaka oshirish fakultetida viloyatimizdan tashqari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari kasb-hunar kollejlari pedagog xodimlari o`z malakalarini oshirishmoqda. Institutda ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshirish uchun bir necha ilmiy laboratoriyalar, bir markaz va bir majmua (kompleks) hamda bitta ilmiy-laboratoriya noyob obyekt tashkil etilgan: Samarkand viloyati va unga yondosh viloyatlar qurilishi industriyasi extiyojidan kelib chiqib, bino va ishootlar qurilmalari hamda qismlarini sinovdan o’tkazishi mintakaviy markazi, Ilmiy-muxandislik kompleksi tashkil etildi. Bu ilmiy markazlar davlat sertifikatlariga ega hamda tegishli akkreditasiya va attestasiyalardan o’tkazilgan. Joriy yilda 400 dan ortiq nafar talaba ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etdi. Ularning 60 nafari maosh to’lanadigan ishlarda mashg’ul bo’ldi. Xisobot yili kunduzgi aspiranturani 8 kishi tugatdilar, 2 aspirant nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyat bilan himoya qildi. 3ta doktorlik dissertasiyasi yoklandi (N.I. Taylokov., I.S. Shukurov, U.U. Sanaqulov). Doktorant Sultonova D.N. va aspirantlar Ibragimova Lola va Po’latov Yusuflar doktorant va aspirantlarni respublika tanlovida sovrinli 2–o’rinni egallashdilar. Aspiranturaga 10 nafar yosh mutaxassis qabul qilindi. 1999 yildan beri davlat ro’yxatidan o’tgan va OAK tomonidan ilmiy nashrlar sirasiga kiritilgan “Me’morchilik va qurilish muammolari” ilmiy–texnik jurnali nashr etilmoqda. Institut qoshida shuningdek doktorlik va nomzodlik dissertasiyalarini ko’rib chiqadigan ilmiy seminar mavjud. Institutda 2007 yilda davlat tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadigan ITI miqdori 37,98 mln. so’mdan, xo’jalik shartnomalari 40 mln. 926 ming so’mdan ortiqni tashkil etdi, loyiha–tadqiqot ustaxonasi va talabalar konstruktorlik byurosi faoliyat ko’rsatmoqda. YuNESKO bilan hamkorlikda “Tarixiy shaharlar me’moriy yodgorliklarini ta’mirlash” kafedrasi tashkil etilgan. Ilmiy tadqiqotlar mavzulari O’zbekiston Respublikasi arxitektura–qurilish kompleksi dolzarb masalalari bilan bevosita bog’liq, FA Samarqand bo’limi va tarmoq institutlari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Germaniya, AQSh, Singapur, Stambul Yulduz texnika universiteti, MDH va boshka xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari va OUYu lari bilan hamkorlik shartnomalari mavjud. YuNESKO, Shvetsiyaning Karl shtadt universiteti, Ogaxon xalqaro jamg’armalari bilan bir nechta ilmiy seminar va konferensiyalar o’tkazildi. Ilmiy tadqiqotlar yagona umumiy ilmiy yo’nalish va individual reja asosida olib borilmoqda. Qator ishlanmalar ishlab chiqarishga tadbiq etilgan, 5 nafar professor-o’qituvchilar xorijiy mamlakatlarda malaka oshirib qaytishdi. Ilmiy anjumanlar va nashriyotchilik faoliyati bo’yicha institutda o’tgan 2007 hisobot yilida 7 ta ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi: 2007 yil 23-24 aprel kunlari Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag’ishlab «Talaba yoshlarni vatanparvarlik va insonparvarlik ruxida tarbiyalashda ijtimoiy fanlarning roli» mavzuidagi ilmiy-nazariy anjumani 2007 yil 27-28 aprel kunlari «Suv ta’minoti va kanalizasiya tizimlarini muhandislik va ekologik masalalari» mavzuidagi ilmiy -amaliy anjumani 2007 yil 20 iyun kuni Yosh olimlar, magistrantlar va bakalavriantlarninng an’anaviy IV ilmiy-nazariy konferensiyasi 2007 yil 6-7 sentyabr kunlari «Mexanikaning dolzarb muammolari» mavzuidagi xalqaro ilmiy nazariy anjumani «2007 yil 8-9 sentyabr kunlari SamDAQIning 40-yilligiga bag’ishlangan «O’zbekiston me’morchiligi va shaharsozligini rivojlantirish muammolari» mavzuidagi ilmiy-amaliy anjumani 2007 yil 12-13 sentyabr kunlari «Oliy maktablarda xorijiy tillarni o’rganishning lingvistik va uslubiy muammolari» mavzuidagi ilmiy -nazariy anjumani 2007 yil 16-17 noyabr kunlari «Milliy mafkura muammolari va yoshlarda milliy o’zlikni anglash falsafasi» mavzuidagi ilmiy-nazariy anjumanlari o’tkazildi. Yuqorida keltirilgan anjumanlarning 7-ta to’plami bilan bir qatorda, “Me’morchilik va qurilish muammolari” ilmiy–texnik jurnalining to’rt nomeri nashr etildi . -2007 yilda 2 monografiya, 4 ta darslik va o’quv qo’llanmasi nashr etildi, 2 ta elektron darslik tayyorlandi. -Institut talabalari talabalar ilmiy – texnik olimpiadasining Respublika bosqichida OTMlar orasida birinchi 6 likdan joy olishdi. -Joriy yilda 2 ta patent olindi va 25 ortiq ilmiy ishlanma o’quv jarayoni va ishlab chiqarishga tadbiq etildi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirishga katta e’tibor berilayapti. 2002 yilda 121 ta kompyuter bo’lsa, 2003 yilda kompyuterlar soni 147 ga, 2004 yilda – 157 ga, 2005 yilda esa kompyuterlar soni 180 ga yetdi, kompyuterlar sinfi asosan Pentium – III va Pentium – IV turkumli, bugungi kunga kelib kompyuterlar soni 249 taga etgan. Ularning asosiy qismini Pentium – IV kompyuterlari tashkil etadi. 119 ta kompyuter 256 mb/s tezlikda cheklanmagan trafik bo’yicha ishlovchi Internet tarmog`iga ulangan. Xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish sohasida muayyan ishlar bajarilmoqda, institut olimlaridan 5 nafari chet el ixtisoslashgan ilmiy kengashlariga a’zo, YuNESKO bilan hamkorlikda «Tarixiy shaharlar me’moriy yodgorliklarini ta’mirlash» kafedrasi tashkil etilgan. Shuningdek YuSAID, YuNESKO va boshqa xalqaro jamg`armalar bilan aloqa o’rnatilgan, qator xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalariga asosan ishlar olib borilmoqda. Institutda umumiy yuzasi 33.453 m2 bo’lgan 10 ta o’quv laboratoriya binolari, umumiy maydoni 18.084 m2 bo’lgan 16 ta yordamchi binolar va umumiy maydoni 11.225 m2 bo’lgan 584 o’rinli 2 ta talabalar uyi mavjud, shunigdak 4 ta yopiq va 3 ta ochiq turdagi sport inshoatlari, 300 o’rinli 2 ta oshxona va 2 ta bufet faoliyat ko’rsatadi. Istitut moddiy-texnik ba’zasi muttasil mustahkamlanib bormoqda, 2007 yilda institut moddiy- texnik ba’zasini mustaxkamlash uchun barcha manbalar bo’yicha 57 mln 15 ming so’mlik jihozlar sotib olindi, byudjet hisobidan 35,0 mln so’mlik ta’mirlash ishlari bajarildi.
|






