| Xalqaro aloqalar |
|
|
| Автор Administrator | |
| 31.03.2008 г. | |
|
Institut bir qator halqaro mashhur tashkilotlar, shuningdek, yaqin va uzoq horijiy davlatlar oliy o`quv yurtlari bilan aloqa o`rnatgan. Jumladan, YUNESKO tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim vazirligining qo'llab-quvvatlashi tufayli SamDAQI da institutning ayrim tadqiqod sohalarini amalga oshirish maqsadida YUNESKO ning "Tarixiy markazlarni saqlash va boshqarish" halqaro kafedrasi ochildi. Bu Samarqand shahar hokimiyatinig "Samarqandda milliy me`morchilik merosini saqlab qolgan holda, halqaro turizmni rivojlantirish va ziyorat markazini tashkil etish to`g`risidagi dasturi" asosida tashkil topdi. SamDAQI da Halqaro hamkorlik markazi "Samarqandinvest-SamDAQI" markazi vujudga keldi. O`zbekiston Respublikasi hukumati va BMT ning yordami asosida, birgalikdagi loyihaga binoan, kichik biznesni rivojlantirish uchun institutda, shuningdek, "Biznes inkubator" joriy etildi. YUNESKO bilan hamkorlikda Italiyaning Politexniko di Milani, Lakambre (Belgiya) me`morchilik instituti, Shvesiyaning Karl Shtadt universitetlari bilan birgalikda halqaro konferensiyalar va ijodiy seminarlar o`tkazildi. Ogahon Madaniy jamg`armasi Turkiyaning "Yulduz" Texnika universiteti, Shvesiya universiteti va Karl Shtadt kommunalari bilan muntazam aloqa o`rnatilgan; ular bilan hamkorlikda me`moriy loyihalar ishlandi, seminar va ilmiy anjumanlar o`tkazildi. |
|
| Последнее обновление ( 02.04.2008 г. ) |

Xalqaro aloqalar 

