samgasi.uz

SamDAQI pochtasi

Login
Parol
 

Foydali resurslar

gov.uz
edu.uz
ZiyoNET
www.uz

Qidiruv tizimi

.
samgasi.uz arrow AT markazi
Axborot texnologiyalari markazi Печать E-mail
Автор Administrator   
31.03.2008 г.

 Institut o`quv jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarilarini keng joriy etish maqsadida institutda «Axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish markazi» faoliyat ko`rsatmoqda. Institut tarkibi tizimining 5 ta alohida bo`limini kompyuterlarini birlashtiruvchi lokal tarmoq ishlab turibdi va institutdagi kompyuterlar bu tarmoqqa ulangan.  Institut talabalari va professor-o`qituvchilari internet tarmog`iga ulanish imkoniyatiga ega. Institutda yangi tashkil etilgan «Axborot texnologiyalari markazi»da yangi zamonaviy kompyuter texnologiyalari, yangi dastur va operatsion sistemalarni o`quv jarayoniga tatbiq etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

Institutda mavjud bo`lgan va kengaytirilayotgan yagona lokal tarmoq hozirgi paytda «Uzinfokom» davlat kompaniyasi tomonidan tatbiq etilgan «Uzscinet» yuqori tezlikda ishlovchi radiointernet, «Net City» internet provayderi, «TPS» yuqori tezlikli tarmog`iga ulanganlik bilan birgalikda oliy ta’lim vazirligi Axborot kommunikasiya texnologiyalarini o`quv jarayoniga tatbiq etish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan yagona korporativ tarmoqqa «EAST TELECOM» kompaniyasi yordamida ulanish amalga oshirildi. Bu o`z navbatida talabalar va professor-o`qituvchilarning internet va elektron pochta xizmatlaridan yuqori sifat darajasida foydalanishga hamda vazirlik tomonidan jo`natilayotgan modemogrammalar va buyruqlarni tez, sifatli qabul qilib olib, junatishga imkon beradi. Institut bosh binosida joylashgan Axborot resurs markazi kompyuter xonasi  internet tarmogiga ulangan. Hozirgi kunda ARMga tashrif buyuruvchi o`qituvchi va talabalar Internet xizmatidan foydalanish imkoniyatiga egalar. Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida o’quv jarayonini nazorat qilish va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (UNICOS) to’liq joriy etilgan. Mavjud 4 fakultet kompyuterlari lokal tarmoq orqali ushbu tizimga ulangan. Barcha fakultetlar o’z talabalarining davomati va o’zlashtirishi haqidagi ma’lumotlarni lokal tarmoq orqali tizimga muntazam ravishda kiritib boradilar. Kiritilgan ma’lumotlar zudlik bilan oliy ta’lim vazirligi serveriga jo’natiladi. Shu bilan birgalikda institut raxbariyati tomonidan ushbu ma’lumotlar chuqur tahlil qilinib, darslarni ko’p qoldirgan va o’zlashtirishi past bo’lgan talabalarga nisbatan choralar ko’rilmoqda. Professor-o’qituvchilar va talabalar ma’lumotlar bazasi qaytadan yangilanib, ularga aniqlik kiritilib borilmoqda. Ushbu tizim yordamida institut raxbariyati talabalarning davomati va uzlashtirishi, hamda professor-o’qituvchilar, talabalarning ma’lumotlar bazasidan operativ ravishda foydalanishlari mumkin. Internet tarmog’i orqali talabalarning ota-onalari o’z farzandalarining darslarga qatnashishi va ularning o’zlashtirishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.

Последнее обновление ( 18.11.2008 г. )
 

Hozir saytda

Сейчас на сайте находятся:
3 гостей

Ob- havo

Все о погоде - Pogoda.uz