AL va KHK bilan ishlash bo'limi

   

    AL va KHK bilan ishlash bo'limi boshlig‘i:  Mamarasulov Shaxobiddin Mamarasulovich

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon: (8 366) 237-48-28

   E-mail: mamarasulov@umail.uz   

 

 

 

Akademik  litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,  Vazirlar Mahkamasi yig’ilishining 2011 yil 11 martdagi 07/03-1-6 sonli topshirig’i  hamda OO’MTVning 2011 yil 14-martdagi 109-sonli “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga amaliy uslubiy yordam ko’rsatish yuzasidan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to’g’risida”gi  buyrug’i asosida tashkil etilgan.

   Bo’limning vazifalari
Yuqori tashkilotlar buyruqlari asosida institutga biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan o’zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilish.
Hamkor muassasalarda fanlarni o’zlashtirilishining uslubiy tahlili, axborot va kasbiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish asosida, optimal taxsil olish jarayonini tashkil etishga ko’maklashish  uni uslubiy va moddiy ta’minotining samarali turini ishlab chiqish chora-tadbirlarini ko’rish.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, bakalavriyat va magistratura  yo’nalishidagi  fanlarning  o’quv dasturlarini muvofiqlashtirish  ilmiy izlanishlarning yutuqlarini hisobga olgan holda takomillashtirish va uni axborot ta’minoti tizimini yaratishdagi ishlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko’rish.
Ilmiy va uslubiy izlanishlarning natijalari asosida uzluksiz ta’lim dasturlariga muvofiq samarali ta’lim berish talablariga javob beruvchi darsliklar va adabiyotlar yaratish ishlarini tashkil etish, yangi adabiyotlar taqdimotini o’tkazish.
Davlat ta’lim standartlari  va ularni o’quv jarayoniga joriy qilinishini uzluksiz tahlil qilib borish asosida ularni takomillashtirish yuzasidan hamkorlikda takliflar ishlab chiqish.
Biriktirilgan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga amaliy uslubiy yordam ko’rsatish uchun kafedralarni biriktirish, vazifalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Biriktirilgan kollejlarga o’quv jarayoni sifatini oshirishda zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarini, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab qilingan malakali mutaxasislarni tayyorlashning boshqa ilg’or  usullarini joriy qilishda amaliy yordam ko’rsatish.
Biriktirilgan kollej so’rovnomasiga muvofiq alohida fanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borishga oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o’qituvchilarini jalb qilishni tashkil etish.
Biriktirilgan kollejlar o’qituvchilarini malaka oshirishini va qayta tayyorlashni hamkorlikda tashkil etish.
Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va o’quv-metodik bazasida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish, axborot-resurs markazlaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratish.