Amaldagi loyihalar

Hamkorlikda o’tkazilgan tadbirlar: (2014-2015 o’quv yili)

  1. 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR UZWATER qo’shma loyihasi dasturi bo’yicha Samarqand OTMlarida 2014 yil 2-4 sentyabr kunlari seminarlar rejalashtirilgan edi. Ushbu seminarlar davomida institutda Yevropalik hamkor OTM vakillaridan Lars Rayden (Lars Ryden) –  Uppsala universiteti professori (Shvesiya), Yanis Zaloknis (Janis Zaloksnis) – Latviya universiteti professori (Latviya), Viktoras Rasis (Viktoras Racys) - Kaunas texnologiya universiteti professori (Litva) Jazef Mosey (Jozef Mosiej) – Varshava tabiiy fanlar universiteti professori (Polsha), Linas Klyuchininkas (Linas Kliucininkas) - Kaunas texnologiya universiteti professori (Litva) va Kaunas texnologiya universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi (Litva) Gintari Vilbikine (Gintare Vilbikiene) lar MKK fakulteti magistrlariga ekologiya va suv muommolari bo’yicha ingliz tilida ma’ruzalar o’qishdi va seminar treyning o’tkazishdi. Seminar treyning va ma’ruzalar mobaynida magistrlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga jahon statistkasi va shu sohadagi jahon olimlari fikrlari misolida javob olishdi.
  2. 4 sentyabr kuni Germaniyaning KNAUF kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan maslahat markazining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda xorijlik mehmonlardan “Knauf Servis”, MDH davlatlari bo’yicha Knauf guruhi marketing xizmati rahbari  Terentyuk Irina va TEMPUS-UZWATER qo’shma loyihasi bo’yicha tashrif buyurgan delgasiya a’zolari (Viktoras Rasis (Viktoras Racys) - Kaunas texnologiya universiteti professori (Litva) Jazef Moseyj (Jozef Mosiej) – Varshava tabiiy fanlar universiteti professori (Polsha), Linas Klyusininkas (Linas Kliucininkas) - Kaunas texnologiya universiteti professori (Litva) va Kaunas texnologiya universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi (Litva) Gintari Vilbikine (Gintare Vilbikiene)) ishtirok etishdi. Ushbu maslahat markazida KNAUF kompaniyasi va SamDAQIning hamkorlikdagi foaliyatini yanada kengaytirish imkoniyatlari ochiladi, kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan qurilish materiallari haqidagi to’liq ma’lumot o’quv jarayoniga qo’llanilgan holda kompaniya xizmatlarini zamonaviy talablar asosida amalga oshiradigan xodimlar shakillantiriladi.
  3.  9 sentyabr kuni YuNESKOning O’zbekistondagi vakili Krista Pikkat institutga tashrif buyurdi. Rasmiy tashrif mobaynida Krista Pikkat institut muzeyi va institutda tashkil etilgan “Tarixiy markazlarni saqlash va boshqarish” YuNESKO kafedrasida bo’ldi va u yerda tashkil etilgan ko’rgazma, kafedra faoliyati va talabalar tomonidan tayyorlangan ishlar bilan yaqindan tanishdi. YuNESKO kafedrasida institut ma’muriyati bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv mobaynida Samarqandning tarixiy ko’rinishini yaxshilash, Samarqandda turizmni rivojlantirish va talabalarni tarixiy muhit loyihalarini yaratishga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida Buxoro va Xiva tajribalaridan keng foydalanish kerakligi ta’kidlandi. Kelajakda arxitektura sohasidagi ko’ngilli xorijiy talabalarni Samarqandga jalb qilish va mahalliy talabalar bilan tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish to’g’risida  kelishib olindi.
  4.  25 noyabr kuni Malayziya Xalqaro Islom universiteti Muhandislik fakulteti dekani Md Nur bin Salex boshchiligidagi delegasiya (delegasiya a’zolari: fan doktorlari Fadli Jashi Darsivan, Mayzatulnisa binti Osman, Zahurin binti Halim, Zuraydin binti Ahmad, Ahmad Zamani bin Juson va Maysara binti Ali) institutga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida delegasiya a’zolari institut faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, institutda Germaniyaning KNAUF kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan KNAUF maslahat markazi va UZWATER 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR xalqaro qo’shma loyihasi doirasida tashkil etilgan ilmiy-o’quv markazlarida bo’lishdi. Institut ma’muriyati kelajakda  Malayziya Xalqaro Islom universiteti bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish istagini bildirdi. Mazkur universitet bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha muzokara olib borilmoqda.
  5. 2015 yil 11-13 fevral kunlari institutda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qo’mitasi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan Koreyaning Kemyong universiteti delegasiyasi ishtirokidagi xalqaro seminar bo’lib o’tdi. Seminarda  Kemnyong universiteti professorlari tomonidan “Koreyada yangi shaharlarni barpo etishni loyihalash yo’nalishlari”, “Janubiy Koreyaning Sejong shahri misolida shahar transport tizimini loyihalashning yangi usuli”, “Arxitekturaning ekologik muammolari va atrof muhitga bo’lgan munosabat”, “Bino va ko’priklarni qurishda va loyihalashda zilzila xavfini kamaytirish”,  “Karkas konstruksiyali zamonaviy baland binolarni qurish metodlari” mavzularida va institut pedagogik jamosi tomonidan  “SamDAQIdagi “Arxitektura maktabi”, talabalarning amaliy ko’nikmalarini va yosh mutaxasislar kvalifikasiyasini oshirish”, “SamDAQIning xorijiy turdosh OTMlar bilan olib borayotgan hamkorligining aniq yo’li”, “Turar joy binolari qurilishida zilzilabardoshlikni ta’minlash”, “O’zbekiston shaharlarining eski qismlarini qaytadan yangilash yo’llari va omillari”, “Samarqanddagi tarixiy yodgorliklarni saqlash muammolari” mavzularida ma’ruzalar o’qildi. Shuningdek seminar davomida ikki tomon professor-o’qituvchilari Shaharsozlik, Yo’l qurilishi, Suv ta’minoti, Bio arxitektura va Yashil arxitektura, Zilzilabardoshlik, Karkas konstruksiyalarni qo’llash kabi mavzularda, hamda Arxitektura va qurilish yo’nalishida Kemyong universiteti va SamDAQIda amal qilinayotgan ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari va o’quv rejalari bo’yicha ham fikr almashishdi. Seminar so’nggida SamDAQI va Kemyong universiteti o’rtasida hamkorlikda ish olib borish bo’yicha Anglashuv Memorandumi imzolandi.