Bakalavriatura

Bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Bakalavrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malaka talablari

Bakalavr:

dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;
tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlarni qabul qila olishi;
tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;
sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish uquv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Bakalavr:

-ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga;
-tegishli bakalavriat yo‘nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;
-kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.