imtihon-topshiriladigan-fanlar

“Menejment” ta’lim yo’nalishi bo’yicha – matematika, chet tili, ona tili va adabiyotdan, qolgan barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha matematika, fizika, ona tili va adabiyotdan test sinovi O’zbekiston Respublikasi Davlat test markazi belgilagan muddatda o’tkaziladi.
 “Arxitektura”, “Kasb ta’limi: tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” va “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha “Chizmachilik” va “Rasm” fanlaridan, “Dizayn” ta’lim yo’nalishi bo’yicha esa “Qalamtasvir” va “Rangtasvir” fanlari-dan ijodiy imtihonlar 21 iyuldan 25 iyulgacha o’tkaziladi. Ijodiy imtihonlar yagona ko’p ballik baholash tizimi  asosida tashkil qilinadi.
 Bundan tashqari, “Arxitektura”, “Kasb ta’limi: tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” va  “Dizayn” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha umumta’lim fanlari matematika, ona tili va adabiyotdan test sinovi yuqorida ko’rsatilgandek boshqa ta’lim yo’nalishlar bilan bir kunda o’tkaziladi.
 Hujjatlar 2015 yil 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi.