Institutga 2017-yil 1 iyun kuni Germaniya Respublikasidagi Drezden Texnika Universitetidan Yordan Yens (Jorden Jens) ning tashrifi

O’zbekiston Respublikasining Berlin shahridagi elchixonasi xabariga ko’ra, Germaniyaning “Folksvagen” jamg’armasi Markaziy Osiyo va Kavkaz davlvtlari bo’yicha loyihalar koordinatori M.Nyollenburg Toshkent arxitektura va qurilish instituti qoshida GFR Oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan O’zbek-German arxitektura markazida amalga oshirish rejalashtirilgan “Toshkent topografik yodgorliklarini tadqiq qilish. Madaniy ilmiy jarayonlar va izlanishlar sohasida bilimlar transferi” loyihasi jamg’arma rahbariyati tomonidan tasdiqlanganligini ma’lum qilgan.

   

Ushbu dasturni amalga oshirilishini muhokama qilish maqsadida 2017 yilning 30 may oyidan 6 iyun oyiga qadar Germaniya Respublikasidagi Drezden Texnika Universiteti o’qituvchisi Yordan Yens (Jorden Jens) O’zbekistonga tashrif bo’yurishini ma’lum qilgan va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga kelish istagini bildirgan.

2017 yil 2 iyun kuni soat 09:00 da Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Yordan Yens tashrif bo’yurdi. Germaniyalik mehmon bilan zamonaviy arxitektura bo’yicha va institutimizda tahsil olayotgan, nemis tilini yaxshi biladigan talabalarimiz va professor-o’qituvchilarimizni Germaniyadagi oliy ta’lim muassasalarida o’qishga jalb qilish bo’yicha 11:00 ga qadar uchrashuv tashkil qilindi.

Samarqand yam-yashil xiyobonu maydonlarga, bog’-rog’larga boy shahar ekanini alohida ta’kidlashni istardim, – dedi Jorden Jens.  Bu aholi uchun yanada qulay va sifatli turmush sharoitini yaratishga xizmat qiladigan omillardan.

Uchrashuv davomida Jorden Jens shaharlar arxitekturasini rivojlantirishda inobatga olinishi va amalga oshirilishi zarur bo’lgan choralar yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi.  

   

Davra suhbatida ishtirok etgan Arxitektura fakulteti va Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasidagi professor-o’qituvchilar va talabalar shahar infrastrukturasining rivojlanishi, arxitekturani rivojlantirishga oid o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.