Kasaba uyushma qo'mitasi

 

 

  Rais: Axunjanov Abduraxmon Maxmudovich

  Telefon: (8 366) 237-10-42

  Elektron manzil: samgasiprof@mail.ru

  Kasaba uyushmasining maqsad va vazifalari

 

 

 

               Kasaba uyushmasining maqsad va vazifalari

Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi a’zolari, shuningdek korxona, tashkilot, muassasalar (bundan keyin korxonalar) jamoalarining mehnat, ijtimoiy-qitisodiy, intellektual huqu va manfaatlarini himoya qilishni amalga oshirishdir.

Kasaba uyushmasi  ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
Tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlari, shuningdek, umuman kasaba uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish, birligi va birdamligini mustahkamlashga;
Tarmoq  Kelishuvlari va jamoa  shartnomalari tuzish bo’yicha ijtimoiy sheriklik tamoyillarining yo’lga qo’yilishiga, jamoaviy muzokaralarni tashkil etilishi, ularning bajarilishi nazoratini amalga oshirilishiga;
Mehnatga haq to’lash va mehnat shartlarida ijtimoiy-adolatli tizim joriy etilishi va uni takomillashtirilishiga;
Korxonalarda mehnat qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishi, xodimlarga meyoriy hujjatlarda ko’zda tutilgan barcha imtiyoz va kafolatlarning berilishiga;
Kasaba uyushmasi a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat, fuqarolik huquq va kasbiy manfaatlarini himoya qilish uchun  jamoatchilik maslahatxonalarini  tashkil etilishi, o’z vakolatlarini amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilishiga;
Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va sharoitlari hamda atrof muhit muhofazasi holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, ish joylarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini bartaraf etilishi, ishlovchilarga sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari, qulay maishiy sharoitlar yaratilishiga;
Kasaba uyushmasi a’zolarining sog’liqlarini mustahkamlash, ommaviy jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratilishiga, dam olish va sanatoriy-kurortlarda sog’lomlashtirishning samarali va hammabop bo’lishi ta’minlanishiga;

Mehnat ta’til berish to’g’risida

Professor-o’qituvchilar  - 48 ish kun
Doktorant va aspirantlarga – 30 ish kun
Ma’muriy-boshqaruv, mutaxassis, o’quv-yordamchi, stajyor-tadqiqotchi, ilmiy, ilmiy-texnik. Texnik va xizmatchi xodimlarga – 24 ish kuni
Xo’jalik bo’limining santexnik, elektrik, durodgor, qozonxona operatori, liftyor, haydovchi va qurilish ta’mirlash bo’limi ishchilariga – 21 ish kuni
Bog’bonlar, yig’ishtiruvchilar, qarovullar, faroshlarga  -18 ish kuni
Quyidagilarga ularning yoshi va sog’lig’i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga – 30 kalendar kun;
Ishlayotgan  I va  II guruh nogironlariga – 30 kalendar kun;
Maxsus va 2-bo’lim xodimlariga, ularning mehnat vazifalarining o’ziga xos jihatlari va xususiyatlarini e’tiborga olib, me’yoriy hujjatlarga muvofiq – 30 kalendar kun
Yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’tillarning davomiyligi, ularni hisolash va haq to’lash tartibi, shuningdek ta’til berish uchun asos  o’ladigan ish stajini hisobga olish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (Mehnat kodeksining 113-162 moddalari)
Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo’yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqiladi.
Ta’til davriga to’g’ri kelib qolgan va ishlamaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.
Ta’tillar muddatini ishlagan vaqtga mutonosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir to’liq ta’til miqdorini o’n ikkiga bo’lib, so’ng to’liq ishlagan oylar soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda o’n bsh kalendar kuniga teng va undan ko’p bo’lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o’n besh kalendar kunidan kami esa chiqarib tashlanadi.
Professor-o’qituvchilar tarkibiga yillik ta’tillar, qoida tariqasida, yozgi ta’til davrida beriladi.
Aspirant va doktorantlarga, qoida tariqasida yozgi ta’til davrida 30 kalendar kunidan iborat uzaytirilgan asosiy yillik ta’til beriladi.
Doktorantura va aspiranturada o’qish muddatiga uzaytirilgan asosiy yillik 30 kalendar kunlik ta’tili ham kiradi.
Aspirant va doktorantlarning asosiy yillik uzaytirilgan ta’tillari asli xolida har yili foydalaniladi. Uni boshqa vaqtga ko’chirishga, qismlarga bo’lishga va pullik kompensasiya bilan almaytirishga yo’l qo’yilmaydi.
Stajyor-tadqiqodchilarga, qoyda tariqasida yozgi ta’til davrida 24 ish kunidan iborat asosiy yillik ta’til beriladi.

SamDAQI professor-o‘qituvchi va xodimlari uchun sanatoriyalar to'g'risida ma'lumot

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining
ICHKI TARTIB QOIDALARI

I. Umumiy qoidalar
II. Ish beruvchi (rektor)ning majburiyatlari:
III. Xodimlar va ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari.
IV. 
Institut hududida quyidagilar ta’qiqlanadi:
V. O’qish va dam olish vaqtini tartibga solish talablari:
VI. Talabalarni o’qish va jamoat ishlaridagi yutuqlari uchun rag’batlantirish:
VII. Intizomiy ta’sir choralari:
VIII. Mehnat munosabatlari:
IX. Mehnat intizomini ta’minlash va javobgarlik:
X. Bino ichidagi tartib:
XI. Ish vaqti va dam olish vaqti:
XII. Yakuniy qoidalar:

Xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi  tomonidan   2017 yil  “Xalq   bilan muloqot va inson manfaatlari” yili hamda “Navro‘z” bayramini keng nishonlash munosabati bilan 2017 yil 25 mart kuni Navoiy viloyati Nurota shahrining muqaddas qadamjolarini ziyorat qilish uchun 45 nafar professor-o‘qituvchi, xodimlar va hozirda nafaqa gashtini surayotganlardan iborat sayohat guruhi tashkil etildi.
SHuningdek, bayram munosabati bilan institutda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan 12 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.