Kasbiy ta’lim

   Kafedra mudiri: t.f.n, dotsent Rahimov Akrom Qaxxorovich 

   Qabul kunlari: Har kuni 14-00 dan 16-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon: +998939994015

   E-mail: rahimov52@umail.uz   

 

 


 

 

KAFEDRA TARIXI.

         2001 – 2002 o’quv yili boshlanishida institut ilmiy kengashi qarori bilan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi tashkil qilindi va tajribali ustoz, dots.  Raximov A.Q. kafedra mudiri etib tayinlandi. Bu kafedra kasbiy pedagogik ta’lim yo’nalishiga oid san’atshunos, quruvchi, muhandislik kommunikasiyalari qurilishi bo’yicha bakalavr va magistrlar yetishtirib beruvchi maxsus kafedralardan biri hisoblanadi.                               “Kasbiy ta’lim” kafedrasi  u xalq xo’jaligiga ya’ni yoshlarga hunar va ilm beruvchi maskanlar – kollejlarga bilimli o’qituvchilar tayyorlab beruvchi, viloyatda yagona kafedraga aylandi.

         2005 yil institut ilmiy kengashi qarori bilan “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi bilan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi birlashtirildi va natijada salohiyatli kafedra tashkil qilindi. Kafedra mudiri etib tajribali ustoz, dots. Raximov A.Q. tayinlandi. Bu kafedrada hozir 1 ta dosentlar, 7 ta katta o’qituvchi, 1 ta o’qituvchi  va 1 ta o’quv yordamchi xodimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

         Kafedra a’zolari tomonidan, 2 ta o’quv qo’llanma, yuzga yaqin uslubiy ko’rsatmalar va ilmiy maqolalar chop etilgan va ma’ruzalar bilan konferensiyalarda chiqishlar qilingan.  

         Kafedrada qo’yidagi bakalavr yo’nalishlari va magistratura  mutaxassisiliklarga dars o’tiladi:

  1. 5111000- Kasb ta’limi (5340200-Bino va inshootlar qurilishi).
  2. 5111000- Kasb ta’limi (5340400-Muxandislik kommunikasmiyalari qurilishi va montaji )
  3. 5111000- Kasb ta’limi (5340300-Shaxar qurilishi va xujjaligi).
  4. 5111000- Kasb ta’limi (Arxitektura).

Barcha magistratura  mutaxassisiliklarga “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi ” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o’tiladi.