Magistrtura hujjatlar to'plami

Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo’lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

            1. Magistratura mutaxassisligi ko’rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori  nomiga ariza;

            2. Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma - O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

            3. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

            4. 086-U-shakl bo’yicha tibbiy ma’lumotnoma;                                                                                             

            5. Pasport nusxasi.

Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar taqdim etilish jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi ho’jjatlarini shaxsan ko’rsatadilar.

bundan tashqari

  • abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.
  • Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g'oliblari o'qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.
  • Muddatli harbiy xizmatni o'tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo'lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
  • Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to'g'risida tilxat beriladi.
MANZILIMIZ: Samarkand shaxri, Lolazor kuchasi 70. SamDAQI bosh o’quv binosi, tel: 237-43-87, 237-15-93 va 237-12-77. 
Transport: 7, 19, 79 – avtobus va №480 marshtut taksisining «SamDAQI» bekati