Institutning moliya - xo’jalik faoliyati va moddiy-texnik bazasi

SamDAQIga institut Ustavida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, oliy ta’lim muassasasining pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo’lgan mulklar biriktirilgan.
SamDAQI faqat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar qatoriga kiritilgan.
SamDAQIga ajratilgan yer uchastkalari oliy ta’lim muassasasiga muddatsiz tekin foydalanish uchun biriktirilgan.
SamDAQI jismoniy va yuridik shaxslardan sovg’a, hadya yoki vasiyat bo’yicha berilgan pul mablag’lari, mol-mulk va boshqa mulkiy obyektlarga, oliy ta’lim muassasasi faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o’z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy obyektlarga egalik qilish huquqi berilgan.
SamDAQI mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko’rsatish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to’g’risida Nizom”iga muvofiq oliy ta’lim muassasasi o’ziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun xujjatlariga zid bo’lmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklarni ilmiy kengashning roziligi bilan tasarruf etish  huquqisiz, belgilangan narxlar bo’yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.
Ijara haqi sifatida olingan mablag’lar ta’lim jarayonini ta’minlash va uni rivojlantirish hamda moddiy texnika bazasini mustaxkamlash uchun foydalaniladi.
SamDAQIning ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan byudjet mablag’lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag’lar, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar, jumladan talabalar va tinglovchilarni o’qitish uchun belgilangan tartibda olingan to’lov - shartnoma asosidagi mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.
SamDAQI oliy ta’lim muassasasining asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish mumkin. Oliy ta’lim muassasasi shug’ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.
Oliy ta’lim muassasasi o’z mulki bilan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg’armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsultasiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to’lovlardan so’ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.
Oliy ta’lim muassasasining pullik ta’lim xizmatlari ko’rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o’rniga amalga oshirilishi mumkin emas.
Oliy ta’lim muassasasi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur ustavga zid bo’lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo’yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.
SamDAQIda lavozim maoshlari mehnat sharnomasi (bitimi) tuzilayotganda “Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida Nizom” va mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Oliy ta’lim muassasasi xodimiga lavozim maoshi (stavka), o’z funksional vazifalarni hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to’lanadi. Qo’shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag’batlantirish tadbirlarining hajmini oliy ta’lim muassasasi mustaqil, ish haqi fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va hajmda belgilaydi.
Belgilangan maoshlar attestasiya natijasiga ko’ra faqat uni oshirish maqsadida qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
SamDAQI oliy  ta’lim muassasasida tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko’rsatishlari uchun zarur bo’lgan xonalarni ajratadi va ularni tozalashni tashkil etadi.
Oliy ta’lim muassasasi qoshidagi tibbiy - sanitar muassasasiga, shuningdek, uning hududida joylashgan yoki oliy ta’lim muassasasining balansida bo’lgan hamda talaba, tinglovchi va xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi oshxona va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalariga isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan taminlangan xonalar ajratiladi.
Oliy ta’lim muassasasining tegishli binolarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.