Hujjatlar to'plami

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. Rektorning nomiga ariza;
  2. O’rta va o’rta maxsus ma’lumoti to’g’risidagi hujjat (asl nusxasi);
  3. 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  4. 3.5x4.5 xajmdagi 6-dona rangli fotosurat;
  5. Pasport va harbiy guvohnoma shaxsan ko’rsatiladi;
  6. Pasport nusxasi.
    bundan tashqari:

- abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.
- xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g'oliblari o'qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.
- Muddatli harbiy xizmatni o'tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo'lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga - -20 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to'g'risida tilxat beriladi.