Institut rektori

 

 

   t.f.n. dotsent: Axmedov Sultan Ilyasovich

   Qabul vaqti:  Ҳар куни (800 - 1000)

   Telefon:  (8 366) 237-15-93

   E-mail:    sgasi_info@edu.uz

 

 

 

Axmedov Sultan Ilyasovich 2011 yilning 7 sentyabridan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shu qisqa davr ichida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida S.I.Axmedov rahbarligida va tashabbusi bilan qator ishlar amalga oshirildi. S.I.Axmedov xizmat vazifasiga kirishgan kundanoq asosiy e’tiborni institutdagi o‘quv jarayonini yaxshilash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yoshartirish hamda institut o‘quv binolari va hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlariga qaratdi.
Jumladan, institut rektori S.I.Axmedovning bevosita rahbarligi natijasida o‘quv jarayoni sifatini yaxshilash, o‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, qolaversa professor-o‘qituvchilar va talabalarga internet tizimidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2012-2013 o‘quv yilida institutga 66 dona, 2013-2014 o‘quv yilida esa 62 dona so‘nggi rusumli zamonaviy kompyuterlar xarid qilindi va hozirgi kunda o‘quv jarayoniga tadbiq etilmoqda.
Bundan tashqari, institutning 23 ta o‘quv xonalarida zamonaviy multimedia uskunalari o‘rnatildi. S.I.Axmedov tashabbusi bilan o‘quv xonalaridagi sharoitni yaxshilash maqsadida 2011-2012 o‘quv yilida 28,3 mln so‘mlik, 2012-2013 o‘quv yilida 54 mln so‘mlik, 2013-2014 o‘quv yilida 40 mln so‘mlik va 2014-2015 o‘quv yilida esa 80 mln so‘mlik zamonaviy va shinam o‘quv mebellari olindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ 1875-sonli Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Chet tillar” kafedrasiga tegishli o‘quv xonalari to‘liq ta’mirlandi va yangi o‘quv mebellari hamda zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlandi.
Institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibini yoshartirish maqsadida shu kunga qadar 60 ga yaqin bilimli magistratura bitiruvchilari institut kafedralariga ishga olib qolindi.
2012-2013 yillarda institut hududida 1400 m2 yerga “Kanada-grin” o‘ti, 500 donadan ortiq gul ko‘chatlari hamda 100 dan ortiq mevali va boshqa daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lsa, shu kunga qadar 850 dan ortiq daraxt ko‘chatlari, shu jumladan 350 dona manzarali, 425 dona mevali, 10 dona tut va 65 dona terak hamda 4050 dona bir yillik gul ko‘chatlari ekilganini alohida aytib o‘tish zarur.
Bundan tashqari, 2011 yilning 4-choragida institut hududida 110,0 mln so‘mlik kapital ta’mirlash ishlari bajarildi. Institut o‘quv binolari atrofidagi maydonlar qayta beton qilindi. Buzilgan yo‘l va yo‘laklarga beton to‘shaldi, institut xududi to‘lig‘icha devor bilan o‘rab olindi. Institut bosh o‘quv binosi, “Arxitektura” fakulteti o‘quv binosi tomi va 1-talabalar turar joyi binosining bir qavatli qismi tomlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Rivojlantirish jamg‘armasi”dan olingan 120,0 mln so‘m mablag‘ga kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 71 mln so‘m mablag‘ evaziga institutning tashqi ichimlik suvi tizimi kapital ta’mirlandi. 2014-2015 o‘quv yilida institut Faollar zali binosining kichik zalida va chop etish sexida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu ishlar uchun byudjetdan tashqari  mablag‘lar hisobidan 80,0 mln so‘m mablag‘ sarflandi.
Talabalarning yashash shart-sharoitlarini yaxshilash maqsadida institutning 1-talabalar turar joyi binosining 1-qavati 142 mln so‘mlik kapital ta’mirlandi. Talabalarga yengillik yaratish uchun talabalar turar joyi 1,1 mln so‘mlik 2 dona kir yuvish mashinasi, 6,5 mln so‘mlik 10 dona gaz plitasi hamda yumshoq va qattiq inventerlar bilan ta’minlandi. Shuningdek, hozirgi kunda kapital ta’mirlanayotgan 2-talabalar turar joyi binosini jixozlash uchun 10,2 mln so‘mlik 16 dona gaz plitasi va 37,2 mln so‘mlik yumshoq inventarlar, 17,5 mln so‘mlik kovrolen va gilamlar, 9,0 mln so‘mlik 6 dona muzlatgich 4,5 mln so‘mlik 4 dona televizor va 330,0 mln so‘mdan ortiqroq mablag‘ga yotoqxona va o‘quv mebellari sotib olindi.
Bundan tashqari talabalarning sport bilan muntazam shug‘ullanish va sportni rivojlantirish uchun  2013 yilda institutning “Jismoniy tarbiya” kafedrasi va talabalar turar joyiga 1 mln 100 ming so‘mlik sport mollari olindi.
S.I.Axmedov nafaqat o‘quv jarayoni va obodonlashtirish ishlariga, balki ilmiy va xalqaro aloqalarni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratib kelmoqda.
Jumladan, 2012 yilda Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand arxitektura-qurilish instituti hamda bir qator Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligida arxitektura va qurilish sohalarida magistrlar tayyorlovchi “O‘zbek-German arxitekura-qurilish markazi” tashkil etildi.
Shuningdek, 2012 yida Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi bo‘yicha “UZWATER” granti qo‘lga kiritilib, umumiy qiymati 894 580,12 € bo‘lgan mablag‘ institutning ilmiy va o‘quv jarayoniga investitsiya qilindi.
Bundan tashqari, 2014 yili institutning 1-o‘quv-laboratoriya binosida “Knauf Gips Buxoro” firmasining maslaxat markazi tashkil etildi. Firma tomonidan xomiylik yordami ko‘rinishida jami 50,0 mln so‘mlik qurilish materiallari va boshqa jixozlar berildi.
S.I.Axmedovning rahbarligi davrida institutda 2 ta xalqaro, 5 ta respublika miqyosida ilmiy, ilmiy-texnik konferentsiyalar o‘tkazildi.
Institutda ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchi yosh tadqiqotchilarga yaratilgan shart-sharoitlar natijasida o‘tgan 3 yil ichida 5 nafar tadqiqotchi nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi va fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, 2014 yil o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra S.I.Axmedov 31-Loyish saylov okrugidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatligiga saylangan.
S.I.Axmedov shu vaqtga qadar 60 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop ettirgan bo‘lib, shulardan 5 tasi mualliflik guvohnomasiga egadir.