Rektor tabrigi

                  Hurmatli hamkasblar va do'stlar!

    Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti O'zbekiston Respublikasida arxitektura  va qurilish sohasida mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi texnik institut hisoblanadi.  Bizning institut 20 ga yaqin bakavaviatura ta'lim yo'nalishlari va 10 dan ortiq  magistratura mutaxassisliklari bo'yicha malakali kadrlar tayyorlaydi.

     Bugungi kunda SamDAQI Respublikadagi oliy ta'lim muassasalari ichida ilmiy-  pedagogik salohiyati yuqori, keng ko'lamli xalqaro aloqalar va zamonaviy tipdagi  texnologiyalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarga ega bo'lgan institutdir.

    SamDAQI Yevropa va Osiyodagi yetakchi OTMlari bilan xalqaro aloqalarini o'rnatgan.  So'nggi yillarda tashkil etilgan arxitektura va qurilish sohasida magistrlar tayyorlovchi  “O'zbek-German qurilish akademiyasi”ning asoschilaridan biri ham SamDAQI  hisoblanadi. Bundan tashqari institutning professor-o'qituvchilari va “Tarixiy markazlarni saqlash va boshqarish” nomli YUNESKO kafedrasi TEMPUS va boshqa xalqaro loyihalarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.
   Institut eshiklari xalqaro hamkorlik uchun doimo ochiq va biz xorijiy talabalar, hamkasblar hamda do'stlarimizni ko'rishdan xursand bo'lamiz.

SamDAQI rektori Axmedov S.I.