Xalqaro aloqalar bo'limi

 

   Bo’lim boshlig’i:  Mamaraimov Davron Mamadaminovich  

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)

   Telefon: (8 366) 237-05-32              

   E-mail: samgasi.mo@umail.uzsamgasi.mo@list.ru        

 

 

            Xalqaro aloqalar bo’limi faoliyati haqida

 Institut Xalqaro aloqalar bo’limi institut miqyosida barcha xalqaro vazifalarni bajaradi. Xorijiy OTMlar bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish va talaba, magistr, professor-o’qituvchi, ilmiy-xodim almashinuvi kabi ishlarni amalga oshirishda institut ma’muriyatiga bevosita ko’maklashadi. Institut ilmiy-pedagogik jamoasini xalqaro ta’lim jarayonida yuz berayotgan yangiliklardan, xalqaro grantlar haqidagi e’lon va xabarlardan voqif etib turadi. Institut ilmiy-pedagogik jamoasini xorijiy tajribadan xabardor bo’lishida katta ko’mak beradi. Shu bilan bir qatorda institut ilmiy va pedagogik salohiyati yuksalishida, har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlashida muhim o’rin tutadi.

            Institut xalqaro aloqalar bo’limi quyidagi vazifalarni bajaradi:

 * O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va vazirlik xalqaro aloqalar bo’limidan kelgan barcha buyruq, ko’rsatma va yo’riqnomalarni institut miqyosida ijrosini ta’minlash;

* Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi modemogrammalarida talab qilingan ma’lumotlarni tayyorlash va o’z vaqtida vazirlikka yetkazish;

* Institut ma’muriyati va rektorining xalqaro faoliyat bo’yicha ko’rsatmalari va buyruqlari ijrosini ta’minlash;

* Chet el ta’lim grant va tanlovlari, stajirovkalar haqida o’z vaqtida institut ilmiy-pedagogik jamoasiga (iqtidorli, chet tilini biladigan talaba va magistrantlar, o’z ustida ishlaydigan, izlanuvchan ((yosh) professor-o’qituvchilarga) xabar berish. Ushbu grant va tanlovlarda ishtirok etishni xohlagan talaba, magistrant va professor-o’qituvchilarga talab qilingan hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam berish;

* Xorijiy davlatlarga yuboriladigan har bir nomzod bilan til bilishi, o’z sohasini tushinishi, ma’naviy-ma’rifiy tushunchaga egaligini ta’minlashda ko’maklashish;

* Xorijiy safardan qaytgan professor-o’qituvchi, talaba, magistrant, aspirant, doktorant va xodimlarning hisobotlarini kafedra va Xalqaro aloqalar Kengashi yig’ilishlarida muhokama qilish;

* Xalqaro tashkilotlar vakillari va jamoalari bilan uchrashuv va muloqotlarda (faol tashkilotchi sifatida) qatnashish;

* Xalqaro tashkilotlar, xalqaro OTMlar va xalqaro fondlar bilan aloqani doimiy ravishda yaxshilash chora tadbirlarini amalga oshirish;

* Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan institutga rasmiy tashrif buyuradigan delegatsiya, guruh va ekspertlar bilan uchrashuv va suhbatlarni tashkil etish;

* Xorijiy davlatlarga yuborilgan xodimlar bilan doimiy aloqada bo’lish;

* Institut Xalqaro aloqalar Kengashi ishini tashkillashtirish va amalga oshirish;

* Institutda xalqaro faoliyat bo’yicha bajarilgan ishlar haqida har chorak, yarim yillik, to’qqiz oylik va yillik hisobotlarni tayyorlash va belgilangan muddatlarda vazirlikka taqdim etish;