Xorijda malaka oshirish va ta'lim

Institut professor-o’qituvchilari, xodimlari, magistr va talabalari-ning  Xorijiy OTMlardagi konferensiya, seminar va stajirovka kurslarida ishtiroki:

  1.  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 27.08.2012 dagi 87-04-745 sonli modemnomasi va Germaniya tomoni taklifi asosida institut rektori S.I.Axmedov va institut ilmiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri A.A.Sultonovlar 2012 yilning 8-16 sentyabr kunlari Germaniyaning Veymar shahrida o’tkazilgan 18-xalqaro qurilish materiallari Kongressida qatnashdi va “O’zbek-German arxitektura-qurilish markazi”ning nizomi, o’quv reja va dasturlarini muhokama qilib qaytishdi. Shuningdek SamDAQI, TAQI va Germaniyaning Potsdam Oliy texnika muassasalari o’rtasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.
  2.  2013 yilning 20-24 yanvar kunlari Kaunas Texnologiya Universitetida o’tkazilgan yangi UZWATER 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR xalqaro qo’shma loyihaning koordinatorlar kengashida loyiha milliy koordinatori dos. Abror Gadayev ishtirok etdi.
  3.  2013 yilning 22-30 arpel kunlari Shvesiyaninig Qirollik Texnologiya instituti va 25 may 2-iyun kunlari Shvesiyaning Uppsala Univesitetlarida UZWATER 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR xalqaro qo’shma grant loyihasining navbatdagi malaka oshirish kurslari bo’lib o’tdi va ularda loyiha milliy koordinatori dos. Abror Gadayev, institutning “Suv ta’minoti va kanalizasiya” kafedrasi dosenti Salim Saidov va shu kafedra mudiri Olmas Jurayevlar  ishtirok etishdi. Qatnashchilarga xalqaro sertifikatlar berildi.
  4.  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug’iga asosan, institutning 402- Arx guruhi talabasi Anvar Safarov 2012/2013 o’quv yilida Xitoy Xalq Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida 1(bir) yil davomida ilmiy stajirovka o’tash bo’yicha grant tanlovi g’olibi sifatida XXR ni SouthEast University (Nanjing shahri) da stajirovka o’tab qaytdi.
  5.  Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori S.I.Axmedov 2013 yil 3-5 aprel kunlari Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida o’tkaziladigan Germaniyaning KNAUF firmasi kunlari ya’ni qurilish, arxitektura va qurilish materiallari bo’yicha  xalqaro forumida  ishtirok etdi.
  6.  Institut professori Razzoqov Saidmaqsud Raxmonovich 2013 yil 23 may – 4 iyun kunlari Kiyev milliy arxitektura qurilish universitetida o’z malakasini oshirib keldi.
  7.  2013 yilning 08-14 sentyabr kunlari Polshaning Tabiiy fanlar Universiteti va Litvaning Kaunas Texnologiya Universitetlarida UZWATER 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR xalqaro qo’shma grant loyihasining navbatdagi malaka oshirish kurslari bo’lib o’tdi, ularda institut rektori Axmedov Sulton Ilyasovich va loyiha milliy koordinatori dos. Abror Gadayev ishtirok etishdi.
  8.  2013 yilning 08-14 sentyabr kunlari Latviyaning Latviya Universitetida UZWATER 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR xalqaro qo’shma gdant loyihasining navbatdagi malaka oshirish kurslari bo’lib o’tdi va unda loyiha guruhi qatnashchisi “Suv ta’minoti va kanalizasiya” kafedrasi o’qituvchisi Shahnoza Qosimova ishtirok etdi.
  9.  “Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va mashinalari” kafedrasi mudiri v.b. V.Kondratev 24-25 oktyabr kunlari Ozarbayjon arxitektura-qurilish universitetida o’tkazilgan “MEJDUNARODNЫY SIMPOZIUM PO SEYSMOBEZOPASNOMU STROITELSTVU” xalqaro simpoziumida ishtirok etdi.
  10.  2014 yilning 4-15 may kunlari institutning “Suv ta’minoti va kanalizasiya” kafedrasi dosenti Abdialim Mirzayev 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR UZWATER xalqaro grant loyihasi doirasida Shvesiyaning Uppsala universiteti, Qirollik texnologiya instituti va Latviyaning Latviya universitetlarida malaka oshirish kurslarida qatnashdi.
  11.  2014 yil 22 oktyabr kuni “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalari” kafedrasi dosenti A.Sultonov Rossiyaning Moskva shahrida o’tkazilgan “Sifatli qurilish elementi bo’lgan akustikaning arxitekturadagi o’rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi va xorijiy mutaxasislar bilan SamDAQIda ochilgan KNAUF maslahat markazida o’tiladigan kurs mashg’ulotlari uchun namunaviy o’quv reja va dasturlarni muhokama qilib qaytdi.
  12.  Institut akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektori, “Suv ta’minoti va kanalizasiya” kafedrasi dosenti A.Gadayev (UZWATER 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR xalqaro qo’shma grant loyihasi millliy koordinatori)  va “Suv ta’minoti va kanalizasiya” kafedrasi 2-bosqich magistri A.Parmanova (UZWATER 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR xalqaro qo’shma grant loyihasi a’zosi) Shvesiyaning Uppsala universitetida 30.11.2014 - 7.12.2014 kunlari o’tkazilgan 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR xalqaro qo’shma grant loyihasining navbatdagi koordinatorlar uchrashuvida ishtirok etishdi. Yig’ilishda  loyihaning bajarilish ahvoli,    OTMlarda tashkil etilgan markazlar va tayyorlanayotgan yangi magistrlik mutaxassisligi dasturining tayyorlik darajasi kabi masalalar muhokama qilindi. Ushbu xorijiy safar davomida 2 dekabr kuni dosent Abror Niyozovich Gadayev Uppsala universiteti talabalari va universitetning tegishli kafedralar professor-o’qituvchilariga, Shvesiya Orol dengizi jamiyati a’zolariga “Orol dengizi suvining kamayish tarixi” va “O’zbekistonda suv resurslarini boshqarish”  mavzularida ma’ruza o’qidi. “Suv ta’minoti va kanalizasiya” kafedrasi 2-bosqich magistri Aziza Parmonova ham o’zining “Samarqand shahrida artizan quduqlarini qayta tiklashning samaradorligi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtiroq etdi.
  13.  Institut bitruvchisi Umedjon Giyasov Rossiya Federasiyasining grant dasturi bo’yicha Moskva davlat qurilish universitetida Menejment mutaxasisligi bo’yicha magistratura yo’nalishida tahsil olib qaytdi.
  14.  Institut XAB bo’limi xodimi Aliqulov Bobir 1999 yil 8 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vazirligi o’rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik Bitimi” hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti grantlari asosida 2014/2015 o’quv yilida 10 oy davomida Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida stajirovka oshirish bo’yicha grant tanlovi g’olibi bo’ldi. Grant dasturi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2014 yil 12 avgustdagi 318-sonli buyrug’i asosida B.Aliqulov 25 avgustda XXRning Harbin muhandislik (Harbin engineering university) universitetida 10 oylik stajirovka o’tab qaytdi.
  15.  “Landshaft dizayni va interyer” kafedrasi kabinet mudiri Anvar Safarov  Xitoy Xalq Respublikasining Janubiysharq (Sauzist) (Southeast University) Universiteti magistratura grant stipendiyasi g’olibi bo’ldi. U joriy yilning sentyabr oyidan boshlab ushbu universitetda Arxitektura mutaxasisligi bo’yicha magistraturada tahsil olmoqda.
  16.  “Avtomobil yo’llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi dosenti   Asqar Xasanov 2015 yil 13-15 may kunlari Rossiya federasiyasining M.I.Platova nomidagi Janubiy Rossiya davlat politexnika universitetida o’tkazilagan “Mexanika gruntov v geotexnike i fundamentostroyenii” mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferensiyada o’zining “Eksperimentalnыye issledovaniya prochnosti gruntov v laboratornыx priborax” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
  17.  Institut “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi katta o’qituvchisi A.Qo’ldasheva va “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” kafedrasi o’qituvchisi S.Manoyevlar 1999 yil 8 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vazirligi o’rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik Bitimi” hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti grantlari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil  10 sentyabrdagi 335-sonli buyrug’iga binoan Xitoy Xalq Respublikasining Harbin muhandislik universitetida arxitektura va qurilish sohasida 10 oylik stajirovka o’tash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga yuborildi.
  18.  Institut “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi dosenti A.Sultonov 2015 yil 16-18 sentyabr kunlari Germaniyaning Vaymer universitetida o’tkazilgan “Qurilish materiallari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
  19.  Institut “Avtomobil yo’llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi dosenti A.Z.Xasanov va mazkur kafedra o’qituvchisi Z.A.Xasanovlar joriy yilning  9-13 noyabr kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida o’tkazilgan “Yer mexanikasi va geotexnika muhandisligi” mavzusidagi XV-Osiyo hududiy xalqaro konferensiyada o’zlarining hammuallifligida yozilgan “Markaziy Osiyodagi tarixiy yodgorliklarga qisqa ta’sirli geotexnikani qo’llash” mavzusidagi ilmiy maqola bo’yicha ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.