SamDAQI xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qumitasi 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, 1-sentyabr “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi” hamda Qurbon Hayit bayramlari munosobati bilan o’tkazilgan

 

         Xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, 1-sentyabr “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi” hamda Qurbon Hayit bayramlari munosobati bilan institutda ko’p yillar samarali mehnat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan quyidagi 10 nafar professor-o’qituvchi va xodimalardan Baratov T., Astanova M., Shomurodova M., Karimov N., Negmatov Z., Xamidova M., Olimova G., Nurmatova K., Xaydarov R., Rustamova D.,larga qimmatbaho sovg’alar topshirildi va ulardan xabar olib, hol-ahvol so’raldi.
Ko’p yillar ARMda samarali faoliyat ko’rsatgan Nurmatova Karomat opa hamda uzoq yillar institutda o’qituvchi bo’lib ishlagan Nurmatov Oblokul akalardan hol–ahvol so’raldi.
Uzoq yillar institutda o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritgan Shomurodova Matlyuba opadan hol–ahvol so’raldi.
Uzoq yillar davomida institutda o’qituvchi va yoshlar yetakchisi bo’lib faoliyat yuritgan Baratov Temur Faxriddinovichdan hol–ahvol so’raldi.
Shu jumladan, institut xo’jalik bo’limining 3 nafar kam ta’minlangan xodimlari Gulnoza Tursunova, Dilrabo Axmedova va Nafosat Ganiyevalarning farzandlariga maktab qurollari olib berildi.
Shuningdek, institut bo’limlarining 5 nafar xodimlariga bir minimal ish haqi (149775 so’m) miqdorida  moddiy yordam ko’rsatildi.