OLIY O’QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIM TO’G’RISIDAGI NIZOM

 

2017 yil 1-2 iyun kunlari SamDAQI professor o’qituvchilari jamoasini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmonini ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304- son qarorini maqsad, mohiyati, mazmuni va vazifalarini  tanishtirish uchun  institut ilmiy ishlar bo’yicha prorektori E.X.Isakov rahbarligida  seminar tashkil etildi.
Seminarda institut kafedralarining barcha professor  o’qituvchilari ishtirok etdilar  va ularga VMning 304- son qaroriga 2-ilova, ya’ni  oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi yangi  Nizom tanishtirildi.
Nizomga muvofiq jamoa e’tiboriga quyidagi ma’lumot va yangiliklar batafsil yetkazildi:
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlar Kollegial organ qarori bilan ilmiy rahbarlarga, fan doktori (DSs) ilmiy darajasini olish istagidagi talabgorlar esa – ilmiy maslahatchilarga biriktiriladi. Fan doktori (DCs) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertasiya tadqiqotlari ilmiy maslahatchini tayinlanmasdan ham amalga oshirilishi mumkin;
Fan doktori bir vaqtning o’zida uchtadan ko’p bo’lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va maslahatchi bo’lishi mumkin. Ilmiy unvoni bo’lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PHD) bir vaqtning o’zida faqat bir nafar tayanch doktorantga va mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbar etib biriktirilishi mumkin;
Tasarrufida OTM yoki ITM bo’lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 15 maygacha bo’lgan muddatda davlat byudjet mablag’lari hisobiga o’qitish uchun qabul kvotasi (keyingi o’rinlarda qabul kvotasi deb ataladi) bo’yicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar. Qabul kvotasi O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi va har yili 1 iyundan kechikmasdan tegishli ravishda tasarrufida OTM yoki ITM bo’lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuboriladi;
Vazirlik, idora va tashkilotlar tegishli ixtisoslik bo’yicha tasdiqlangan qabul kvotasi to’g’risidagi ma’lumotni tasarrufida bo’lgan OTM va ITMga har yili 15 iyungacha yetkazadilar.  OTM va ITMlar har yili 1-15 sentyabrdan kechikmasdan ommaviy axborot vositalarida qabul kvotalariga muvofiq hujjatlarni qabul qilish muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlar, topshiriladigan imtihonlar ro’yxatini va qabul kvotasi miqdorini ko’rsatgan holda tayanch doktorantura va doktoranturada o’qish uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish to’g’risida e’lon beradi. Hujjatlar OTM va ITM qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo’lgan davrda qabul qilinadi;
Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo’lganlar qabul qilinadi:
magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) ega bo’lganlar;
falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo’nalishlar bo’yicha ikkitadan kam bo’lmagan ilmiy ishlar to’plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo’lganlar;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Ixtisoslik bo’yicha imtihonlarni topshirishda qabul komissiyasi tarkibida kamida bitta fan doktori yoki professor bo’lishi zarur, komissiyaning qolgan a’zolari fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (PHD) bo’lishi mumkin;
Doktoranturaga quyidagilarga ega bo’lganlar qabul qilinadi:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PHD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PHD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so’ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DC) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlar to’plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo’lish.
Tayanch doktoranturada o’qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili bo’yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo’lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi. Kirish imtihonlari savollari OTMning qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib chiqib tuziladi va Kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi. Doktoranturada o’qish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo’yicha suhbatdan o’tadilar. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1-25 noyabr davrida o’tkaziladi;
 Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning kirish imtihonlari, suhbat natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, qabul komissiyasi va (yoki) Kollegial organ tomonidan 30 noyabrgacha bo’lgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi;
Tayanch doktorantura va doktoranturaga o’qishga qabul qilish OTM rektori buyrug’i bilan har yili 5 dekabrgacha amalga oshiriladi. Bunda tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish keyingi yilning 1 yanvaridan boshlanadi. O’qishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqda ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlar (konsultant bo’lgan taqdirda) ham belgilanadi;
OTM tomonidan - yuqori vazirlik, idora va tashkilotlarga har yili 10 dekabrgacha, vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan - har yili joriy yilning 15 dekabrigacha O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va OAKga taqdim etiladi. Tasdiqlangandissertasiya mavzulari. ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlar (konsultant tayinlangan holatlarda) to’g’risidagi ma’lumot O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, shuningdek OAKda ro’yxatga olinadi va "OAK Byulleteni" jurnalida chop etiladi;
O’qishga qabul qilingan sanadan boshlab:
tayanch doktoranturada - tahsil oluvchi shaxslarga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to’lanadi;
doktoranturada - tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo’lmagan) katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to’lanadi.
Tegishli hujjatlar mavjud bo’lgantaqdirda tayanch doktoranturava doktoranturada o’qish muddati uzoq vaqt kasal bo’lish, homiladorlikva tug’ish ta’tilida bo’lish davriga, shuningdek harbiy yig’inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin;
Falsafa doktori (PHD) yoki fan doktori (B8s) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertasiyasini o’qish muddati tamom bo’lishidan kamida 6 oy oldin himoya qilganlarga, shuningdekularning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga kollegial organ qarori bilan OTM yoki ITMning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan eng kam oylik ish haqining o’n besh baravarigacha bo’lgan miqdorda mukofot to’lanadi;
OTMda ilmiy rahbarlar va konsultantlar tomonidan doktorant bilan olib borilgan ish umumiy o’quv yuklamasiga kiritiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda har bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hajmida har oyda to’lanadi. Tayanch doktorantura va doktoranturada o’qish muddati doktorantlarning umumiy ish stajiga qo’shiladi.  Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni tugatganlar tayanch doktorantura yoki doktoranturaga qayta qabul qilinmaydi;
Bir necha OTM yoki ITMda bir vaqtning o’zida mustaqil izlanuvchilikka yo’l qo’yilmaydi. Dissertasiya mavzulari saytga e’lon qilinmaydi. Minimum imtihonlari soni  2 ta.  Dissertasiya ishi hajmi quyidagicha belgilandi:

  • tayanch doktorlik – 60 varaq oldi va orqasi, 120 bet
  • doktorlik – 100 varaq oldi va orqasi, 200 bet

Avtoreferat (matn o’zbek va rus tillarida, ingliz tilida faqat annotasiya ):

  • tayanch doktorlik – 2 bosma taboq, 1 bosma taboq o’zbek tilida, 1 bosma taboq rus tilida
  • doktorlik – 3 bosma taboq, 1.5  bosma taboq o’zbek tilida, 1.5 bosma taboq rus tilida

Maqolalar soni:

  • tayanch doktorlik – 7 ta ilmiy ishlar (3 ta ilmiy maqola, shundan bittasi xalqaro jurnallarda bo’lishi shart, 4 ta tezislar shundan bittasi xalqaro anjumanlarda bo’lishi shart
  • doktorlik – 15 ta ilmiy ishlar (10 ta ilmiy maqola, shundan 5 xalqaro jurnallarda bo’lishi shart, 5 ta tezislar shundan bittasi xalqaro anjumanlarda bo’lishi shart

Nizom 2017 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.
OTM yoki ITMda ilmiy rahbarlar va konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar bilan olib boradigan ishi uchun haq mehnatga soatbay haq to’lash bo’yicha qonunchilikda belgilangan tartibda o’quv mashg’ulotlari olib borilgani uchun har bir izlanuvchi hisobiga bir yilda 50 soat hisobidan har oyda to’lanadi. OTMda ilmiy rahbar yoki konsultantmuassasaning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobdan oylik maosh olayotgan bo’lsa,mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash uning umumiy o’quv yuklamasi hajmiga kiritilishi mumkin.