“Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida o’tkazilgan mustaqillik darslari

“Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida o’tkazilgan mustaqillik darslari

Vazirlikning topshirig’iga ko’ra 2017 yil 2 sentyabrda bakalavr ta’lim yo’nalishining 1-4, magistratura mutaxassisligining 1-2 kurslarida “Xotira darslari” o’tildi. 2017 yil 1-9 sentyabrgacha yuqorida qayd etilgan mutaxassisliklarda “Mustaqillik darslari” o’tiladi.

Vazirlikning 29.08.2017 № 87-02-2830 raqamli modemnomasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida “Mustaqillik darslari”ni yuqori saviyada tashkil qilish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi yig’ilish bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2017 yil 6 sentyabrda institutning faollar zalida oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari U.Begimqulov O’zbekiston Respublikasining 26 yilligiga bag’ishlab “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” shiori ostida “Mustaqillik darsi”ni o’tdi.

            Notiq o’z ma’ruzasida “Mustaqillik darsi”ga faollar zalida yig’ilgan professor-o’qituvchi va talabalarni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan qizg’in tabrikladi. O’zbekistonning mustaqillikka qadar hukm surgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatiga baho berdi. O’zbekiston qashshoq, agrar davlat ekanligi, o’zbek xalqi o’z taqdirini o’zi hal qilmasligini, davlat yer osti va yer usti boyliklariga o’zi xo’jayin bo’lmagani alohida qayd etildi.

            O’zbekiston mustaqillikka erishgach barcha moddiy boyliklar xalq qo’liga o’tganligi, o’zbek xalqi o’zligini anglaganligi, mustaqillik tufayli ma’naviyatimiz va ma’rifatimiz tiklanganligini e’tirof etdi. Qisqa vaqt ichida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov sa’y-harakatlari bilan dunyo hamjamiyati tan olganligi, barcha jabhalarda O’zbekiston katta yutuqlarga erishganligini ta’kidladi.