Institut rahbariyati samarali mehnat qilganlarni munosib rag’batlantirdi

Institut rahbariyati samarali mehnat qilganlarni munosib rag’batlantirdi

2017 yilning 6 sentyabr kuni  institutda  “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida  “Sharq taronalari” o’n birinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida  ishtirok etgan  talaba-qizlar va ularga rahbarlik qilgan  mas’ullarga minnatdorchilik bildirish maqsadida tantanali tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda institut rektori S.I.Axmedov, ilmiy ishlar bo’yicha prorektori E.X.Isakov. o’quv ishlari bo’yicha prorektor A.R.Rahimov, AL va KHK bo’yicha prorektor A.N.Gadayev, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i T.S.Egamovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida munosib mehnat qilganlar institutning “Faxriy yorlig’i” va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.