2017 yil 5 iyun kuni institut faollar zalida “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori K.D.Rahimovning ochiq ma’ruzasi bo’lib o’tdi.

 

2017 yil 5 iyun kuni institut faollar zalida “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori Kamol Djalolovich Rahimovning “Bog’-parklarni loyihalashning zamonaviy yo’nalishlari” mavzusidagi ochiq ma’ruzasi bo’lib o’tdi.

Ochiq ma’ruza uch qismdan iborat bo’lib, K.D.Rahimov ma’ruzaning kirish qismida muxtaram Prezidentimizning arxitektura va landshaft arxitekuarasini rivojlantirish, arxitekturaning moddliy texnik ba’zasini mustahkamlash, axritektorlarning intelektual saviyasini xalqaro talablarga javob beradigan darajaga olib chiqish mazmunidagi ma’ruzalari va chiqishlari tug’risida to’xtalib o’tdilar. Ochiq ma’ruzada mavzuning shu sababli dolzarbligi aloxida aytib o’tildi. Ochiq ma’ruzaning ikkinchi qismida landshaft arxitekturasi ham, bino va inshootlar arxitekturasi singari loyiha ishlarini tashkil qilishi, loyiha ishlari jarayoni, ekspertiza va boshqa me’yorlardan iborat ekanligi ta’kidlandi. Uchinchi qismida arxitektura va landshaft muhitlarini yaratishda "Aqilli texnologiyalar"ning qo’llanilishi muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tdilar: Avtomatlashtirilgan bog’lar quyosh nuri va boshqa uzluksiz energetika o’chog’laridan foydalanilgan holda komfort va servis yaratishning yangi zamonaviy ussullari nomoyish qilindi va tanishtirildi. Ma’ruza yakunida kafedra ijodiy ustaxonasining Namangan viloyatida, amalga oshirgan loyiha va qurilish ob’ektlari ekranda nomoyish qilinib, xalqaro talablarga javob beradigan loyhalarning "vizualizatsiya" qilingan filmlari namoish qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan professor-o’qituvchilar va talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to’laligicha javob oldilar.

Tadbir yakunida, K.D.Rahimovning navbatdagi yangi nashrdan chiqqan “Bog’-parklarni loyihalashning zamonaviy yo’nalishlari” nomli o’quv qo’llanmasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Ochiq ma’ruzada institutning professor-o’qituvchilari va faol ishtirok etgan talabalarga yangi o’quv qo’llanmasi sovg’a tariqasida berildi. Ochiq ma’ruza judayam qiziqarli va mazmunli tarzda yakun topdi.