O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2017  yil 15  iyun  kuni  institut  faollar  zalida   “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining   2016 yil 20 may  kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida dam  oluvchilarning xavfsizligini  ta’minlashga doir  qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi  164-sonli, viloyat hokimining   joriy   yil 27  may  kunidagi 144-sonli  qarorining  mazmun-mohiyati va  muhokamasi to‘g‘risida”, “Bugungi kunda viloyatda fuqarolarning suvda cho‘kib halok bo‘lishlari bilan bog‘liq vaziyat, mavjud  muammolar” va  “2017 yil yoz mavsumida tumanda  fuqarolarning  belgilanmagan joylarda cho‘milishlarini oldini olish  bo‘yicha  bajarilishi lozim bo‘lgan  tadbirlar xususida” mavzularida seminar  bo‘lib o‘tdi. Seminarda  viloyat  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  xodimi  kapitan  U.Axrorov,  xizmatchi  SH.Mirzaev, institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.S.Egamov,  institut  professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar  va talabalar  ishtirok  etishdi. Seminarda  quyidagilar ta’kidlandi.
Ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, olib borilgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan viloyatimizda 2013 yilda 23 ta, 2014 yilda 9 ta, 2015 yilda 7 ta, 2016 yilda 8 ta holatda va 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 10 ta holatda fuqarolarning suvda cho‘kib vafot etishlari bilan bog‘liq noxush holatlar qayd etilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar ayniqsa, Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Jomboy, Bulung‘ur va Oqdaryo tumanlarida, shuningdek Samarqand shahrida yuqoriligi hamda asosan yoz mavsumida qayd etilayotganligi kuzatilmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda har yili 300-310 ming kishi cho‘milish uchun suv havzalarida suvda cho‘kib vafot etadi. Dunyoda har yili kemalar halokatiga nisbatan cho‘milish uchun suv havzalarida suvda cho‘kib vafot etganlar soni ko‘pchilikni tashkil qilar ekan. Respublikamiz, shu jumladan viloyatimizda aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish va ogohlantirish ishlariga qaramay, fuqarolarning suvda cho‘kishlari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar har yili qayd etilmoqda.
Viloyat hududidagi suv havzalarida (suv omborlari, daryo, kanal, soy, ariq) fuqarolarni suvda cho‘kib halok bo‘lishi bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar bo‘yicha ko‘rsatgichlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, suvda cho‘kish holatlari tabiiyki asosan yilning havo harorati ko‘tarilgan oylarida ya’ni may, iyun, iyul va avgust oylarida ko‘proq qayd qilinmoqda.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi kapitan U.Axrorov o‘z so‘zida, seminar qatnashchilariga yuritimizda kunlar isib suv xavzalarida, dam olish maskanlarida cho‘milish mavsumi xam boshlanganligini, so‘ngi paytlarda aholining belgilanmagan va taqiqlangan joylarda cho‘milishi oqibatida  hayot uchun g‘oyat xavfli hodisalar ro‘y berayotganligini, taqiqlangan joylarda fuqarolarning cho‘milishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, so‘ngi 2 yil ya’ni, 2015-2016 yillar davomida viloyat hududidagi  suv  havfzalarida (suv omborlari, daryo, kanal, soy va h.z.lar) fuqarolarni cho‘kib halok bo‘lishi bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar bo‘yicha ko‘rsatgichlar tahlili suvda cho‘kish xolatlari asosan yilning havo harorati ko‘tarilgan oylarida ya’ni may, iyun, iyul va avgust oylarida kuzatilayotganligini aytib, bu borada joylarda ham etarli profilaktik tadbirlar olib  borish  lozimligini  aytdi.
Shuningdek, Samarqand davlat arxitektura- qurilish instituti talabalariga yozgi dam olish mavsumida umuman ta’qiqlangan va belgilanmagan joylarda cho‘milmasliklari lozimligi haqida tushuntirdi.
Shundan keyin kun tartibidagi masala bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 may kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 164-sonli, viloyat hokimining joriy yil 27 may kunidagi  144-sonli qarorining mazmun-mohiyati seminar ishtirokchilariga etkazildi.
Seminar davomida institut “Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ma’ruza qilib, “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani doirasida institutda talabalarga kun tartibidagi mavzularda ham tushuntirish o‘tkazilayotganligini aytib o‘tishdi.
Seminarda talabalarga “Belgilanmagan joylarda suvda cho‘milish xavfli” mavzusidagi videorolik namoyish etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.
Seminarda  jami  280  nafar  ishtirokchilar  qatnashdi.
SamDAQI “Ulug‘bek vorislari” talabalar teatri jamoasining muvaffaqiyati
Vazirlikning  “Oliy  ta’lim  muassasalari talabalari  o‘rtasida “Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovini  o‘tkazish to‘g‘risida” gi  2017 yil  16 maydagi № 310-sonli buyrug‘iga muvofiq “Ulug‘bek vorislari” talabalar teatri jamoasi “Asarlardan yaratilgan sahna asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha Alisher Navoiyning “Qush tili” asarini  sahnalashtirdi.
           2017 yil 15 iyunda SamDU “Ulug‘bek vorislari” talabalar teatri jamoasi tanlovning xududiy bosqichida  ushbu asar bilan qatnashib, “Asarlardan yaratilgan sahna asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha 1-darajali diplom bilan taqdirlandi  va  2017 yil  iyul  oyining  birinchi  o‘n  kunligida  xududiy bosqich  g‘oliblari  o‘rtasidagi  tanlovning  yakuniy  respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga  kiritishdi.