2020 yil 4 noyabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Axborot soati: Yuklab olish uchun 

DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALARNI ISLOH QILISHNI JADALLASHTIRISH HAMDA DAVLAT AKTIVLARINI XUSUSIYLASHTIRISHGA OID CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
http://old.uza.uz/oz/documents/davlat-ishtirokidagi-korkhonalarni-islo-ilishni-zhadallashti-28-10-2020 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI HAY’ATI A’ZOLARI TARKIBINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining q a r o r i 
http://old.uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-fav-ulodda-vaziyatlar-vazirligi-ayati-28-10-2020 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI HAY’ATI A’ZOLARI TARKIBINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining q a r o r i
http://old.uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-ichki-ishlar-vazirligi-ayati-azolari--28-10-2020 
ILM-FANNI 2030 YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
http://old.uza.uz/oz/documents/ilm-fanni-2030-yilgacha-rivozhlantirish-kontseptsiyasini-tas-29-10-2020 
YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH VA SOLIQ ORGANLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
http://old.uza.uz/oz/documents/yashirin-i-tisodiyetni-is-artirish-va-soli-organlari-faoliya-30-10-2020 
ELEKTR ENERGETIKASI KORXONALARINI TRANSFORMATSIYA QILISH VAZIFALARI BELGILANDI
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.Bu sohadagi tizimli o‘zgarishlar davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan boshlangan edi. Hujjatga muvofiq, Energetika vazirligi tashkil etilib, sohada boshqaruv va tijorat funksiyalari ajratildi.
Shuningdek, 2019 yil 27 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan sobiq “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati negizida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha alohida kompaniyalar – “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.
Energetika sohasiga xususiy investitsiyalar kirib kelishi uchun zamin yaratildi. Natijada bir yilning o‘zida davlat-xususiy sheriklik asosida 2 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni jalb qilish, 2 ming 700 megavatt quvvatli 6 ta yangi elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihalar boshlandi.