2020 yil 9 dekabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Axborot soati:Yuklab olish uchun

O‘ZBEKISTON QAHRAMONI VA XALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV TAVALLUDINING 80 YILLIGINI KENG NISHONLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-qahramoni-va-xalq-shoiri-abdulla-oripov-tavalludining-80-yilligini-keng-nishonlash-togrisida_191377 
O‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI O‘TKIR HOSHIMOV TAVALLUDINING 80 YILLIGINI KENG NISHONLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-xalq-yozuvchisi-otkir-hoshimov-tavalludining-80-yilligini-keng-nishonlash-togrisida_191379 
O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI BOTIR ZOKIROV TAVALLUDINING 85 YILLIGINI KENG NISHONLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-xalq-artisti-botir-zokirov-tavalludining-85-yilligini-keng-nishonlash-togrisida_191381 
RESURS SOLIQLARI VA MOL-MULK SOLIG‘INI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
https://uza.uz/uz/posts/resurs-soliqlari-va-mol-mulk-soligini-yanada-takomillashtirish-togrisida_191566 
IQTIDORLI YOSHLARNI SARALAB OLISH TIZIMI VA AKADEMIK LITSEYLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
https://uza.uz/uz/posts/iqtidorli-yoshlarni-saralab-olish-tizimi-va-akademik-liceylar-faoliyatini-takomillashtirish-chora-tadbirlari-togrisida_191670 
FARG‘ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
https://uza.uz/uz/posts/fargona-zhamoat-salomatligi-tibbiyot-institutini-tashkil-etish-togrisida_191698 
HUDUDLARDA JAMOAT TRANSPORTINI RIVOJLANTIRISH CHORALARI BELGILANDI
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30 noyabr kuni hududlarda jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Jamoat transporti – odamlarning uzog‘ini yaqin qiladigan, aholi kayfiyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan vosita. O‘tgan 10 oyda Xalq qabulxonalariga ushbu masalada 3 mingdan ziyod murojaat bo‘lgani ham sohada kamchiliklar ko‘pligini ko‘rsatadi.
23 noyabr kuni Toshkent shahrida jamoat transportini boshqarish va infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi ko‘rib chiqilgan edi. O‘shanda davlatimiz rahbari bu yangi tizimni boshqa shaharlarda ham yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. Transport vazirligi va hokimliklar tomonidan shu boradagi imkoniyatlar o‘rganilib, takliflar tayyorlandi.
Yig‘ilishda ushbu takliflar har bir hududdagi bittadan tuman va shahar misolida muhokama qilindi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘yicha kuniga qariyb 20 million yo‘lovchidan bor-yo‘g‘i 4,4 millioni yoki 22 foizi jamoat transportidan foydalanmoqda. Bu ko‘rsatkich Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Xorazm, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bundan ham past. 1 ming 200 ta qishloq tuman markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda jamoat transporti bilan qamrab olinmagan.
Prezidentimiz qishloqdan tuman markazigacha hamda u yerdan viloyat markazigacha bo‘lgan transport xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va  sifatini oshirish zarurligini ta’kidladi.
– Odamlar uchun shahar, tuman va qishloqlar orasida transportni qulay, xavfsiz va oson qilish lozim. Bu xizmatlardan xalq rozi bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Masalan, buning uchun yo‘lovchi tashish xarajatlarining bir qismini bosib o‘tilgan masofa va yo‘lovchi sonidan kelib chiqib subsidiyalash mumkin. Shu bois Moliya vazirligi va Transport vazirligiga tumanlar ichida yo‘lovchi tashuvchi korxonalar xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Kelgusi yildan boshlab har bir hududdagi bittadan tumanda ushbu yangi tizim tajribadan o‘tkazilib, joriy etiladi.
Tumanlardan viloyat markazlariga qatnovchi avtobuslar eskirgani, ayrimlari xizmat muddatidan ortiq foydalanilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Avtobuslar bilan ta’minlanganlik darajasi har 100 ming aholiga 24 tani tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Andijonda 15 taga ham yetmaydi. Transport parkini yangilash uchun kelgusi yilda qo‘shimcha 800 ta avtobusga ehtiyoj mavjud.
Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslarning narxi xorijnikiga nisbatan yuqori ekani, shu bois mahalliylashtirish darajasini oshirib, avtobus va mikroavtobuslar narxini tushirish muhimligi ta’kidlandi.
Yo‘lovchi tashuvchi korxonalar avtobus xarid qilish uchun oladigan kreditlar foizining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismini qoplash va ularga kafillik berish tartibini joriy qilish topshirig‘i berildi.
Samarqand yurtimizdagi eng katta shaharlardan biri, unga sayyohlar ham ko‘p keladi. Shu bois Prezidentimiz bu yerda jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish zaruratiga alohida e’tibor qaratgan edi.