2020 yil 11 noyabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Axborot soati:Yuklab olish uchun

SOG‘LOM TURMUSH TARZINI KENG TATBIQ ETISH VA OMMAVIY SPORTNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
http://uza.uz/uz/posts/soglom-turmush-tarzini-keng-tatbiq-etish-va-ommaviy-sportni-yanada-rivozhlantirish-chora-tadbirlari-togrisida 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI HUZURIDA FISKAL INSTITUTNI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i 
http://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-davlat-soliq-qomitasi-huzurida-fiskal-institutni-tashkil-etish-togrisida 
O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASI XODIMLARIGA
Qadrli do‘stlar!
Avvalo, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek g‘oyat mas’uliyatli va sharafli ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.
Xalqimiz sizlarni dunyodagi eng ulug‘ kasb egalari, muqaddas qasamyodiga sodiq, o‘z ishiga fidoyi insonlar deb biladi va mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlaydi.
Ayniqsa, hozirgi murakkab pandemiya sharoitida chinakam salomatlik posbonlari bo‘lib maydonga chiqayotganingiz har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir. Ushbu xavfli kasallikka chalingan ming-minglab yurtdoshlarimizning shifo topib, oilasi bag‘riga qaytayotganida, hech shubhasiz, sizlarning beqiyos xizmatlaringiz bor. Fursatdan foydalanib, bu mashaqqatli kurashning oldingi saflarida turib, o‘z hayotini xavf-xatarga qo‘yib, jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib kelayotgan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiraman.
Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Biz o‘z oldimizga xalqimizni har tomonlama rozi qilishdek ulug‘ vazifani qo‘ygan ekanmiz, bu maqsadga erishish yo‘lida  sog‘liqni saqlash tizimini jadal rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat qaratmoqdamiz.
Keyingi to‘rt yilda bu borada sizlar bilan birga ulkan ishlarni amalga oshirdik. Bu davrda sohaga doir 200 ga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjat, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinganini qayd etish lozim.