2020 yil 18 noyabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Axborot soati:Yuklab olish uchun

AHOLINING SOG‘LOM OVQATLANISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/uz/posts/aholining-soglom-ovqatlanishini-taminlash-boyicha-qoshimcha-chora-tadbirlar-togrisida-679029 
2020–2023 YILLARDA QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatlar 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/uz/posts/2020-2023-yillarda-qoraqalpogiston-respublikasini-kompleks-izhtimoiy-iqtisodiy-rivozhlantirish-chora-tadbirlari-togrisida-173754 
SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI TASHKIL ETISHNING YANGI MODELI VA DAVLAT TIBBIY SUG‘URTASI MEXANIZMLARINI SIRDARYO VILOYATIDA JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
HUJJATLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/uz/posts/sogliqni-saqlash-tizimini-tashkil-etishning-yangi-modeli-va-davlat-tibbiy-sugurtasi-mexanizmlarini-sirdaryo-viloyatida-zhoriy-etish-chora-tadbirlari-togrisida-783772 
TIBBIY PROFILAKTIKA ISHLARI SAMARADORLIGINI YANADA OSHIRISH ORQALI JAMOAT SALOMATLIGINI TA’MINLASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/uz/posts/tibbiy-profilaktika-ishlari-samaradorliginiyanada-oshirish-orqali-zhamoat-salomatligini-taminlashga-oid-qoshimcha-chora-tadbirlar-togrisida-8240 
BIRLAMCHI TIBBIY-SANITARIYA YORDAMI MUASSASALARI FAOLIYATIGA MUTLAQO YANGI MEXANIZMLARNI JORIY QILISH VA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR SAMARADORLIGINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
Hujjatlar 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
http://uza.uz/uz/posts/birlamchi-tibbiy-sanitariya-yordami-muassasalari-faoliyatiga-mutlaqo-yangi-mexanizmlarni-zhoriy-qilish-va-sogliqni-saqlash-tizimida-olib-borilayotgan-islohotlar-samaradorligini-yanada-oshirish-chora-tadbirlari-togrisida-363381 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI SAMMITIDAGI NUTQI
Hurmatli Vladimir Vladimirovich! Hurmatli davlat rahbarlari!
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining barcha ishtirokchilarini chin dildan qutlayman.Ushbu uchrashuvimiz tashkil etilgani uchun Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinga samimiy minnatdorligimni yo‘llayman.Rossiyaning ShHTdagi raisligi pandemiya keltirib chiqargan barcha qiyinchiliklarga qaramay g‘oyat samarali bo‘lganini alohida ta’kidlamoqchiman.Bugun ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan hujjatlar, shubhasiz, Tashkilotimizning roli va xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.Hurmatli Sadir Nurxojoyevich Japarovning sammitimizda ko‘rib turganimdan mamnunman.O‘zbekiston eng yaqin qo‘shni va strategik sherik sifatida qardosh Qirg‘iziston xalqini tinch taraqqiyot va farovonlik sari intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, Tog‘li Qorabog‘ mojarosi hududidagi o‘t ochish va barcha harbiy harakatlarni butunlay to‘xtatish to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasining faol ko‘magida erishilgan kelishuvlarni olqishlaymiz. Ushbu hududda tinch hayot va barqarorlik tez fursatda tiklanishiga umid bildiramiz.
Hurmatli hamkasblar!
Bugungi kunda ShHT o‘z taraqqiyotining prinsipial jihatdan yangi bosqichida turibdi.Savdo-iqtisodiy aloqalarning keskin qisqarishi, ishlab chiqarish hajmlarining kamayishi, ishsizlikning ortishiga olib kelgan pandemiya rivojlanishimiz sur’atlariga juda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Shu bilan bir qatorda, dunyoning ayrim mintaqalarida harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashyapti, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar kuchaymoqda.Ushbu global xatar va tahdidlarni yaxshi qo‘shnichilik, teng huquqlilik, o‘zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish an’analarimizni asrash va ko‘paytirish yo‘li bilangina yengib o‘tish mumkin.Umumiy qadriyatimiz, birgalikda taraqqiyotga intilishimiz, madaniyatlar xilma-xilligiga hurmatimiz ifodasi bo‘lgan ko‘p tomonlama hamkorlikning noyob tajribasi –   “Shanxay ruhini” mustahkamlash bugun har qachongidan muhim. Har birimiz kuchli bo‘lsakkina ShHT ham kuchli bo‘ladi.