2020 yil 21 oktabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Axborot soati:Yuklab olish uchun

O‘SIMLIKLAR KARANTINI BO‘YICHA DAVLAT XIZMATI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/simliklar-karantini-b-yicha-davlat-khizmati-faoliyatini-yana-13-10-2020 
AHOLINI TADBIRKORLIKKA JALB QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/a-olini-tadbirkorlikka-zhalb-ilish-tizimini-takomillashtirish-14-10-2020 
SARIMSOQPIYOZ HAMDA TO‘QSONBOSTI USULIDA SABZAVOT MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH VA EKSPORT QILISHNI KO‘PAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/sarimso-piyez-amda-t-sonbosti-usulida-sabzavot-ma-sulotlarin-15-10-2020 
INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktabr kuni intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. 
Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash juda muhim. Dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanadi. Intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizni tashkil etadi.
Afsuski, mamlakatimiz bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketdi. Na tegishli idoralar va na hudud rahbarlari intellektual mulk masalasiga e’tibor berdi. Shu sababli ixtirochi olim va ijodkorlarimiz xorijga chiqib ketdi. Ilmiy institutlarimiz innovatsiyalar, tarmoqlar esa xaridorgir ishlanma va brendlar yarata olgani yo‘q.