2020 yil 25 noyabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Axborot soati:Yuklab olish uchun

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
http://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-gidrometeorologiya-xizmati-faoliyatini-yanada-takomillashtirish-chora-tadbirlari-togrisida 
GEOLOGIYA SOHASIDAGI ISHLARNING BORISHI KO‘RIB CHIQILDI
Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasini modernizatsiya qilish, investitsiyalar jalb etish hamda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Oxirgi uch yilda ushbu sohaga katta mablag‘ ajratilib, texnologiyalarni yangilash, ilm-fanni tiklash va kadrlar tayyorlash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Zamonaviy texnikalar qo‘llanayotgani natijasida burg‘ilash aniqligi va unumdorligi oshdi. Yerosti boyliklarning zaxirasi ham, prognoz resurslari ham ko‘paydi.
Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni izchil davom ettirib, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, davlat korxonalarini isloh qilish bo‘yicha keyingi davrdagi asosiy vazifalar muhokama qilindi.Davlatimiz rahbari geologiya-qidiruv ishlarini oshirish hisobiga 2021-2022 yillarda mineral xomashyo bazasini keskin kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Sohaga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etishga bo‘lgan yondashuvni ham o‘zgartirish kerak. Shu maqsadda istiqbolli maydonlarni shakllantirish, ularni xorijiy investorlarga berish, geologik qidiruv o‘tkazish va soliqqa tortish tizimlarini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
31 ta strategik foydali qazilma maydon va konlar joylashtirilgan onlayn auksionga chet ellik sarmoyadorlarni keng jalb etish muhimligi aytib o‘tildi.– Geologiya sohasida 50 foiz vaqt investitsiya bilan shug‘ullanishga sarflanishi kerak. Investitsiya kelmasa, geologiyada vaziyat o‘zgarmaydi. Uzoq yillik mavhum rejalar emas, qisqa muddatli, aniq va natijador rejalar kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yetakchi auditorlik va konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda sohadagi davlat korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.Soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fanni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “O‘zgeorangmetLITI” institutiga ilg‘or tajribaga ega xorijiy kompaniya jalb qilinishi belgilandi.