2020 yil 31 yanvar juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

 

Axborot soati:Yuklab olish uchun 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRI NOMZODINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-bosh-vaziri-nomzodini-tasdi-lash-t-ri-22-01-2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRI NOMZODINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-bosh-vaziri-nodini-tasdi-lash-t-ri-22-01-2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI A’ZOLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-vazirlar-ma-kamasi-azolarini-tasdi-la-24-01-2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA OMMALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasida-zhismoniy-tarbiya-va-sportni-yanada-24-01-2020
USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI MAVZUSIDA O‘TKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASI
Hurmatli deputatlar va senatorlar!
Aziz yurtdoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Jonajon O‘zbekistonimiz yangi o‘n yillikka qadam qo‘ymoqda. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha ulkan vazifalar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Shu bois, bugun Sizlar bilan birgalikda mamlakatimizni 2020 yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha, ustuvor yo‘nalish va vazifalarni belgilab olishimiz lozim.
Yaqinda “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasida respublikamizda demokratik islohotlarni yuqori bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan yangi siyosiy muhit vujudga keldi.Saylovlar ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida o‘tkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlatdan hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Birinchi marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining 316 kishilik to‘laqonli missiyasi bilan yaqin hamkorlik qildik.