2020 yil 30 sentabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Axborot soati:Yuklab olish uchun 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IDENTIFIKATSIYA ID-KARTALARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasida-identifikatsiya-id-kartalarini-zhor-23-09-2020
“TABIIY GAZ NAZORATI VA HISOBINING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMINI JORIY ETISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/tabiiy-gaz-nazorati-va-isobining-avtomatlashtirilgan-tizimin-25-09-2020 
O‘SIMLIKLAR KARANTINI SOHASIDAGI ISLOHOTLAR NATIJADORLIGI TAHLIL QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentabr kuni o‘simliklar karantini sohasidagi islohotlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar va eksport siyosatining asosiy maqsadi – mamlakatimiz mahsulotlarini jahon bozori talablariga moslashtirish. Shuning uchun, o‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishini isloh qilib, O‘simliklar karantini inspeksiyasi tashkil etildi. Xalqaro standartlarni joriy etib, eksportga ko‘maklashish, xorijiy davlatlar bilan bitimlar tuzish, o‘simliklar klinikasi va biolaboratoriyalar tashkil qilish, shuningdek, sohaga ilm-fan yutuqlarini olib kirib, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu boradagi dastlabki qadamlar natijasida 19 davlatga 78 xil mahsulotni eksport qilish uchun ruxsatnomalar olindi.
Sertifikatsiya uchun o‘nlab qog‘oz hujjatlar o‘rniga yagona elektron tizim joriy etilib, eksportchilarning arizalarini ko‘rib chiqish muddati 10 kundan 1 kunga tushirildi.