Kasaba uyushma qo'mitasi

  Rais: Axunjanov Abduraxmon Maxmudovich

  Telefon: (8 366) 237-10-42

  Elektron manzil: samgasiprof@mail.ru

  Kasaba uyushmasining maqsad va vazifalari

 

 

 

Kasaba uyushmasining maqsad va vazifalari

Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi a’zolari, shuningdek korxona, tashkilot, muassasalar (bundan keyin korxonalar) jamoalarining mehnat, ijtimoiy-qitisodiy, intellektual huqu va manfaatlarini himoya qilishni amalga oshirishdir.Kasaba uyushmasi  ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun:Tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlari, shuningdek, umuman kasaba uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish, birligi va birdamligini mustahkamlashga;Tarmoq  Kelishuvlari va jamoa  shartnomalari tuzish bo’yicha ijtimoiy sheriklik tamoyillarining yo’lga qo’yilishiga, jamoaviy muzokaralarni tashkil etilishi, ularning bajarilishi nazoratini amalga oshirilishiga;Mehnatga haq to’lash va mehnat shartlarida ijtimoiy-adolatli tizim joriy etilishi va uni takomillashtirilishiga;Korxonalarda mehnat qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishi, xodimlarga meyoriy hujjatlarda ko’zda tutilgan barcha imtiyoz va kafolatlarning berilishiga;Kasaba uyushmasi a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat, fuqarolik huquq va kasbiy manfaatlarini himoya qilish uchun  jamoatchilik maslahatxonalarini  tashkil etilishi, o’z vakolatlarini amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilishiga;Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va sharoitlari hamda atrof muhit muhofazasi holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, ish joylarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini bartaraf etilishi, ishlovchilarga sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari, qulay maishiy sharoitlar yaratilishiga;Kasaba uyushmasi a’zolarining sog’liqlarini mustahkamlash, ommaviy jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratilishiga, dam olish va sanatoriy-kurortlarda sog’lomlashtirishning samarali va hammabop bo’lishi ta’minlanishiga;

Mehnat ta’til berish to’g’risida

Professor-o’qituvchilar  - 48 ish kun
Doktorant va aspirantlarga – 30 ish kun
Ma’muriy-boshqaruv, mutaxassis, o’quv-yordamchi, stajyor-tadqiqotchi, ilmiy, ilmiy-texnik. Texnik va xizmatchi xodimlarga – 24 ish kuni
Xo’jalik bo’limining santexnik, elektrik, durodgor, qozonxona operatori, liftyor, haydovchi va qurilish ta’mirlash bo’limi ishchilariga – 21 ish kuni
Bog’bonlar, yig’ishtiruvchilar, qarovullar, faroshlarga  -18 ish kuni
Quyidagilarga ularning yoshi va sog’lig’i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga – 30 kalendar kun;
Ishlayotgan  I va  II guruh nogironlariga – 30 kalendar kun;
Maxsus va 2-bo’lim xodimlariga, ularning mehnat vazifalarining o’ziga xos jihatlari va xususiyatlarini e’tiborga olib, me’yoriy hujjatlarga muvofiq – 30 kalendar kun
Yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’tillarning davomiyligi, ularni hisolash va haq to’lash tartibi, shuningdek ta’til berish uchun asos  o’ladigan ish stajini hisobga olish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (Mehnat kodeksining 113-162 moddalari)
Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo’yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqiladi.
Ta’til davriga to’g’ri kelib qolgan va ishlamaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.
Ta’tillar muddatini ishlagan vaqtga mutonosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir to’liq ta’til miqdorini o’n ikkiga bo’lib, so’ng to’liq ishlagan oylar soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda o’n bsh kalendar kuniga teng va undan ko’p bo’lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o’n besh kalendar kunidan kami esa chiqarib tashlanadi.
Professor-o’qituvchilar tarkibiga yillik ta’tillar, qoida tariqasida, yozgi ta’til davrida beriladi.
Aspirant va doktorantlarga, qoida tariqasida yozgi ta’til davrida 30 kalendar kunidan iborat uzaytirilgan asosiy yillik ta’til beriladi.
Doktorantura va aspiranturada o’qish muddatiga uzaytirilgan asosiy yillik 30 kalendar kunlik ta’tili ham kiradi.
Aspirant va doktorantlarning asosiy yillik uzaytirilgan ta’tillari asli xolida har yili foydalaniladi. Uni boshqa vaqtga ko’chirishga, qismlarga bo’lishga va pullik kompensasiya bilan almaytirishga yo’l qo’yilmaydi.
Stajyor-tadqiqodchilarga, qoyda tariqasida yozgi ta’til davrida 24 ish kunidan iborat asosiy yillik ta’til beriladi.

SamDAQI professor-o‘qituvchi va xodimlari uchun sanatoriyalar to'g'risida ma'lumot
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI KASABA UYUSHMALARI TO’G’RISIDA

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining
ICHKI TARTIB QOIDALARI

I. Umumiy qoidalar
II. Ish beruvchi (rektor)ning majburiyatlari:
III. Xodimlar va ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari.
IV. 
Institut hududida quyidagilar ta’qiqlanadi:
V. O’qish va dam olish vaqtini tartibga solish talablari:
VI. Talabalarni o’qish va jamoat ishlaridagi yutuqlari uchun rag’batlantirish:
VII. Intizomiy ta’sir choralari:
VIII. Mehnat munosabatlari:
IX. Mehnat intizomini ta’minlash va javobgarlik:
X. Bino ichidagi tartib:
XI. Ish vaqti va dam olish vaqti:
XII. Yakuniy qoidalar:

 

Samarqand viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan, idora xodimlari o’rtasida “Sport oyligi” doirasida  mini futbol, badminton, stol tennisi bo’yicha o’tkazilgan musoboqalar to’g’risida

  2019 yil 31 may - 1 iyun kunlari Samarqand shaxar Olimpiya zaxira-larini tayyorlash markazi sport komplekisida mini futbol, badminton, stol tennisi turlaridan musoboqalar bo’lib o’tdi. Musoboqalarda SamDAQIdan 20 nafar professor-o’qituvchilari va hodimlar  ishtirok etdilar.
  Musoboqa natijalariga ko’ra umum jamoa xisobida institutimiz jamoasi II o’rinni qo’lga kiritishdi.
  Musoboqadan lavxalar:

  

  

  

BAYRAM MUNOSABATI BILAN NAFAQADAGI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR HOLIDAN XABAR OLINDI

2019 yil – faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosobati bilan joylarda Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etuvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlar Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etildi.
Ko‘p yillar institutda ishlab hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning xol-ahvolidan xabar olindi. Olti nafar professor-o‘qituvchi va xodimlarning 1-sinfga boradigan bolalari uchun o‘quv qurollari olib berildi.
Institutda 45 yildan ortiq faoliyat olib borgan va hozirgi kunda ham samarali ishlashni davom ettirayotgan professor-o‘qituvchilarga institut ma’muriyati nomidan tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, 20 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlarga bir minimal ish xaqi (223000 so‘m) miqdorida moddiy yordam berildi.
SamDAQI xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Axunjanov

 

       2019 - “Фаол инвеститциялар ва ижтимоий ривожланиш йилида Самарканд давлат архитектура-курилиш институти профессор-ўқитувчилари ҳамда ишчи ходим эркак ва  аёллар  ўртасида Ўзбекистон республикаси Конститутцияси қабул қилинганлигининг 27 йиллик байрамига бағишлаб ўтказилган стол тенниси спорти мусобақасида 1,2 ва 3 ўринларни олган қатнашчиларга тарқатилган совғалар


РЎЙХАТИ
1 ўрин

т/р

Фамилияси, исми

Лавозими

Совға номи

Нархи, сўм

Имзоси

1

Мухаммадиев Уткир

доцент

Чойнак набор «Роза» От.1   пиала набор «Роза» От- 1

16500

16500

 

2

Юзбоева Махфуза

Катта ўқитувчи

Чойнак набор «Роза» От.1   пиала набор «Роза» От- 1

16500

16500

 

2 ўрин

3

Курбонов Абдумалик

 ўқитувчи

Коса набор «Роза» От. 1  Лаган 250мм.риф 1дона

19800

7150

 

4

Жураева Элвира

 ўқитувчи

Коса набор «Роза» От. 1  Лаган 250мм.риф 1дона

19800

7150

 

3 ўрин

5

Сирожиддинов Шавкат

ўқитувчи

Чойнак набор «Роза» От. 1 

16500

 

6

Ходиева Наргиза

 ўқитувчи

Чой.набор «Роза» От. 1 

16500

 

 

 

Жами:

 

 

152900

 

             

        Жами : Бир юз эллик икки минг туккиз  юз сўм.     
Ходимлар ва талабалар бошланғич касаба уюшма қўмитаси раиси:А.М.Ахунжанов.                                         

.

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 27 йиллигига бағишлаб СамДАҚИ  ходимлар ва талабалар бошланғич касаба уюшма қўмитаси томонидан 2019 йил 7 декабрь куни профессор-ўқитувчи ва ишчи ходимларни маънавий-маърифий қўллаб-қувватлаш мақсадида Тошкент шаҳрига саёҳат уюштирилди.Ушбу саёҳатда жами 52 нафар профессор-ўқитувчи ва ишчи ходимлар “Зангиота”, “Хасти имом” зиёратгоҳлари,  “Оқсарой” мажмуаси, “Хумо” муз аренаси ва Тошкентнинг бошқа диққатга сазовор жойларида бўлиб маънавий ҳордиқ чиқардилар.


 

2019 йил ходимлар ва талабалар бошлангич касаба уюшмаси кумитаси  томонидан Янги 2020 йилни нишонлаш тадбири.
Профессор – укитувчилар хамда ходимлар болалари Янги йилни арча атрофида нишонлашлари учун “А.Жураев номидаги кугирчок театри” га – 4000000 сум утказилди ва бу тадбирда 420 дан ортиқ ходимлар фарзандлари иштирок этишди.

Тадбирдан лавҳала


 

14-январ “Ватан ҳимоячилари куни”га бағишлаб СамДАҚИ профессор-ўқитувчи ва ишчи ходимлари ҳамда талаба-ёшлари ўртасида ўтказилган спорт мусобақалари ҳақида
М А Ъ Л У М О Т
2020 йил 13-14 январ кунлари куни институт спорт залида профессор-ўқитувчи ва ишчи ходимлари ҳамда талаба-ёшлари ўртасида спортнинг тош кўтариш, шахмат ва шашка турлари бўйича мусобақалар ташкил қилинди. Мусобақалар ходимлар ва талабалар бошланғич касаба уюшмаси қўмитаси ҳамда касб таълими ва жисмоний тарбия кафедраси профессор-ўқитувчилари билан ҳамкорликда ўтказилди.
Мусобақада жами қурилиш, қурилишни бошқариш, муҳандислик коммуникациялари қурилиши, архитектура факултетлари жамоаларидан 50га яқин профессор-ўқитувчи ва ишчи ходимлар ҳамда талаба-ёшлар иштирок этишди. Мусобоқалар умумжамоа биринчилигида ўтказилиб, натижаларга кўра ўринлар қуйидагича аниқланди:
ШАХМАТ
I-ўрин            Мухандислик коммуникациялари қурилиши факультети
II-ўрин           Қурилиш факультети
III-ўрин         Архитектура факултети
ШАШКА
I-ўрин            Қурилиш факультети
II-ўрин           Архитектура факультети
III-ўрин         Қурилишни бошқариш факултети
ТОШ КЎТАРИШ
I-ўрин            Архитектура факультети
II-ўрин           Мухандислик коммуникациялари қурилиши факультети
III-ўрин         Қурилиш факультети
            Институт ходимлар ва талабалар бошлангич касаба уюшма
            кумитаси раиси:                                                                А.М Ахунжанов
            
Жисмоний тарбия гуруҳи раҳбари:                               Ш.Я.Хусаинов
       
Мусобоқа жараёнидан фото лавҳалар


 Институт ходимлар ва талабалар бошлангич касаба уюшма раиси                                    А.М.Ахунжанов

Kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonun

 

SamDAQI Xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi to‘g‘risida ma’lumot

2020 yil 9 iyun kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferennsiyaga institut professor- o‘qituvchilari vaxodimlari tarkibidan 103 nafar delegat saylangan bo‘lib, shundan 83 nafar delegat ishtirok etdi. 20 nafar delegatlar ayrim sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmadilar.
Konferensiya ishida O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari Respublika Kengashi bo‘lim boshlig‘i–Ravshan Qurbanovich YAkubbaev,O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari Respublika Kengashi yoshlar masalasi bo‘yicha rais maslahatchisi – SHerzod Ne’matov,O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari Respublika Kengashi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Xoshimova Dildora Temurovna,Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashkiliy bo‘lim mudiri Rayxon Abdullaeva, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashmasi qo‘mitasi raisi - Sirojiddin Negmatovich Izzatullaev, institut rektori Sulton Ilyasovich Axmedov,  prorektorlar A.R.Raximov, E.X.Isakov, A.Rajabov, O.Xayitov, bosh xisobchi O‘.A.Berdikulovlar ishtirok etdilar.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining yangi tarkibiga quyidagilar saylandi:
1.Xakim Buriev – Qurilishda menejment kafedrasi mudiri;
2.Abduboki Karimov – Axborot texnologiyalari kafedra mudiri;
3.Rizokul Tuychiev – Loyixalash kafedrasi dotsenti;
4.Ra’no Karshubaeva – Kasbiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi;
5.Axunjanov Abduraxmon – o‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i;
6.Egamov Ilxom – ATM bo‘lim boshlig‘i;
7.Kushakov Mardiboy – Qurilish fakulteti kasaba uyushma raisi;
8.Xotamov Baxtier – xujalik bulimi mutaxissisi;
9.Tog‘aeva Rayxona - Texnika xavfsizligi muxandisi;
10.Safarova Inobat - “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi katta o‘kituvchisi;
11.Nurmatov Panji - “STK va SRMQ” kaf.kat. o‘qituvchisi;
12.Inoyatov Dilovar – “Bino va inshootlar” kaf. O‘qituvchisi;
13.Latipov Rustam - “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti;
14.Karimov Baxodir-  Qurilish fakulteti 301 XFX gurux talabasi;
15.Zarobova Muxlisa  – MKQ fakulteti 103 STK va TKLE gurux talabasi;
16.Karimov Rustam –Arxitektura fakulteti 102 ARX guruxtalabasi;
17.Boymanov Soxib  – Qurilishni boshqarish fakulteti 201-ICHT gurux talabasi;

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining taftish komissiyasining yangi tarkibiga quyidagilar saylandi:

Zokir Yaxshilikov – Institut marketing bulimi mutaxassisi;
Mirzaev Zafar Qurilishda menejment kafedrasi o‘qituvchisi;
Eshtoeva Nargiza institut hisobchisi.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining raisi etib Axunjanov Abduraxmon Maxmudovich saylandi.
Institut jamoasi yangi saylangan xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi ish faoliyatiga omad tilaydi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag‘ishlab SamDAQI professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlari kam ta’minlangan 7 ta oilalarning bolalariga maktab qurollari uchun 633500 so‘m ajratilib o‘quv qurollari olib berildi.

M A 'L U M O T

 

 

Yubilyarni taqdirlash.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Latipov R. 60 yoshni qarshiladilar. Sizga oilaviy xotirjamlik, mustahkam sog‘lik, Xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qoladi.
Hurmat bilan, institut xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi

Xamda 10 ta kam ta’minlangan xodimga bir minimal 238610 sumdan moddiy yordam ko'rsatildi.

Institut xodimlar va talabalar

boshlang'ich kasaba uyushma raisi                                     A.M.Axunjanov