ARXITEKTURA FAKULTETI TALABALARI O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

| 19-04-2019 | ko'rishlar soni: 31

post img

Joriy yilning 11-12 aprel kunlari jismoniy tarbiya kafedrasi hamda Arxitektura fakulteti guruh murabbiylari E.Jo‘rayeva, D.Xoldorova, U.Zubaydullayev, A.Jamolov, Y.Nurmurodova, D.Islamova, S.Suvonqulov, Ch.Meyliyevalar tashabbusi bilan sportning voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi.Talabalar har bir nominatsiya bo‘yicha jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilariA.Dehqonov, Q.Eshmurodov, Sh.Husainovlar tomonidan baholab borilib, hakamlar quyidagi naijalarni belgilab berdilar:

Batafsil o'qish

NAFOSAT BELLASHUVI

| 19-04-2019 | ko'rishlar soni: 34

post img

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli farmoni ijrosi to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2018 yil 8 fevraldagi 135-sonli buyrug‘i asosida Samarqand davlat aritektura-qurilish institutining “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar” dasturining bajarilishini ta’minlash va institut talaba-qizlarini oilaviy hayotga tayyorlash, jamiyat va oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid masalalarni ular ongiga singdirish maqsadida 12 aprel kuni xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tashkil qilingan Qurilish, Qurilishni boshqarish, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi, Arxitektura fakultetlari “Qizlarjon” klublari talaba-qizlarning o‘zaro bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH AMALDA

| 17-04-2019 | ko'rishlar soni: 32

post img

Yaqinda Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetining 102-MKK guruhi talabalari guruh murabbiyi rahbarligida shahrimizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga sayohat uyushtirdilar. Ular Islom Karimov qabrini, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni , Shohi zinda ansambli, Doniyor payg‘ambar mujmualari kabi joylarga ziyoratga bordilar. Ular shuningdek, O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi T.Shirinqulov qabrini ziyorat qildilar.

Batafsil o'qish

INSTITUT TALABALAR TURAR-JOYLARIDA QIZLAR VA O‘QITUVCHI-AYOLLAR UCHRASHUVI

| 17-04-2019 | ko'rishlar soni: 35

post img

Joriy yilning 12 aprel kuni SamDAQI 2-talabalar turar joyida, talaba qizlar va o‘qituvchi ayollarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Arxitektura fakulteti “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari B.A.Saidova, K.M.Tagasharova, D.Z.Kamalova va E.E.Jo‘rayevalar Y.B.Nurmurodova qatnashib, talaba qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishdilar, kurs loyihalari bajarilishi jarayoni bo‘yicha maslahatlar berishdi. Uchrashuv odob-axloq, kiyinish madaniyati, kitobxonlik mavzularini qamrab oluvchi davra suhbati bilan yakunlandi.

Batafsil o'qish

9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yoshi munosabati bilan futbol sport musobaqasi o’tkazildi

| 10-04-2019 | ko'rishlar soni: 49

post img

Arxitektura fakulteti “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchilari I.Eshatov, F.Maksimov hamda “Talaba sport uyushmasi” hamkorligida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yoshi munosabati bilan 8 aprel kuni II bosqich QHALTE guruhlari o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa tasdiqlangan nizom hamda olimpia tizimi asosida o‘tkazildi. Ushbu xotira turnirida 4 ta 201-202-204 hamda 205-QHALTE guruhi jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa jamoalarning do‘stona uchrashuvlari bilan boshlandi. Musobaqaga “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi o‘qituvchisi I.Narziqulov hakamlik qildi. Musobaqada jamoalar chiroyli o‘yin ko‘rsatib quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdilar......

Batafsil o'qish

SOHIBQIRON SABOQLARI

| 08-04-2019 | ko'rishlar soni: 52

post img

2019 yil 6 aprel kuni institut kichik faollar zalida buyuk sohibqiron Amir Temurning 683 yilligi munosabati bilan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Sohibqiron saboqlari” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

SAMARQANDDA NAVRO‘Z SAYLI

| 25-03-2019 | ko'rishlar soni: 98

post img

Navro‘z bayrami for-tojik va turkiy xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu bayram 21 mart kuni nishonlanib, aynan kun va tun teng bo‘lgan paytga mos keladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha  Navro‘zning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan “zardushtiylik”ning paydo bo‘lishigacha davom etgan asrlarni o‘z ichiga olgan ekan. Navro‘z xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo‘lib kelgan. 

Batafsil o'qish

“LANDSHAFT DIZAYNI VA INTERYER” KAFEDRASIDA 2018-2019 YIL 1-SEMESTRIDA BAJARILGAN KURS ISHLARI VA LOYIHALARI BO‘YICHA “BO‘LAJAK DIZAYNER — 2019” KO‘RIK-TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

| 18-03-2019 | ko'rishlar soni: 86

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining arxitektura fakulteti “Landshaft dizayni va interyer” kafedrasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti, arxitektura fakulteti yoshlar Kengashi,institut xodimlar va kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida joriy yilning 5-11 mart kunlari 2018-2019 o‘quv yilining “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi talabalarining o‘quv yilida bajargan kurs ishlari va grafik topshiriqlari bo‘yicha “Bo‘lajak dizayner — 2019” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

“BIRLASHIB BIZ KATTA KUCHMIZ!” DEB NOMLANGAN HASHAR AKSIYASI TASHKIL ETILDI

| 06-03-2019 | ko'rishlar soni: 170

post img

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand davlat arxitektura-qurilish isntituti boshlang‘ich tashkiloti Kengashi tashabbusi bilan 2019 yilning 1 mart kuni “Birlashib biz katta kuchmiz” deb nomlangan hashar aksiyasi tashkil etildi

Batafsil o'qish

DEHQONOVLAR OILASIGA HOMIYLIK YORDAMI KO‘RSATILDI

| 26-02-2019 | ko'rishlar soni: 154

post img

Samarqand viloyat hokimligining ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yig‘ilish bayonida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut  ma’muriyati tomonidan 2019 yil 22 fevral kuni Samarqand viloyati Payariq tumani Beshqo‘rg‘on mahallasida yashovchi Dehqonovlar oilasiga mebel, gaz plita, qurilish materiallari, yumshoq inventarlar va o‘quv qurollari homiylik yordami ko‘rinishida taqdim etildi. Ko‘rsatilgan muruvvatdan ko‘ngli ko‘tarilgan xonadon sohiblari o‘zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirdilar.

Batafsil o'qish