NAVOIYGA EHTIROM

Yangiliklar | 10-02-2020 | ko'rishlar soni: 157

post img

Mamlakatimizning barcha hududlarida jahon e’tirof etgan alloma bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi keng nishonlanmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand shahrida Alisher Navoiy nomi bilan yuritiluvchi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida ham  bo‘lib o‘tdi.Erta tongdan bog‘ hududi adabiyot muxlislari, deputatlar, turli ijodiy va jamoat tashkiloti vakillari, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, she’riyat muxlislari, o‘qituvchilar,talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik bilan gavjum bo‘ldi.Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Navoiyshunos olimlar va yoshlar so‘zga chiqdi.
Adabiy kechada she’riyat mulkining sultoni ijodiga xo‘p to‘xtalindi, asarlaridan namunalar o‘qildi va mutafakkir haykali poyiga jamoat tashkilotlari tomonidan gulchambarlar qo‘yildi.

Batafsil o'qish

“TA’LIM MUASSASALARIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISHNING MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI”

Yangiliklar | 10-02-2020 | ko'rishlar soni: 185

post img

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi. Shu bois butun dunyoda unga qarshi kurashiladi. Mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashishning yaxlit tizimi yaratilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni muhim ahamiyat kasb etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqildi. O‘tgan qisqa fursat ichida mazkur komissiya tomonidan qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalarida, mahallalarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda, korrupsiyaga qarshi kurash aks etgan videoroliklar havola etilmoqda, tarqatma materiallar aholining keng qatlamiga yetkazib berilmoqda. YXHT, BMT kabi xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshirilayotganligi keng va atroflicha tushuntirilib kelinmoqda.

Batafsil o'qish

“BIZ — SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ”

Yangiliklar | 10-02-2020 | ko'rishlar soni: 170

post img

Joriy yilning 4 fevralida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda SamDAQI ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi T.Egamov, Samarqand viloyat narkologiya dispanseri vrachi G.Jalilova, SamMI “Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va dermovenerologiya” kafedrasi asistentlari N.Jumayeva, M.Achilova va G.Uzoqova, SamDAQI xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulova hamda institut salomatlik markazi vrachi N.Sultonova va talaba-yoshlar qatnashdilar.Yig‘ilganlarga mutasaddilar tomonidan mavzu doirasi OITS va giyohvandlik — inson ma’naviyati kushandasi ekanligi haqida ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, hozirgi kunda butun duyoda muhokamada bo‘lib kelayotgan Xitoy xalq Respublikasida keng tarqalgan havfli virus ya’ni “Koronavirus” haqida ham gapirib o‘tildi.

Batafsil o'qish

AKADEMIK T.SH.SHIRINQULOV FAOLIYATI VA ILMIY-IJODINI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Yangiliklar | 06-02-2020 | ko'rishlar soni: 174

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi tomonidan Akademik T.Sh.Shirinqulov faoliyati va ilmiy-ijodini o‘rganish mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur ilmiy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda 2020 yil yanvar oyidagi Parlamentga murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni ilm-fanga qiziqishlarini yanada kuchaytirish, yosh tadqiqotchilar erishayotgan nazariy natijalarini amaliyotda qo‘llash va undagi muammolar yechimlariga bag‘ishlangan masalalar yuzasidan soha olimlari tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Batafsil o'qish

ISLOM KARIMOV-MUSTAQIL DAVLATIMIZ ASOSCHISI VA BOSH ME’MORI

Yangiliklar | 01-02-2020 | ko'rishlar soni: 247

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 30-yanvar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni munosabati bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat va shahar Kengashi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.“Islom Karimov-mustaqil davlatimiz asoschisi va bosh me’mori” mavzusidagi davra suhbatida Birinchi Prezidentimizning mamlakat mustaqilligini e’lon qilishda ko‘rsatgan jasorati va istiqlolimizni mustahkamlash borasida olib borgan oqilona siyosati xususida so‘z yuritildi.

Batafsil o'qish

30 YANVAR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV TAVALLUD TOPGAN KUN

Yangiliklar | 01-02-2020 | ko'rishlar soni: 224

post img

Ushbu kun munosabati bilan erta tongdan Samarqand shahrining Registon maydoni yonida joylashgan Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
​Marosimda Samarqand viloyat va shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari hamda Oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

Batafsil o'qish

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Yangiliklar | 27-01-2020 | ko'rishlar soni: 235

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya va servis” kafedrasining katta o‘qituvchisi Shavkat Azzamovich Usmonovning tavallud ayyomlari bilan, institut jamoasi chin dildan muborakbod etadi.Shavkat Azzamovich Usmonov sizga uzoq umr, sog'lik salomatlik, tinchlik-totuvlik va oilaviy baxt, doimo yoshlarni ilm-zakovatli qilib tarbiyalashda mana shunday ko'tarinki ruh hamda shijoat sizni hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.

Batafsil o'qish

QO‘SHMA TA’LIM DASTURI TALABALARI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Yangiliklar | 23-01-2020 | ko'rishlar soni: 243

post img

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab xabaringiz bor 2+2 va 2+3 qo‘shma ta’lim dasturi asosida Rossiya hamda Belarus davlatlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan bitimga asosan institutimizga talabalar qabul qilindi va hozirgi kunda ta’lim olib kelmoqdalar.2020 yil 21 yanvar kuni institut rektori va qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Batafsil o'qish

“BESHTA MUHIM TASHABBUS – YOSHLARIMIZNING ERTANGI KUNI ISTIQBOLIDIR” DEB NOMLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI

Yangiliklar | 23-01-2020 | ko'rishlar soni: 230

post img

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida “Prezidentimiz tashabbusiga tashabbus bilan javob beraylik” shiori ostida, 302-303 QHALTE guruhlari, Arxitektura fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchilari, Axborot resurs markazi jamoasi hamda guruh murabbiylari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Batafsil o'qish

SAMDAQI TAYANCH DOKTORANTI XORIJDA MALAKA OSHIRMOQDA

Yangiliklar | 17-01-2020 | ko'rishlar soni: 266

post img

Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi bo‘yicha Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Issiklik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya va servisi” kafedrasi tayanch doktoranti Fayziyev Zafar, hozirgi kunda Belorussiyaning Minsk shahrida joylashgan Belorussiya milliy texnika universitetida malaka oshirmoqda.

Batafsil o'qish