14-06-2019-axborot-soati

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY, IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR MA’LUMOTLAR

TOSHKENT SHAHRIDA “MEI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI” FEDERAL DAVLAT BYUDJETI OLIY TA’LIM MUASSASASI FILIALINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/toshkent-sha-rida-mei-milliy-tad-i-ot-universiteti-federal-d-05-06-2019
TOSHKENT SHAHRIDA “D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI” FEDERAL DAVLAT BYUDJETI OLIY TA’LIM MUASSASASI FILIALINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/toshkent-sha-rida-d-i-mendeleev-nomidagi-rossiya-kimye-tekhn-07-06-2019
TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINI TUGATISH TARTIB-TAOMILLARINI SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
f a r m o n i
http://uza.uz/oz/documents/tadbirkorlik-subektlarini-tugatish-tartib-taomillarini-sodda-07-06-2019 

*Eslatma: Mazkur haftada o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarining 2-bosqich. 26 iyun – “Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan yoshlarni turli illatlardan himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borish.
Haftalikning 3-bosqichida talaba-yoshlarga javonmardlik fazilati haqida tushuncha beriladi, 4-bosqichda – talabalarning qaysi bosqichdaligiga qarab oyning boshida berilgan kitoblarning biri haqida fikr-mulohaza yuritiladi. O‘qishga berilgan kitoblarga yakuniy xulosa qilinadi.
AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YUKLARNI XALQARO TASHISHNI YANADA RIVOJLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/avtomobil-transportida-yuklarni-khal-aro-tashishni-yanada-ri-08-06-2019  

ODAMLAR BUGUNIDAN MAMNUN BO‘LIB, ERTANGI KUNIGA ISHONCH BILAN YASHASHI KERAK

Nurafshon shahrida 3 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari o‘zi bevosita joylarga borib, rahbarlarni yuborib, eng dolzarb masalalar hal qilinayotgani, hamma joyda o‘zgarish bo‘layotgani, lekin Toshkent viloyati "uyg‘onmayotgani"ni ta’kidladi.
Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Har bir kun, har bir daqiqa g‘animat. Biz siyosatni belgilab, yangi-yangi imkoniyatlar yaratyapmiz. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib ishlab, natijani ta’minlashi kerak. Odamlar quruq gapni ko‘tarmaydi. Toshkent viloyatida esa jonlanish kuzatilmayapti. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani tashabbus, deya murojaat qildi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish ishtirokchilariga.
Katta iqtisodiy salohiyat mavjud bo‘laturib, viloyatdagi rezerv va imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani, sanoat sohasi hanuzgacha bir nechta yirik korxona bilan cheklanib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bo‘ka, Pskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on va Chinoz tumanlarida sanoat rivoji ko‘rsatkichlari pastligicha qolmoqda. Quyi Chirchiq, Bekobod, Ohangaron, Pskent va Bo‘ka tumanlarida aholi jon boshiga xizmat ko‘rsatish hajmi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2-3 barobar kam.
Yig‘ilishda tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi, bandlik, ijtimoiy sharoitlarga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Prezident Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi.
2019-2020 yillar uchun umumiy qiymati 39 trillion 833 milliard so‘mga teng 784 investitsiya loyihasidan iborat yangi hududiy dastur shakllantirilgani qayd etildi. Ularning 15 tasi davlat ahamiyatiga ega yirik loyiha bo‘lsa, 769 tasi xususiy biznes va investorlar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’ektlarining 17 foizi ishlamayotgani, Angren shahri va Chinoz tumanida bu ko‘rsatkich 30-33 foizga chiqib ketgani tanqid qilindi. Ularning faoliyatini tiklash, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan oilalarga «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida joriy yilda 350 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha topshiriq berildi. Talab bo‘lsa, yana qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
Nima uchun oilaviy tadbirkorlik, uylarda parrandachilik, chorvachilik, tomorqachilik bo‘lsin, deyapmiz? Odamlarning daromadi oshishi, to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lishi kerak, dedi davlatimiz rahbari.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasida 470 gektar va “Bo‘stonliq-farm” zonasida 20 gektar maydon hanuzgacha loyihalar bilan to‘ldirilmagan. SHu sababli “Angren” erkin iqtisodiy zonasi Janubiy Koreyaning “Inchon” erkin iqtisodiy zonasiga ishonchli boshqaruvga berilgani ma’lum qilindi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyat hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosariga viloyatdagi 20-30 tadbirkorni tanlab, Koreya Respublikasiga xizmat safarini tashkil etish vazifasi topshirildi. Tadbirkorlar “Inchon” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan bevosita tanishadi.
Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatidagi ijtimoiy va kommunal sohalarga oid masalalarga alohida e’tibor qaratdi.
Viloyatda aholining atigi 64 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangani jiddiy muammo. Bu – hisobot ko‘rsatkichi. Amalda bu raqam 40-50 foiz. Bo‘ka, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Nurafshon shahrida 30 foizga ham bormaydi. Shunday sharoitda rahbarlar qanday qilib kabinetda xotirjam o‘tiradi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bu muammoni hal etish maqsadida joriy yilda 440 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari va 301 ta suv inshootida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi 144 million dollarlik ushbu loyihaning birinchi bosqichi doirasida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
Viloyatda dolzarb bo‘lgan yana bir muammo ekologiya bilan bog‘liq. Toshkent shahridagi maishiy chiqindilar tashlanadigan Ohangaron tumanidagi poligon 98 foizga to‘lgan. Uni yopib, yangisini qurish kerak. Bu tozalik, aholi salomatligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega, dedi davlatimiz rahbari.
Ichimlik suvi, oqova tizimi ob’ektlari bilan birga umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash, avtomobil yo‘llari bilan bog‘liq muammolarni tezkor hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Buning uchun qo‘yimcha ravishda 1 trillion 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi.
Prezidentimiz Nurafshon shahrida bosh reja asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.
Bu shahar 2017 yili Toshkent viloyati ma’muriy markaziga aylantirilib, mas’ul idora va tashkilotlar shu erga ko‘chirildi, ularga zarur shart-sharoit yaratilmoqda. O‘tgan yili shaharning bosh rejasi ishlab chiqildi.
Yangi ma’muriy markazda aholi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, infratuzilma va kommunikatsiyalarni yangilash, poytaxtimizda boshlangan bunyodkorlik jarayonini viloyat markaziga ham keng yoyish maqsadida 246 gektar maydonda “Smart sity” qurish loyihalashtirilmoqda.
To‘liq aqlli texnologiyalarga asoslanadigan ushbu "aqlli shaharcha" uch bosqichda barpo etiladi. Birinchi bosqichda jami 1792 kvartirali to‘qqiz va o‘n ikki qavatli uylar quriladi. Yangidan qad rostlaydigan Nurafshon universiteti yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashiga zamin yaratsa, yopiq sport majmuasida badiiy gimnastika, tennis, kurash va qilichbozlik kabi sport turlari bo‘yicha yirik musobaqalar o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev yaqinda poytaxtimizdagi Chilonzor tumanining Bog‘iston ko‘chasida qurilayotgan 9 qavatli uylar bilan tanishish chog‘ida bunday turar joylarni viloyat markazlarida ham barpo etish zarurligini ta’kidlagan edi. Ushbu tavsiya asosida Nurafshonda 21 ta shunday uy qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. Shuningdek, 360 o‘rinli bog‘cha, 1 ming 200 o‘rinli maktab, madaniy-maishiy obyektlar, dam olish hududlari barpo etiladi.
Nurafshon mamlakatimizda shaharsozlik bo‘yicha yangi tajriba maydoni bo‘lmoqda. Bu erdagi shart-sharoit, ijtimoiy soha obyektlari Toshkentdagidan kam bo‘lmasligi, aksincha, raqobatlashadigan bo‘lishi kerak. Albatta, buning uchun har bir loyihani puxta ishlash, uzoqni ko‘zlab ish tutish kerak, dedi davlatimiz rahbari.
Nurafshonda kanalizatsiya tarmog‘i umuman talabga javob bermas edi. Mavjud tozalash inshooti butun shaharni qamrab ololmaydi. Shu bois qurilish davomida muhandislik kommunikatsiyalari butunlay yangilanadi.
Shaharning markaziy Toshkent yo‘li ko‘chasi ham yangidan barpo etilmoqda. Ko‘cha bo‘yidagi bir qavatli eski imoratlar o‘rnida 7 va 9 qavatli uylar, servis shoxobchalari, salomatlik markazlari, gipermarketlar qurilishi boshlangan. Har bir bino oldida avtomobil to‘xtash joylari bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
To‘rt polosali magistral avtomobil yo‘li bilan birga ichki yo‘l ham qurilyapti. Velosiped va piyodalar yo‘lakchalariga joy ajratilgan. Irrigatsiya tarmoqlari uchun yangi turdagi yopiq lotoklar o‘rnatilib, ko‘cha bo‘ylari ko‘kalamzorlashtirilmoqda.
Toshkent yo‘li ko‘chasida tirbandlikning oldini olish maqsadida shaharning kirish qismidan “Smart sity” markaziga boradigan yangi 4 kilometrlik ko‘cha qurilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda aholini ish bilan ta’minlash maqsadida zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari barpo etish uchun 100 gektarlik texnopark yaratish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Prezidentga viloyat aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalari ham taqdim qilindi. Davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida 2022 yilga borib, viloyat aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini 92 foizga etkazish imkonini beradigan ushbu loyihalar uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari jalb etiladi.
O‘rta Chirchiq tumanidagi 50 gektar maydonda innovatsion savdo majmuasi qurilishi mo‘ljallanmoqda. Loyiha qiymati 50 million dollar bo‘lgan majmuada 5 mingta do‘kon joylashadi, 10 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi. 2021 yilda ishga tushiriladigan majmuada noozoq-ovqat mahsulotlari, maishiy tovarlar, qurilish materiallari savdosi yo‘lga qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati mamlakatimizning muhim logistika markazi ekanini, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish majmualarini qurishda hududning shu imkoniyatini e’tiborga olish lozimligini ta’kidladi. Har bir loyihani sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

ER VA SUV RESURSLARIDAN UNUMLI FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 
Yer va suv resurslaridan oqilona hamda unumli foydalanilsagina yuqori hosildorlik va baraka bo‘ladi. Lekin so‘nggi 30 yil davomida irrigatsiya tarmoqlariga e’tibor berilmagani va yerga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lish oqibatida 450 ming gektar sug‘oriladigan maydonlar yaroqsiz holga kelib qoldi. 
Ayni paytda mamlakatimizda o‘zlashtirish imkoni bo‘lgan 1 million gektardan ortiq maydon mavjud. Ushbu yerlarni irrigatsiya ishlarini bajarish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, kam suv talab qiladigan ekinlar ekish hisobiga o‘zlashtirish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. 
Yig‘ilishda ushbu maydonlarni qayta o‘zlashtirish bo‘yicha samarali tizimni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 
Xalqaro tajriba asosida foydalanishdan chiqqan yerlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘zlashtirish tartibini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Bunda investorlar o‘zlashtirilgan yerlarda ekinlarni mustaqil joylashtirish, yer maydonlarini ikkilamchi ijaraga berish va zarur infratuzilma ob’ektlarini qurish huquqiga ega bo‘lishlari lozimligi qayd etildi. 
Davlatimiz rahbari Jahon bankining foydalanishdan chiqib ketgan erlarni bitta tumanda namuna sifatida davlat-xususiy sheriklik asosida o‘zlashtirishga qaratilgan taklifini ma’qullab, tegishli vazirliklar rahbarlariga mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Irrigatsiya tarmoqlarini ham davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish mexanizmini joriy qilish bo‘yicha takliflar bildirildi. 
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Davergeodezkadastr” qo‘mitasiga 2019-2021 yillarda o‘zlashtiriladigan 281 ming gektar maydonni tashabbuskorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida berish tartibini puxta ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 
Bu yerlarda eksportbop meva-sabzavotlar yetishtirish, shu bilan birga, suvsizlikka chidamli ekinlarning yangi navlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi. 
O‘zlashtirilgan erlarning unumdorligini oshirish hamda meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash texnologiyalarini joriy qilish, shu maqsadlarga sarflanadigan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini qo‘llash bo‘yicha takliflar ilgari surildi. 
Yig‘ilishda foydalanishga qaytarilgan yerlarni suv bilan uzluksiz ta’minlash, buning uchun faqat suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. 
Yer osti suvi zaxirasini o‘rganish masalasi muhokama qilinar ekan, Geologiya va mineral resurslar, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitalari, Suv xo‘jaligi vazirligiga lalmi va yaylovlarni sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan yer osti suvi zaxirasini aniqlash hamda undan samarali foydalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 
Mas’ul vazirlik va idoralarga erdan noqonuniy foydalanishni oldini olish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni belgilash hamda bu boradagi nazorat tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi. 
Yer kadastri ma’lumotlarining aniqligini ta’minlash va samarali boshqarish maqsadida yagona avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish zarurligi ta’kidlandi. 

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI QOZOG‘ISTON PARLAMENTI MAJLISI RAISINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Nurlan Nigmatulin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 
Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, Qozog‘iston Parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat berishini alohida ta’kidladi. 
O‘z navbatida, Qozog‘iston Parlamenti Majlisi Raisi samimiy qabul uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirib, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning salomi va ezgu tilaklarini etkazdi. 
Uchrashuvda tomonlar Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning joriy yil aprel oyida amalga oshirgan O‘zbekistonga ilk davlat tashrifi yakunlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, uni amaliy mazmun bilan boyitish borasida o‘zaro intilish qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladilar. 
Ikki tomonlama savdo hajmi ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2018 yilda tovar ayirboshlash 50 foiz o‘sib, 3 milliard dollardan oshdi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni kamida 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi turibdi. 
Mamlakatlarimiz etakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida kooperatsiya asosida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Transport sohasida yangi avtobus va temir yo‘l yo‘nalishlari ochildi, shaharlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘paytirildi, yuk tashish hajmi ortmoqda. 
Hududlararo aloqalar tobora mustahkamlanmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda. O‘tgan yili Qozog‘istonda O‘zbekiston yili muvaffaqiyatli o‘tkazildi, joriy yilda esa mamlakatimizda tadbirlarga boy dastur asosida Qozog‘iston yili o‘tmoqda. 
Uchrashuvda O‘zbekiston – Qozog‘iston parlamentlararo hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. 
Mamlakatlarimiz parlamentlari qo‘mitalari darajasida faol aloqalarni yo‘lga qo‘yish, erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va yangi sheriklik loyihalarini ilgari surish maqsadida parlamentlararo do‘stlik guruhlari imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish lozimligi qayd etildi. 
Nurlan Nigmatulin Qozog‘iston oliy qonun chiqaruvchi organi parlamentlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashda, shuningdek, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishda har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini ta’kidladi. 
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Qozog‘iston Respublikasi siyosiy hayotidagi eng muhim tadbir – joriy yil 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

NURLAN NIGMATULIN: O‘ZBEKISTONDAGI IJOBIY O‘ZGARISHLAR XALQINGIZNING FAROVON HAYOT KECHIRISHIGA XIZMAT QILYAPTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Nurlan Nigmatulin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Qabuldan so‘ng Nurlan Nigmatulin O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi:
– So‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatingizda keng ko‘lamda olib borilayotgan muvaffaqiyatli islohotlar, erishilayotgan ulkan yutuqlarga guvoh bo‘lyapmiz. Iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya kabi sohalarda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar o‘zbek xalqining farovonligini yuksaltirishga xizmat qilyapti.
Parlamentlararo hamkorligimiz ushbu ezgu intilishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, xususan, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikka yangi sur’at baxsh etishga xizmat qiladi. Bu borada birinchi galdagi vazifamiz esa ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlari chog‘ida erishilgan barcha strategik kelishuvlarni hayotga tatbiq etishda qonun ustuvorligini ta’minlashdan iborat.
Shu o‘rinda ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarining joriy natijalarida Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Zero, ular tashabbuslari va sa’y-harakatlari bilan o‘zaro munosabatlarning mutlaqo yangi davri boshlandi.
Bundan buyon ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ishonch ruhidagi sheriklik barcha sohalarda izchil rivojlanishiga ishonamiz.

HUDUDLARDA SANOATNI RIVOJLANTIRISH VA INVESTITSION FAOLLIKNI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 iyun kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston va viloyatlarga tashriflari chog‘ida qator korxonalar ishga tushirilgan, yana ko‘plarining taqdimotlari o‘tkazilgan edi. Bundan tashqari, hozirda Bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida ishchi guruh tuzilib, sanoati nisbatan ortda qolayotgan hududlar bo‘yicha qo‘shimcha sanoat loyihalari ishlab chiqilmoqda. Bu loyihalarni infratuzilma quvvatlari mavjud obyektlar va maydonlarga joylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar Andijon viloyati misolida tahlil qilindi. 
Mazkur viloyatda sanoat diversifikatsiya qilinmagani, ishlab chiqarish faqat ikki tarmoq – avtomobilsozlik va to‘qimachilikka bog‘lanib qolgani qayd etildi. Hududiy sanoatda band bo‘lganlarning qariyb 60 foizi, ishlab chiqarish hajmining 83 foizi ushbu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bo‘z, Buloqboshi, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Paxtaobod, Jalaquduq, Baliqchi, Ulug‘nor tumanlarida sanoat yaxshi rivojlanmagan. 
Aholi zich yashaydigan, har qarich yer oltinga teng bo‘lgan viloyatda 98 ta davlat obyektida zarur infratuzilmaga ega 90 gektar maydon va 163 ming kvadrat metr bino bo‘sh turibdi. 
Prezidentimizning bunday bino va yerlardan samarali foydalanib, ko‘proq ish o‘rni yaratadigan korxonalar tashkil etish, tumanlarda sanoatni diversifikatsiya qilishga oid topshirig‘iga muvofiq, Andijon viloyatida 2022 yilgacha amalga oshiriladigan 236 ta yangi loyiha ishlab chiqildi. Ular, avvalgi loyihalar bilan qo‘shib hisoblaganda, yaqin uch yilda qariyb 41 mingta doimiy ish joyi tashkil etish hamda 1 milliard 87 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish imkonini beradi. Viloyat sanoati diversifikatsiya qilinib, ishlab chiqarish hajmi qurilish materiallari tarmog‘ida 4 barobar, elektrotexnika, charm-poyabzal va kimyo sohalarida 2,1 barobar, oziq-ovqat sanoatida 3 barobar ko‘payadi. Tumanlar miqyosida ularning sanoat salohiyati ancha oshib, o‘zaro tafovut kamayadi. 
Yig‘ilishda har bir loyiha bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar va muddatlarni aniq belgilagan holda, tarmoq jadvallarini ishlab chiqish, bo‘sh turgan davlat ob’ektlarida ustuvor ravishda sanoat loyihalarini joylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 
Andijon viloyati elektr energiyasi bo‘yicha katta zaxiraga egaligini hisobga olgan holda, quvvatlarni to‘g‘ri taqsimlab, yangi loyihalarga etkazib berish zarurligi ta’kidlandi. Sanoat loyihalarini aniq moliyaviy manbalar bilan ta’minlash, ularga tijorat banklari tomonidan xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 
Davlatimiz rahbari Farg‘ona vodiysida sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun investitsiya fondi tuzilishini ta’kidladi. Ushbu fond foizli kreditlar ajratmaydi, balki loyihada o‘z mablag‘lari bilan biznes hamkor sifatida ishtirok etadi. Aholi uchun munosib ish o‘rni yaratadigan, eksportbop mahsulot ishlab chiqaradigan loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sa’y-harakatlar Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining har birida 10 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. 
Shuningdek, kichik biznes loyihalari uchun garovsiz mikrokredit tizimini rivojlantirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. Shu bois mutasaddilarga xalqaro tajriba asosida mikromoliyalash xizmatini rivojlantirish, bu boradagi cheklovlarni yumshatish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 
Videoselektor yig‘ilishida bo‘sh turgan yoki samarali foydalanilmayotgan davlat va nodavlat ob’ektlari hisobini yuritish, ular negizida korxonalar tashkil etib, ish o‘rinlari yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 
Bo‘sh turgan bino va inshootlarni ishga solish bo‘yicha ko‘plab vakolatlar berilganiga qaramay, mahalliy hokimliklar va soliq idoralari bu borada sezilarli o‘zgarish qilmagani tanqidiy baholandi. Ishlamay turgan inshootlar hududida barcha infratuzilmaga ega 22 ming gektar maydon borligi qayd etildi. Aslida ular sanoatni rivojlantirish, ish o‘rinlari tashkil etish uchun tayyor joy. 
Yig‘ilishda ushbu masala bo‘yicha vazirliklar va hokimliklar oldida turgan muhim vazifalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining takliflari tinglandi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, o‘zlashtirish va loyihalarni muddatida ishga tushirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tarmoq va hududlar kesimida muhokama qilindi. 
Joriy yilning besh oyi mobaynida hududiy loyihalar doirasida 1,6 milliard dollar, tarmoq loyihalari doirasida qariyb 1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgani qayd etildi. Lekin bu belgilangan mo‘ljaldan kam, ayrim viloyatlarda o‘zlashtirish yillik rejaning 35 foiziga ham etmagan. 
Xususan, Andijon viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish borasidagi ishlar qoniqarsizligi bois, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosarlari viloyatdagi sanoat tarmoqlariga mas’ul etib biriktirildi. Ular tarmoq birlashmalarini jalb etib, bo‘sh turgan obyekt va maydonlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy investorlar uchun takliflar ishlab chiqadi. Mazkur takliflar elchilar bilan birgalikda chet elda investorlarga taqdimot qilinadi. 
Mutasaddilarga ushbu yangi tizimni boshqa hududlarda ham joriy qilish, joylarga chiqib, xorijiy investorlar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi. 
Yig‘ilishda mahalliy hokimliklar rahbarlarining chet elga xizmat safarlari chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosiga ham to‘xtalib o‘tildi. Aksariyat kelishuvlar doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish boshlangan bo‘lsa-da, ayrimlari hozircha qog‘ozda qolib ketayotgani tanqid qilindi. 
Hisob palatasi va tegishli vazirliklarga mazkur kelishuvlarni tahlil qilib, istiqbolli loyihalar doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirishni tezlashtirish vazifasi qo‘yildi. Hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va joylashtirishga mahalliy hokimliklar bilan mutasaddi vazirliklar birdek javobgar ekani ta’kidlandi. 

BESHTA MUHIM TASHABBUSNI AMALGA OSHIRISHISHGA BAG‘ISHLANGAN RESPUBLIKA SEMINARI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 7-8 iyun kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tadi.
O‘quv seminarda vazirliklar, qo‘mitalar, nodavlat va notijorat tashkilotlar mutasaddilari, 40 nafardan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektorlari, 150 nafardan ortiq yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor va bo‘lim boshliqlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Sirdaryo va Namangan viloyatlari tajribasi sifatida 2019 yil 19 mart kuni yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta tashabbus ilgari surilgan edi. Mazkur tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida Bo‘ka tumanida tajriba-sinov tariqasidagi Madaniyat va ma’rifat ekoparki faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘iboti bo‘yicha madaniy-ma’rifiy o‘tkazildi.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv davomida 5 ta tashabbusning targ‘iboti va unda belgilangan dasturlarni amalga oshirish borasida oliy ta’lim muassasalari oldiga yanada aniq vazifalar qo‘yildi.
Shundan kelib chiqib, 5 ta tashabbusning oliy ta’lim tizimidagi ijrosini o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzildi hamda uning zimmasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlar, tarbiya jarayonlari, talabalar bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, ularni jismoniy tarbiya va sport, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish kabi masalalar holatiga baho berish hamda mazkur masalada amaliy yordamni tashkil etish bo‘yicha dolzarb vazifalar yuklandi.
Komissiya tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur o‘quv seminarining maqsadi ushbu vazifalarning to‘liq ijrosini ta’minlashga erishishdan iborat.
O‘quv seminari 2 kun davom etib, uning birinchi kunida Komissiya a’zolari tomonidan 5 ta tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qamrab olingan ma’ruzalar o‘qildi. Seminarning ikkinchi kunida nazariy takliflar va tavsiyalarni bevosita amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy muloqotlar o‘tkazildi. Guruhlarga bo‘lingan holda tashkil etilgan muloqotlarda oliy ta’lim muassasalarida mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi, holatni yaxshilash mexanizmlari yuzasidan fikr-almashildi. Muloqotlar yakunida 5 ta tashabbusni oliy ta’lim muassasalarida joriy etishga qaratilgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yakuniy ma’ruza tinglandi.
Mazkur o‘quv seminarning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilishi bejiz emas. Zero, mazkur ta’lim muassasasi beshta tashabbusni oliy ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov maydoni sifatida belgilangan bo‘lib, universitetda har bir tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha maxsus jihozlangan 5 ta laboratoriya tashkil etilgan. Mazkur laboratoriyalar tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mavjud kamchiliklarni chuqur tahlil qilish va bartaraf etish, erishilayotgan yutuqlar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladigan maydonchaga aylanadi.
O‘quv seminari davomida 5 ta tashabbusning har bir yo‘nalishi bo‘yicha bittadan oliy ta’lim muassasasini namunali qilib tayyorlash va respublikaga o‘rnak qilib ko‘rsatishga kelishib olindi.
Seminar yakunida 5 ta tashabbusning oliy ta’lim muassasalaridagi ijrosini tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud ahvolni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dastur ijrosini respublika miqyosida o‘rganib borish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida o‘quv seminarining har chorakda bir marotaba o‘tkazilishi belgilandi.

2-BOSQICH MATERIALLARI

“BIZ YOSHLAR SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ”

Ustoz-murabbiylarning chuqur bilim, yuksak malaka, boy tajriba va mahoratga zga bo‘lishi har tomonlama etuk, ma’naviy barkamol kadrlar tayyorlash garovidir. Zero, ustozlar har jihatdan shogirdlariga namuna bo‘la olsagina kelajakka ishonchli zamin tayyorlanadi. Bun ga erishish uchun o‘qituvchilar tinimsiz izlanishlari, o‘z bilim va malakalarini oshirib borishning barcha imkoniyat va vositalaridan samarali foydalanishlari zarur. Rivojlangan mamlakatlar o‘quv muassasalaridagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilg’or tajribalar bilan tanishishlari, uni o‘quv yurtlarida qo‘llay bilishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq jismoniy tarbiya sohasi bo‘yicha ham oliy malakali va ilmiy pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga yangicha yondashuv talab etiladi. Shuningdek, akademik litsey, o‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlari pedagoglaridan shu vaktgacha faqat chuqur o‘qitish uslubiyatini va mutaxassislik mahorat va ko‘nikmalarini bilish talab qilingan.
Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dan kelib chiqqan holda va jahon andozalari moslashuvi belgilangan sharoitda o‘qituvchi kadrlarning asosiy qismi yangi texnologiyani chuqur bilishi, mulohaza hamda tahlil qila olishi va yangilik yaratish darajasiga ega bo‘lishi juda muhim bo‘lib, zamon talabiga aylandi. Umuman olganda, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining malakasini oshirishni rivojlantirish uchun o‘qitish jarayonini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiya 68 va zamonaviy sport anjomlari bo‘yicha bilimlarini yuqori saviyada oshirish kerak. Kasb-hunar kollejlari mavqei esa ulardagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik mahorati va ilmiy salohiyati bilan belgilanadi. Bundan tashqari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari o‘qitish jarayoni bilan bir qatorda, barcha turmush va hayot bilan bog‘liq muammolarni echishdagi izlanishlarni qo‘shib olib borishlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’limni, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va rivojlantirishni talab etarkan, shu bois ta’lim tizimini zamon talablari darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali kelajagimiz bo‘lmish yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama etuk va yuksak ma’naviyatli komil insonlar qilib tarbiyalash har bir murabbiyning, ustozning burchidir. O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlarni aqlan yetuk, ruhan tetik, jismonan baquvvat, sog‘lom qilib voyaga etkazish bilan birga, ularning o‘zlaridagi mavjud iste’dod va iqtidorni namoyon etishlariga alohida e’tibor berish lozim. O‘zDJTI tasarrufidagi malaka oshirish tinglovchilariga o‘z o‘quv muassasalarida jismoniy tarbiya, sport sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, ta’lim olayotgan o‘quvchi-yoshlarning sport turlariga qiziqishini oshirish, bilimi, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash davr talabi ekanligi qayta-qayta tushuntiriladi. 
Respublikamizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya tizimini takomillash- tirish uchun dare sifati va samaradorligini oshirish bilan birga quyidagilarga alohida e’tibor berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bular: 
- jismoniy tarbiya ta’lim i barchaning imkoniyati mosligi va ommaviyligini ta’minlashi kerak; 
- jismoniy tarbiya ta’limi mazmuni muvofiqligini ta’minlash, jismoniy tarbiya sohasidagi bi- limlarni jahon darajasiga olib chiqish zarur; 
- darsdan tashqari paytlarda jismoniy tarbiya mashqlari bilan shugullanishni ta’minlash lozim; 
- haqiqiy sport to‘garaklari, fakultativlar tashkil qilish shart; 
- ommaviy sport va soglomlashtirish tadbirlari, bayramlarda sport turlari bo‘yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorina va boshqalar muntazam o‘tkazib turilishi kerak; 
- talabalardan anketa yo‘li bilan jismoniy tarbiya faniga munosabatlarini o‘rganib, ular talabiga moslab borish kerak. 
Ushbu maqsaddan kelib chiqib, o‘quv rejaga davlatimiz kadrlar siyosatini, ichki va tashqi siyosatni, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy hayotdagi dolzarb muammolarni qamrab oluvchi mavzularni kiritishga alohida e’tibor berilgan. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va rahbarlarida boshqarish san’ati shakllangan bo‘lishi kerak. Shu bois ham malaka oshirish fakulteti o‘quv rejasiga «Sport psixologiyasi», «Sport pedagogikasi», «Sport fiziologiyasi», «Valeologiya», «Jismoniy tarbiya harakatini tashkil qilish va boshqarish» kabi fanlardan ma’ruzalar kiritilgan. Sport mahoratini takomillashtirishda pedagogik mahorat san’atiga ega bo‘lgan, shogirdlarini mehnatsevarlikka o‘rgata oladigan, harakat uyg‘unligini rivojlantirish, funksional va sezgi tizimi ishini biladigan, tezkor fikrlovchi, chamalashni, jasoratni o‘rniga qo‘ya oladigan, har qanday og‘ir vaziyatda ham o‘zini qo‘lga olishga o‘rgata oladigan fazilatlarni o‘zida mujassam- lashtira olgan kishi haqiqiy murabbiy hisoblanadi. Yosh sportchilarni huquqiy tarbiyalash masalalari doimo uning diqqat markazida bo‘lishi, intizomsizlikning biror ko‘rinishini ham chetda qoldirmasligi, tarbiyaning turli shakllaridan o‘rinli foydalanmog‘i lozim. Tarbiyaviy tadbirlar: suhbat, ma’ruza, jamoa bo‘lib kinofilmlar ko‘rish, maxsus ko‘rgazmalarga borish, muzey, teatr va boshqalar o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlaridan tashqarida o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jamoatchilik topshiriqlarining bajarilishi nazorat ostiga olinishi zarur. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shug‘ullanuvchilarning darsni o‘zlashtirishi ustoz-murabbiyning e’tiboridan chetda qolmasligini taqozo etadi. 
Ustoz-murabbiylar o‘quv mashg‘ulotlari davrida shug‘ullanuvchilarning xavfsizlik choralari va o‘zini o‘zi ehtiyot qilish ustidan nazorat talablariga amal qi- lishini, tibbiy nazorat qoidalari, mashg‘ulot joyi va jihozlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyenik talablarni bilishi va kuzatib borishi kerak. Ustoz-murabbiy hammavaqt mashg‘ulotlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi, shugullanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini va jismoniy imkoniyatlarini bilishi shartdir. Har bir ustoz-murabbiy shuni bilishi kerakki, faqat izchillikka doimo rioya qilib, o‘rgatish metodikasi va trenirovka mashg‘ulotlarini fanning eng so‘nggi yutuqlari va amaliyoti bilan mustahkam aloqada olib borishi zarur. Tinglovchilarning bilimi, olgan yangiliklari, qaysi darslar ma’qul bo‘lgani yoki ma’qul bo‘lmagani, uning sabablarini o‘rganishimiz kelgusi ishimizni yanada yaxshilashga asos bo‘lmoqda. Malaka oshirish faoliyatini yanada rivojlantirish uchun hozirgi zamon talablariga javob beradigan o‘quv vositalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv xonalari, sport inshootlari zarur. Malaka oshirish faoliyatini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish maqsadga muvofiq. Buning uchun bizning mutaxassisligimiz bo‘yicha taraqqiy etgan davlatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish lozim. O‘qitish jarayoniga taklif etilgan professor-o‘qituvchilarning tarif stavkasi qayta ko‘rib chiqilsa, qo‘shimcha imtiyozlar ko‘rsatilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Axborot soatini yuklab olish uchun