2018 yil 28 sentabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari

TERRORISTIK, EKSTREMISTIK YOKI BOSHQA TAQIQLANGAN TASHKILOT VA GURUHLAR TARKIBIGA ADASHIB KIRIB QOLGAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINI JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligini ta’minlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan samarali himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Buning natijasida birgina 2017 yilda 18 mingdan ziyod sodir etgan qilmishiga pushaymon bo‘lgan hamda tinch turmush tarziga qaytgan fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘lgan shaxslar ro‘yxatidan chiqarildi. Ularning 10 mingdan ziyodiga ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan, o‘z qilmishining huquqqa xilofligini anglab etgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan fuqarolarga Vataniga, oilasi bag‘riga, tinch hayotga qaytish imkonini berish maqsadida, shuningdek, insonparvarlik prinsiplariga asoslangan holda: 

1. Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. 

2. 2018 yil 1 noyabrdan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: 

terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar (keyingi o‘rinlarda – taqiqlangan tashkilotlar) tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Komissiya xulosasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi; 

Komissiya tomonidan salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda barcha holatlar qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. 

3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi hollarda, ushbu Farmonga muvofiq, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin: 

aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida shaxsan arz qilib kelsa, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa va tuzalish yo‘liga o‘tgan bo‘lsa; 

jinoiy faoliyat va boshqa huquqqa xilof qilmishlarni fosh etishda faol yordam bergan bo‘lsa; 

taqiqlangan tashkilotlar safiga aldov yo‘li bilan jalb etilgan bo‘lsa; 

taqiqlangan tashkilotlarning g‘oyaviy yoki ma’naviy rahnamosi bo‘lmagan bo‘lsa; 

jangovar harakatlarda va qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishda ishtirok etmagan bo‘lsa; 

terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida taqiqlangan tashkilotlarda o‘quv, maxsus yoki harbiy tayyorgarlikdan o‘tmagan bo‘lsa; 

terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqish yoki harakatlanishni amalga oshirmagan bo‘lsa; 

xalqaro terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etmagan bo‘lsa; 

terroristik, ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar mavjud bo‘lgan materiallarni adashib yoki axborot-kommunikatsiya vositalarida tarqatishga qasd qilmagan va bunday maqsadni ko‘zlamagan holda saqlagan bo‘lsa. 

4. Komissiyaga (Murodov O.) quyidagi vakolatlar yuklansin: 

taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish; 

murojaat etgan fuqarolarning shaxsini, shu jumladan, ularning sodir etilgan jinoyatlarga daxldorligini har tomonlama tekshirish orqali o‘rganish; 

murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan xulosalarni dastlabki tergov organlariga o‘rnatilgan tartibda taqdim etish; 

sodir etgan qilmishiga pushaymon bo‘lgan va aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilib murojaat etgan fuqarolarga nisbatan taqiqlangan tashkilotlar a’zolari tomonidan salbiy ta’sir etilishining oldini olish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish uchun vakolatli organlarga topshiriqlar yuborish; 

jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilishida, shu jumladan, bandligini ta’minlash borasida ko‘maklashish va monitoringini olib borish; 

jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslar bilan profilaktik-tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha vakolatli organlar va tashkilotlarga topshiriqlar yuborish. 

5. Belgilansinki: 

ushbu Farmon fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi; 

taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning qilmishiga pushaymonligi hamda aybini bo‘yniga olishi to‘g‘risidagi arizasi xorijda ularning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalariga yoxud O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlariga beriladi; 

ushbu Farmon bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish bilan bog‘liq jinoyatni qayta sodir etgan shaxsning takroriy murojaati ko‘rib chiqilmaydi; 

Komissiya tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qaror barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir; 

Komissiyaning ishchi organi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi. 

6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Oliy sud bilan birgalikda bir oy muddatda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va jinoiy javobgarlikdan ozod etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 

7. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ushbu Farmon mazmun-mohiyatini, shuningdek, uning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muntazam ravishda aholi o‘rtasida keng yoritib borilishini ta’minlasin. 

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 6 sentyabrdagi “Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida”gi PF–2712-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.SH.Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 

2018 yil 19 sentabr 

 

 

 

MILLIY TO‘LOV TIZIMINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

 

Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish orqali naqd pullarning bankdan tashqarida muomalada bo‘lishini qisqartirishga erishildi, to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni sezilarli darajada osonlashtirildi, masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimlarining funksionali kengaytirildi. 

Olib borilgan ishlar natijasida aholining bank kartalari va boshqa naqd pulsiz hisob-kitob usullariga xavfsiz va qulay to‘lov vositasi sifatida bo‘lgan ishonchi oshdi. SHu bilan birga, erishilgan yutuqlarga qaramay, to‘lov tizimlarini rivojlantirish, ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash va raqobat muhitini rivojlantirish uchun zamonaviy texnologik echimlarni joriy qilish borasida qator kamchiliklar mavjud. 

Xususan, chakana to‘lovlarni qayta ishlash bo‘yicha davlat protsessing markazining mavjud emasligi milliy to‘lov tizimining xavfsizligi darajasini kamaytirmoqda, to‘lov infratuzilmasining yagona integrallashuviga erishish imkonini bermayapti hamda bir monopol tizimning mutlaq ustun bo‘lishiga olib kelmoqda. 

Bundan tashqari, to‘lov tizimlari operatorlarining faoliyati qonunchilik darajasida tartibga solinmaganligi ularning rivojlanishini cheklamoqda va mazkur tizimlarning ishonchli ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 

To‘lovlarni amalga oshirish uzluksizligini ta’minlash, innovatsion mahsulotlarni joriy qilish, bank xizmatlarining ommabopligini ta’minlash hamda to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish bosh markazi” davlat unitar korxonasi Milliy banklararo protsessing markazini (keyingi o‘rinlarda Milliy banklararo protsessing markazi deb yuritiladi) tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 

2. Milliy banklararo protsessing markazini tashkil qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki: 

2019 yil 1 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Milliy banklararo protsessing markazi, banklararo to‘lov tizimi va kliring markazining faoliyat yuritishi uchun ma’lumotlarni qayta ishlovchi to‘laqonli markaz yaratilishini; 

2020 yil 1 yanvarga qadar mahalliy va xalqaro bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi banklar o‘rtasida axborot va texnologik aloqa o‘rnatishga ko‘maklashuvchi Milliy banklararo protsessing markazi ishga tushirilishini; 

2020 yil 1 iyulga qadar mamlakatdagi barcha protsessing markazlarining, shu jumladan, xalqaro to‘lov tizimlarining bevosita Milliy banklararo protsessing markazining yagona shlyuzi orqali ishlashini; 

bank to‘lov infratuzilmasi doimiy ravishda yaxshilanishini, bankomatlar va o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p funksiyali terminallar tarmog‘ining, shu jumladan, o‘z tasarrufidagi korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda kengaytirilishini ta’minlasin. 

4. O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda Milliy banklararo protsessing markazi loyihasini amalga oshirish davomida mavjud protsessing markazlarining Milliy banklararo protsessing markazi bilan integratsiyalashuvini va o‘zaro xizmat ko‘rsatilishini ta’minlasin. 

5. Chakana to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish uchun bank tariflari banklar xarajatlari qoplanishini ta’minlash va raqobatga ko‘maklashish uchun ma’muriy aralashuvlarsiz xalqaro tajribaga muvofiq o‘rnatilishi belgilansin. 

6. Markaziy bank 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan muddatda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini, shuningdek, umume’tirof etilgan xalqaro norma va qoidalarni chuqur o‘rganish asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: 

milliy to‘lov tizimining huquqiy va tashkiliy asoslari; 

Markaziy bank tomonidan to‘lov xizmatlari bozorini tartibga solishni nazorat qilish, shuningdek, milliy to‘lov tizimi subyektlarini litsenziyalash tartibi; 

to‘lov tizimlarida bank siri himoyasini ta’minlash xususiyatlari; 

elektron pullar bilan operatsiyalarni amalga oshirish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish, shu jumladan, elektron hamyonlar egalarini identifikatsiya qilish tartibi. 

7. Loyihani amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida, Markaziy bank va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish bosh markazi” DUKga: 

Markaziy bank hududida o‘rnatilgan shaharsozlik norma va qoidalariga amal qilgan holda, qurilish va loyihalashtirishni bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish va moliyalashtirish shartlarida amalga oshirishga; 

loyihalash va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, jihozlar, butlovchi buyumlar, texnika va texnologiyalar, ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallarni etkazib beruvchilarni tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash asosida aniqlashga ruxsat berilsin. 

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.SH.Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B.Nurmuratov zimmasiga yuklansin. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV 
Toshkent shahri, 

2018 yil 19 sentyabr 

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AUDITORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

 

O‘tgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta’minlashga imkon yaratdi. 

SHu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan: 

birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan ma’muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda; 

ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda insofsiz, shu jumladan, narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda; 

uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bo‘lib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan, auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini ta’minlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda; 

to‘rtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy ta’sir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora ko‘rish imkonini bermayapti; 

beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umume’tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to‘liq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishini ta’minlamayapti. 

Auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri D.A.Qo‘chqorov auditorlik faoliyatini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishni ta’minlasin: 

auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan, xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning ta’sirchan tizimini shakllantirish; 

yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan, professional jamoat birlashmalarining tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta’minlash; 

auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini oshirish, shu jumladan, auditorlik tashkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qo‘llash masalalarida faol uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish; 

auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, ushbu standartlarni qo‘llash sohasida jahonning ilg‘or tajribasini ommalashtirish bo‘yicha faoliyatini faollashtirish. 

2. O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (V.Pak), Adliya vazirligi (N.Jo‘rayev), Iqtisodiyot vazirligi (M.Mirzayev), Davlat soliq qo‘mitasi (B.Musayev), Toshkent moliya instituti (U.Azizov) va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar rejasining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 

3. 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: 

tijorat tashkiloti, agar u haqdagi axborot Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reestriga kiritilgan sanadan boshlab uch oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reestriga kiritilmagan bo‘lsa, o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” so‘zlaridan foydalanishga haqli emas; 

auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beradi; 

auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, 
shu jumladan, pul mablag‘laridan shakllantiriladi; 

auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning 
eng kam soni kamida to‘rt nafar shtatdagi auditordan iborat bo‘ladi; 

aynan bitta xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi ketma-ket etti yildan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi; 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan o‘tkaziladi; 

auditorlik tashkilotlari o‘zlarining veb-saytlarida yoki auditorlar jamoat birlashmalarining veb-saytlarida o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko‘rsatgan holda e’lon qiladi. 

Faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2019 yilning 1 apreliga qadar mazkur qarorda belgilangan shtatdagi auditorlarning eng kam soni to‘liq to‘ldirilishini ta’minlasin. 

4. 2019 yil 1 yanvardan: 

auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga doir; 

auditorlik tashkilotlari rahbarlarining attestatsiyadan o‘tishi bo‘yicha; 

ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) to‘plami 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat ichidan tanlov asosida tanlash to‘g‘risidagi talablar bekor qilinsin. 

5. Belgilansinki, 2020 yil 1 yanvardan: 

a) hisobot yili yakuni bo‘yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim: 

aktivlarning balans qiymati eng kam ish haqining 100 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa;

mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum 
eng kam ish haqining 200 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa; 

xodimlarning o‘rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo‘lsa; 

b) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi; 

v) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinadi. 

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibida to‘rtta shtat birligidan iborat professional tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish bo‘limi tashkil etilsin, shunga mos ravishda vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni oshirilsin. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yilning 1 iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga buxgalterlar va auditorlar jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarining akkreditatsiyadan o‘tgan jamoat birlashmalariga majburiy a’zoligini belgilash bo‘yicha takliflarni kiritsin. 

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin: 

auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini o‘n yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish; 

xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lganda auditor malaka sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, shuningdek, 10 yildan kam bo‘lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo‘lganda auditor malaka sertifikatining amal qilishini muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirish; 

“buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘lgan auditor malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo‘lmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lish talabini o‘rnatish; 

8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ta’minlasin: 

a) har yili 1 iyulga qadar majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida quyidagi axborotni o‘z veb-saytida joylashtirish: 

xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlari (soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami); 

auditorlik tashkilotining identifikatsiya ma’lumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami); 

auditorlik xulosasining nusxasi; 

b) majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rish; 

v) quyidagilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish: 

majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi shart bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida; 

majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy sanksiyalar to‘g‘risida. 

9. Toshkent moliya instituti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida: 

2018/2019 o‘quv yili davomida buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishini kompleks tahlil va monitoring qilsin hamda ularni yanada takomillashtirish va o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etish choralarini ko‘rsin; 

buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlariga xalqaro audit standartlari va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo‘yicha fanlarni kiritsin. 

10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 

a) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reestrini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining ma’lumotlar bazasi bilan taqqoslash orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z firma nomida “auditorlik tashkiloti” so‘z birikmasidan foydalanishning qonuniyligini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishini ta’minlasin; 

b) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yilning 1 apreliga qadar muddatda auditorlik tashkilotlari hamda buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan o‘zaro elektron hamkorlikka mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Audit” dasturiy majmuasini ishlab chiqishni ta’minlasin; 

v) manfaatdor vazirlik va idoralar, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda 2019 yilning 1 yanvariga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin: 

O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun xalqaro audit standartlarining o‘z vaqtida tan olinishini ta’minlash maqsadida Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan xalqaro audit standartlarini mahalliy amaliyotga implementatsiya qilish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish; 

auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish; 

g) 2019 yilning 1 yanvarigacha faoliyat yuritayotgan va mazkur qaror talablariga javob beradigan auditorlik tashkilotlariga yangi namunadagi auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berishni ta’minlasin; 

d) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019 yilning 1 aprelidan keyin mazkur qaror talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish choralarini ko‘rsin;

e) Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri D.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 

2018 yil 19 sentabr

 

 

 

JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA, TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA VA OMMAVIY QIRG‘IN QUROLINI TARQATISHNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA IDORALARARO KOMISSIYANI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 maydagi “Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5446-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikaning moliyaviy tizimini yanada mustahkamlash va takomillashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining umumqabul qilingan xalqaro normalar va andozalarga muvofiqliligini ta’minlash maqsadida: 

1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: 

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Evroosiyo guruhiga a’zo davlatlarning o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichini o‘tkazish rejasiga muvofiq 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o‘zaro baholash rejalashtirilgan; 

o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tishi va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi o‘rinlarda FATF deb yuritiladi) tavsiyalari ijrosini ta’minlash maqsadida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ishtirokida xavflarni milliy darajada baholash o‘tkazilmoqda. 

2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyani (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 

3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda – Departament) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. 

4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin: 

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni baholash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar ko‘rish; 

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 

FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni ta’minlash; 

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 

5. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

6. Quyidagilar zimmasiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni milliy darajada baholashni samarali tashkil etish va o‘tkazish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin: 

a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari SH.X.Atabaevga – tijorat banklari va kredit tashkilotlari, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xavflari bo‘yicha; 

b) O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari V.YU.Pakka – lizing xizmatlarini va lotereyalar tashkil etishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, auditorlik tashkilotlari, sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari xavflari bo‘yicha; 

v) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J.B.YUnusovga – birja va rieltorlik tashkilotlari xavflari bo‘yicha; 

g) O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari A.J.Tashkulovga – notarial idoralar, advokatlik tuzilmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar xavflari bo‘yicha; 

d) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari B.A.Olmatovga – pochta aloqasi operatori va provayderlari xavflari bo‘yicha; 

e) O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining o‘rinbosari F.M.Karimovga – qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari xavflari bo‘yicha. 

7. Departament boshlig‘i vazifasini bajaruvchi – Komissiya raisi o‘rinbosari D.F.Raximov jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni milliy darajada baholash yuzasidan umumlashtirilgan hisobotni tayyorlash uchun mas’ul etib belgilansin. 

8. Departament manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyatiga jalb qilingan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning xodimlarini o‘qitish hamda ularning malakasini oshirish choralarini ko‘rsin; 

ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflar kiritsin. 

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.SH.Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

 SH.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2018 yil 20 sentabr 

 

2019-2021 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

 

Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. 

Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi etakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. 

SHu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini ko‘rsatdi. 

Xususan, bu borada ko‘plab ko‘rsatkichlarning mavjud emasligi va ishlar samarali muvofiqlashtirilmagani sababli mamlakatimiz so‘nggi yillarda nufuzli va obro‘li xalqaro tuzilmalar tomonidan tuziladigan Global innovatsion indeks reytingida ishtirok etmayapti. 

Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarining ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorligi darajasi pastligi, vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion rivojlanish sohasidagi faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmayotgani bu boradagi birinchi navbatdagi maqsadlar va vazifalarga erishish imkonini bermayapti. 

Jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida mamlakatni jadal rivojlantirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini izchil ta’minlash maqsadida: 

1. Quyidagilar: 

2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi(keyingi o‘rinlarda Strategiya deb yuritiladi)1-ilovaga muvofiq; 

2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda – maqsadli ko‘rsatkichlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

2. Belgilansinki: 

a) mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish – Strategiyaning bosh maqsadidir; 

b) bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish; 

barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash; 

ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish; 

innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablag‘lar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish; 

boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish; 

mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; 

barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish. 

3. 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) 4-ilovaga muvofiq tuzilsin. 

4. Komissiya (A.N.Aripov): 

Strategiyani amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin; 

Strategiyani amalga oshirish doirasida ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar vakillari va xorijiy ekspertlarni, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini, shu jumladan, joylarda tashkil etsin; 

ushbu Farmon ijrosining borishi to‘g‘risidagi batafsil axborotni 
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin. 

5. Quyidagilar: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari – vazirlik va idoralarning Strategiyada va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish, shuningdek, ular ijrosi borishini har chorakda muhokama qilish uchun; 

vazirlik va idoralar rahbarlari – ilmiy-ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini, mustaqil ekspertlarni (konsultantlarni), shu jumladan, xorijiy mamlakatlardan keng jalb etgan holda Strategiyada va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi uchun; 

davlat ilmiy-ta’lim muassasalari rahbarlari – Strategiyada va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni ilmiy-tadqiqot jihatidan qo‘llab-quvvatlash, vazirlik va idoralarga maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun ilmiy taqdimotlar va ma’ruzalar, tahliliy materiallar tayyorlashda har tomonlama ko‘maklashish uchun; 

mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari – vaziyatni haqiqiy va sifatli o‘zgartirish uchun munosib sharoitlar yaratish, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etish, hududlarni va ularning ijtimoiy infratuzilmasini Strategiyada va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlantirish, shuningdek, vazirlik va idoralar bilan o‘zaro kelishilgan holda joylarda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish choralarini ko‘rish uchun shaxsiy javobgarlik belgilab qo‘yilsin. 

6. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi har yili Global innovatsion indeks reytingiga kiritilishi uchun xalqaro tashkilotlarga zarur ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni muntazam yuborilishini ta’minlasin. 

7. Vazirlik va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishilgan holda bir oy muddatda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni nazarda tutadigan 3 yilga mo‘ljallangan rivojlanish dasturlarini tasdiqlasin, keyinchalik 3 yilga mo‘ljallangan yangi rivojlanish dasturlarini qabul qilsin. 

8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad hamda vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar va mavzuga oid ko‘rsatuvlarni muntazam tashkil etsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 

10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.SH.Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi S.R.Xolmurodov zimmasiga yuklansin. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  SH.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri,

 2018 yil 21 sentabr 

 

 

TEJAMKORLIK  OILA FAROVONLIGINING ASOSI

1. Mustahkam oila – yurt tayanchi

Oila deb atalmish muqaddas Vatanda istiqomat qiluvchi har bir inson oila farovonligi uchun harakat qilmog‘i kerak. Qolaversa, har kim yashash uchun kurashadi. Mehnat qilib, moddiy va manaviy ehgiyojlarini qondirishga harakat qiladi.Demak, oila iqgisodi — uy-ro‘zgor yuritish haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisidan iborat. Abdulla Avloniy ta’rifiga ko‘ra, «iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytiladur». Pulu davlati ko‘p bo‘lgan inson boy emas, balki iqgisodchi inson boy hisoblanadi. Oila iqgisodini shakllantirishda, boshqarish va nazorat qilishda uning har bir oila a’zosining o‘z o‘rni bor.

Pul, avval ta’kidlaganimizdek, halol, pok yo‘l bilan qilingan mehnat evaziga topilmog‘i zarur. O‘g‘rilik, pora, aldamchilik, qalloblik bilan orttirilgan boylik xarom sanaladi. SHuning uchun oila iqgisodiga ko‘shiladigan hissa halol bo‘lmog‘i lozim. Halol bilan xaromni farqlay bilishni esa bola ongiga yoshlikdan singdirib borish kerak. Odatda, o‘zbek xonadonlarida oilaning moddiy ta’minoti erkak zimmasida bo‘ladi. Oila jamg‘armasini tejamkorlik bilan o‘z o‘rnida sarflash, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, oilada qut- baraka bo‘lishini ta’minlash ayolning vazifasi. SHuning uchun xonadonning boy, to‘q, farovon turmushi, er-xotinning tejamkorlik odobidan xabardorligiga ham bog‘liq. Oila farovonligini ta’min etish bilan unda kamolga etayotgan farzandlarning kelgusida moddiy farovon turmushiga asos solish mumkin. Bu esa o‘z navbatida, davlat va jamiyat boyligi uchun zamin yaratadi.

Insondan pul, molu dunyo topish uchun bor aqlni, undan oqilona foydalanish esa o‘n marga orgiq aqlni talab etadi. SHuning uchun oila iqtisodiga o‘ta mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lmoq lozim.

Oila iqtisodini rejalashtirmasdan turib, mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shish mumkin emas. Aksariyat o‘zbek oilalarida daromad, kundalik ehgiyojlarning sarf-xarajatlari, har bir kishi uchun yillik oziq-ovqat mahsulotlari rejalashtirib o‘tirilmaydi. Lekin ota-bobolarimizning ro‘zg‘or yuritish tajribalaridan kelib chiqilsa, bu narsa oila iqtisodini rejalashtirishdan boshlanmog‘i zarur. Xalqimizda «Rejali ish buzilmas», «Maslahatli to‘y tarqamas», «Rejasiz ish — qolipsiz g‘isht» kabi maqollar bor. Bu ishni har bir kishi oldindan puxta o‘ylab, reja asosida qilmog‘i zarur, degan ma’noni beradi. Albatga, oila iqgisodida jamg‘armaning roli katga. Oilada qancha daromad, qancha xarajat kutilayotganligi jamg‘armadan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi.

Oilaning moddiy baquvvatligi daromadni mohirona ko‘paytirishga va ro‘zg‘or yuritishni oqilona tashkil etishga bog‘liq. SHu bois tejamkorlik azaldan oila farovonligini ta’minlovchi muhim moddiy-ma’naviy qadriyat hisoblanib keladi. Tejamkorlik aslo xasislik yoki ziqnalik emas, uning mazmun-mohiyati oila mablag‘ini avaylab-asrash, tejab sarflashni taqozo etadi. Ayni paytda bozor iqtisodiyoti har bir kishidan tejamkorlikni talab etmoqsa. Oiladagi narsalarni tejash bilan inson jamiyat, davlat boyliklarini, mol-mulkini avaylab asraydi. Bu fazilat hozirgi zamon kishisi uchun hayotiy ehtiyoj, ma’naviy etuklik mezoni.

«Bu ishlab turgan korxona, stanok – meniki, men ularning egasiman» degan tushunchalar kishi ongiga qo‘rg‘oshindek mustahkam muhrlanib qolishi, o‘z-o‘zidan uning oilada, ish o‘rnida, atrof-muhitda tejamkor bo‘lishiga olib keladi. Mustaqillik sharofati bilan uy-joy, korxona va tashkilotlarni xususiylashtirish, xususiy korxonalar tashkil etishga, tadbirkorlikka keng yo‘l berilganligi, qishloq xo‘jaligida oila pudrati, dehqon xo‘jaligi, fermerlik faoliyatiga tayanib ish yuritilayotganligi har bir fuqaro ongida bunday tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan sa’y-harakat. Qolaversa, xalqimiz «Ko‘rpangga kdrab oyoq uzat, tejog‘li uy – bejog‘li»-deb bekorga aytmagan.

Ehtiyoj imkoniyatga qarab qondiriladi. Ba’zi oilalarda bu qoidaga amal qilmaslik, iqtisodda rejasizlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilishi oqibatida topilgan boylikning barakasi hrm bo‘lmaydi. Suvi qochgan nonni kesib quritish o‘rniga molga berish, hatto axlatga tashlash, taomni me’yorida, odam soniga qarab tayyorlamaslik, ayollar va qizlarning bozorda yangi paydo bo‘lgan matoni, albatta, sotib olib, kiyim tiktirib kiyishga haddan tashqari qiziqishlari, yangi kelinning ota-ona, qaynona-qaynota qilgan 50-60 ta sarposini kiyib ulgurmasdan, yangilariga ko‘z tikishi, moda ketidan quvishi, o‘z boyligini ko‘z-ko‘z qilish maqsadida o‘g‘il uylantirayotganida yoki qizini turmushga chiqarayotganida ko‘p mol-dunyo, me’yoridan ortiq ro‘zg‘or buyumlari hadya etish, qudalar o‘rtasidagi behuda rasm-rusumlar, to‘y-ma’rakalar va oilaviy tantanalarni orgiqcha sarf-xarajatlar bilan o‘tkazish oila iqgisodiyotiga zarar etkazib, ba’zida uni qarzga botirib qo‘yishi bilan katga ko‘ngilsizliklarga olib keladi.

To‘y yoki motam marosimlarini o‘tkaztssan maqsad o‘zining nimaga qodirligini xalqqa ko‘z-ko‘z kdlish emas, balki o‘z xursandchiligi yoki xafagarchiligini do‘stu birodarlari bilan baham ko‘rib, olamdan o‘gganlar ruhini xotirlashdan iborat. Ota-onani tirikligida yo‘qlash, yordam berish, mushkulotlarini engillashtirishi zarur. Ular olamdan o‘tganlaridan keyin esa ularning ruhlarini shod etish maqsadida turli xil urf-odatlarni o‘ylab chiqarishdan foyda yo‘q. Bu soxta obro‘ orttirishdan o‘zga narsa emas.

Oilaning har bir a’zosi boru yo‘qqa qanoat qilishga o‘rganishi kerak. Mehnatga halol va to‘g‘ri yondashish, o‘z kasbini sevishi va u orqali oiladagi daromadga shukr qilishi ham oilani mustahkamlaydi.

 

2. Tejamkorlik oilangiz yutug‘i

 

Pul topish oson, ammo uni to‘g‘ri sarflash judayam qiyin! Bu so‘zlarni o‘qib isrofgarchilik haqida o‘yladingizmi, demak, adashmadingiz. Isrofgarchilik hamma narsaga nisbatan bo‘lishi mumkin.

Tabiat nematlariga nisbatan, insonlarga nisbatan, hattoki o‘z mehnatingizga nisbatan ham…

Ortiqcha isrofgarchilik, uzoq yillar ter to‘kib topilgan pullarni bir kunlik to‘y hasham va odamlarning gap-so‘zlari uchun sarflash bu o‘zingizning hamda mehnatingizning qadrini bilmasligingiz, o‘zingizga qilgan beshafqatligingizdan boshqa narsa emas. Toma-toma ko‘l bo‘lur, tommay qolsa cho‘l bo‘lur, deganlaridek, to‘g‘ri sarf xarajat va oilaviy byudjetning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi shu oilaga katta yutuqlarni olib kelishi mumkin.

Xo‘sh, siz oilangiz byudjetini qanday shakllantirgansiz? Uyingizga bir oy davomida atigi bir marotaba keladigan mablag‘ni nimalarga sarflashni bilmayotgandirsiz. Turmush o‘rtog‘ingiz qiynalib topayotgan pulga nimalarni reja qilayapsiz? Balki unga qimmatbaho telefon, po‘rim kiyim, bir oylik internet megabaytlari olmoqchidirsiz. Tejamkorlik mehnat bilan chambarchas bog‘liq.

Oilada oltita farzandni dunyoga keltirib, barchasining jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, farovon yashashiga munosib tarbiya bera olgan onaxon Irisoy Rahimovaning hayot yo‘li haqida so‘raganimizda, “Bizning davrimizda bunday sharoitlar yo‘q edi. Bunday imkoniyatlarni tasavvur ham qilolmasdik. Ertalab uyg‘onib bomdoddan so‘ng sigir sog‘ib, non yopardim. U zamonlar shirinlik, meva-chevalar bozorlarda bo‘lmas, bo‘lganda ham juda qimmat bo‘lardi. SHu sababdan farzandlarim uchun sutli kulcha, xolvaytar, somsa, patir, qatlama pishirib qo‘yardim. Keyin dalaga chiqardik, o‘zimiz pishirgan nonni belimizga tugib, dalada kun uzog‘i mehnat qilardik. Farzandlarimni ham yoshligidanoq mehnatga solganman. Keng hovlimizda tovuq, quyon, sigir, qo‘y bo‘lardi. 15 sotixga yaqin tomorqamizdan chiqqan hosilga deyarli yil bo‘yi yashar edik. Eng yomon ko‘rganim, isrofgarchilik edi. Ro‘zg‘orda hech narsani tashlab yubormas edik. Ovqatdan chiqqan sabzavot po‘choqlarini qaynatib tovuqlarga yumshoqqina ozuqa qilardik. Don ham qimmat hamisha bozorda ham bo‘lavermasdi. SHu paytlar mehnatimiz tufayli bo‘sh vaqtimiz bo‘lmagan, umrim bo‘yi farzandlarimni halol luqma, mehnat evaziga ulg‘aytirdim. Esimda, katta qizimni turmushga berayotib odmigina to‘y qilib berdik, biz qo‘limizdan kelganini qildik, qolgan kamingni Xudo to‘ldirsin, peshonangga bersin, qizim deya otasi ikkimiz oq fotiha bergan edik. Opasining to‘yi o‘tgach qolgan qizlarim ham oq fotihamizni olib, birin-ketin uzatildi.Hozirda farzandlarimning hammasi jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishgan”, — deydi yuzida shukronalik bilan. Haqiqatdan ham onaxon voyaga etkazgan farzandlari, qizlari o‘qimishli, tadbirli insonlar. Ularni ko‘rib oila byudjetini to‘g‘ri shakllantirish, eng avvalo, tadbirli, tejamkor bo‘lish, aniq maqsadni o‘z oldiga qo‘ya bilishda ekanini tushunganday bo‘laman.

Bugun hamma sharoitlar bor, bozor rastalarida noz-ne’matlar bis yor. Har qadamda nonvoyxonalarda tandirdan endigina uzilgan nonlar muhayyo bo‘lsa, hech qaysi ayol (hatto uy bekasi bo‘lsa ham) yuz-ko‘zlarini, qosh kipriklarini kuydirib, non yopgisi kelmasa kerak. Oddiy misol: ilgari to‘y-ma’rakalar bo‘ladigan xonadonda qo‘ni-qo‘shni, xotin-qizlar hashar qilib dasturxonga qo‘yiladigan pishiriqlarni tayyorlashgan. Bunday paytda hamma o‘zining pazandalik mahoratini ko‘rsatgan. Uyda tayyorlangan eguliklar sifatli, ishonch li bo‘ladi. Keyingi payt larda marosimlarga bozordan pishiriqlar sotib olib boradiganlar ko‘payib borayapti. Bu holat ayollarning o‘ta bandligidan emas. E’tibor qilsangiz, ro‘zg‘orning kamini epliligi bilan to‘ldirishga xohish va harakati bo‘lmaganlar soatlab ekranga termilib, turli seriallarni tomosha qiladilar. Tayyorgina narsani yo‘l-yo‘lakay sotib olib, marosimga borgan ayolning qizlari ham shunga odatlanishadi. U zamonlar o‘tib ketdi, dersiz. Ammo shunday ayollar borki, ular oila byudjetini munosib yo‘lga qo‘yganlar.

SHunday ayollardan biri Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi chevar Gulchehra Yo‘ldoshevadir.

— Turmush o‘rtog‘im haydovchilik qiladilar, men esa uyda chevarlik qilaman, — deydi Gulchehra opa. — Hunarim tufayli oyiga oilamizga 4 milliondan oshiq mablag‘ kirim bo‘ladi. Turmush o‘rtog‘im kunlik oziq-ovqatlar va zarur narsalar uchun pul sarflasalar, men topgan pullarni yig‘ib, hamma qulayliklari bor uy qurib bitkazdik. Hali yanayam katta rejalarni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz, maqsadimizga erishishimizda kunlik harajatlarimizni hisob-kitob qilamiz, kelishgan holda reja asosida ish ko‘ramiz. Endilikda shu uyimizning bir qismini tikuvchilik sexi uchun ajratmoqchimiz.

Hikoya qilayotgan qahramonimiz 28 yoshda. U tadbirli va mehnatsevarligi bilan farovon hayotga erishgan.

Bunday hayotiy misollarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin-u.., ammo ayni masalada jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan holatlar ham oz emas. Har bir oilada uning a’zolari tejamkorlikka alohida e’tibor qaratishi lozim. Zero, aynan tejamkorlik oila farovonligini yaratishning muhim sharti, o‘ziga xos ma’naviy-axloqiy qadriyat sanaladi. Oiladagi tejamkorlik — bu “xasislik yoki ziqnalik emas, balki uning mazmunida oila mablag‘ini qattiq nazorat qilish, halol mehnat evaziga kelgan pul va ro‘zg‘or anjom-ashyolari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklarni qadrlash, asrab-avaylash, nafsni idora etish, boylik orqasidan bo‘ladigan manmanlikdan o‘zini tiyish, har bir narsadan unumli foydalana bilish mahoratiga ega bo‘lish demakdir.

Muqaddas dinimizda ham isrofgarchilik juda qattiq qoralangan va undan qaytarilgan. Isrofgarchilikning zararlari xususida Alloh taolo Qur’oni karimning “A’rof” surasi, 31-oyatida: “Eb ichinglar va lekin isrof qilmanglar. CHunki U isrof qilguvchilarni sevmas”, — degan. Isrof va tejamkorlik ikkisi hamisha yonma-yon yuruvchi tushunchalardir. Tejamkorlik farovon turmush garovi. Bir so‘z bilan aytganda, tejamkorlik haddan oshmaslik, shukronalik alomatidir. Tejamkorlik bilan kambag‘al oila boy badavlat oilaga aylanadi. Isrof bilan esa boy oila o‘ziga faqirlik va xorlik eshiklarini ochadi. Tejamkorlik haqida juda ham ko‘p gapirish mumkin. Jamiyatimizda ana shunday tejamkor oilalar ko‘paysa, shubhasiz, yurtimiz ham, uning ravnaqi ham yuksalib boraveradi. Xo‘sh, siz oilangiz byudjetini munosib yo‘lga qo‘yish uchun nimalarni tejayapsiz?

 

TEJAMKOR BO‘L – XASIS BO‘LMA, SAHIY BO‘L – ISROF QILMA...

 

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 1998 yil 28 oktyabrdagi “To‘y-xashamlarni, ma’raka va marosimlarni tartibga solishto‘g‘risida”gi tarixiy Farmoni yil o‘tgan sari o‘z ahamiyatini yanada to‘laroq namoyon etmoqda . unda jumladan, oilaviy tantanalarni o‘tkazishdagi shuxratprastlikka yo‘l qo‘yilayotgani ro‘yi-rost bayonetilgan bo‘lib, Farmondagi fikrlar xalqimiz orzu-umidining ifodasi edi.

Topilgan mablag‘ni isrof etmaslik ayollar zimmasida ekanligini bayon etuvchi bir rivoyatni keltirib o‘tsak:

Avvalgi zamonlarda yashagan oila raxbari bo‘lgan er ming mashaqqat bilan tog‘dan o‘tin terib kelar ekan, xotini o‘tinlarni bir zumda qo‘ni-qo‘shnilarga tarqatib yuborar ekan. Eri xotinining bu hunariga chiday olmabdi. Bir safar o‘tin yig‘ish uchun xotinini ham olib boribdi. Bir amallab ikki bog‘ o‘tin to‘plashibdi. Ortmoqlab qishloqqa kelishibdi. Ayol mashaqqatdan qaro terga botibdi.  Rosa charchabdi. O‘tin terib keltirish qanchalik mushkul ekanini shundagina anglabdi. Ertasi kuni qo‘shnilar yana o‘tin so‘rab kelishganda ayl:

Ey qo‘shnilar o‘zim terib kelgan o‘tindan bitta ham bera olmayman, o‘tin kerak bo‘lsa men kabi o‘zlaring terib kelinglar, - debdi

Qissadan hissa shuki, inson molini har doim bir manfaat yo‘lida sarflashni o‘z ruhida shakillantirishi lozim. Foyda keltirmasa, yo‘qolganday his qilish ham yuksak insoniylik hisoblanadi. B’azi kishilar ro‘zg‘orni juda ustalik bilan bosh