Arxitektura nazariyasi va tarixi

Kafedra mudiri: Mirzayev Dilshod Mardonovich
Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: (93) 727-00-70
E-mail: mr_dilshod65@umail.uz
KAFEDRA TARIXI
Kafedra 1969 yilda tashkil topib, dastlab unga tarix fanlari doktori, prof. A.Nilsen mudirlik qilgan. 1972-2011 yillarda kafedrani arxitektura nomzodlari, dosentlar Yu.Z.Shvab, Yu.V.Sirkunov, D.A.Nozilov, A.A.Xusainova, Ye.X.Isroilov, arx.f.doktori, prof. M.K.Axmedov, arx.dok., prof. A.S.Uralovlar boshqargan. 2011- yildan boshlab kafedraga T.F Kushmanov rahbarlik qilmoqda. Kafedrada 18 ta professor-o’qituvchi va 3 ta o’quv texnik xodim ishlamoqda. Shulardan fan doktorlari, professor 2 ta, fan nomzodi, dosent – 2 ta, katta o’qituvchilar – 8 ta, assistent – 5 ta Kafedrada professor-o’qituvchilardan tashqari ”O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” va “Oliy ta’lim a’lochisi”i faoliyat ko’rsatadi.
Kafedra fanlari uning nomidan kelib chiqqan holda shakllanib, ularda asosan arxitektura va shaharsozlik tarixi va nazariyasi, arxitekturaviy kompozisiya, grafika va loyihalash asoslari, arxitekturaviy yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash, landshaft arxitekturasi va tarixi, shaharsozlik asoslari, arxitekturaviy nazariya va tanqid, arxitekturaviy shakllarni uyg’unlashtirish va bezash fanlaridan talabalarga nazariy va amaliy bilimlar beriladi, kurs ishlari va loyihalari bajariladi. Kafedrada jami 20 dan ziyod fanlar bo’yicha darslar o’tilib, har yili o’rta hisobda 14 000-15 000 soat o’quv yuklamasi bajariladi.
Kafedra «Arxitektura», «Landshaftlar arxitekturasi» ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarga, «Landshaftlar arxitekturasi», «Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash» mutaxassisliklari bo’yicha magistrantlarga dars beradi. Kafedrada katta ilmiy xodim – izlanuvchilar ta’limi yo’lga qo’yilgan.
KAFEDRA TA’LIM YO’NALIS’HLARI VA MUTAXASSISLIKLARI
Bakalavriatura:
5340100 - Arxitektura
5581000 – Landshaftlar arxitekturasi
Magistratura:
5A340102 –Arxitektura nazariyasi va tarixi,arxitektura yodgorliklarini tiklash,
5A340104 –Landshaftlar arxitekturasi.
KAFEDRA ILMIY IZLANISHLARI VA YUTUQLARI:
Kafedraning ilmiy tadqiqot yo’nalishlari:
1. O’zbekiston arxitekturasi nazariyasi va tarixini, me’moriy qadriyatlar va an’anlarimizni o’rganishga qaratilgan mavzular;
2. O’zbekistonda landshaft arxitekturasi va zamonaviy bog’-park san’atini shakllantirish, takomillashtiri va rivojlantirish bilan bog’liq ilmiy mavzular;
3. O’zbekiston mustaqillik yillari shaharsozligi va arxitekturasining ustivor ijodiy yo’nalishlarinio’rganish va aniqlash, uning kelgusi tarraqiyoti uchun ilmiy tavsiya va takliflar ishlab chiqishga yo’naltirilgan mavzular;
4. O’zbekiston tarixiy shaharlaridagi an’anaviy uylar, mahallalarni saqlash, regenerasiya qilish, qayta tiklash va zamonaviylashtirish tamoyillarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy mavzular;
Kafedraning ilmiy yutuqlari:
Kafedra olimlari tomonidan oxirgi 5 yil ichida 2 ta Respublika ilmiy tadqiqot davlat grantlarini yutishga muvaffaq bo’lindi. Ularning mavzulari:
1. O’rta Osiyo o’rta asrlar landshaft arxitekturasida qo’llanilgan “Chorbog’” uslubini zamonaviy bog’-istirohatchilik amaliyotida qayta tiklash. Ushbu mavzu bo’yicha erishilgan asosiy yutuqlar:
- “Chorbog’” uslubidagi tarixiy bog’larning me’moriy-rejaviy va landshaft yechimlari aniqlandi va ular ilmiy asoslab berildi;
- “Chorbog’” uslubidagi an’anaviy bog’ va bog’ ko’shkining grafik rekonstruksiyasi va fragmenti yaratildi;
- “Chorbog’” uslubidagi an’anaviy bog’ni yaratishning me’moriy dasturi, ya’ni programmasi ishlab chiqildi;
- - “Chorbog’” uslubidagi an’anaviy me’moriy bog’ning funksional asoslari ishlab chiqilib, ularni amaliyotga joriy qilish takliflari berildi.
2. O’zbekiston sharoitida qishloq-landshaftlari arxitekturasi va dizaynini yaratishning samarali yo’llarini shakllantirish. Ushbu mavzu bo’yicha erishilgan asosiy yutuqlar:
- Samarqand viloyati qishloqlari va qishloq arxitekturasining shakllanish asoslari o’rganildi;
- Samarqand viloyati qishloqlari sharoitida hozirgi holatiga baho berildi;
- Samarqand viloyati qishloqlari landshaft arxitekturasini rivojlantirish bo’yicha quyidagi kompleks takliflar ishlab chiqildi:
- qishloqlar landshaft arxitekturasini rivjlantirish bo’yicha ma’muriy-tashkiliy choralar;
-landshaft arxitekturasining moddiy ta’minotini yaxshilash bo’yicha takliflar;
-landshaft arxitekturasini rivojlantirish bo’yicha amaliy takliflar.
2012-2013 YILLARDA KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVChILARI RAHBARLIGIDA TURLI XIL OLIMPIADA VA TANLOVLAR G’OLIBLARI BO’LGAN TALABALAR
№
|
Talabaning F.I.Sh
|
Fakultet va guruhi
|
Qatnashgan tanlov va yo’nalish nomi
|
Berilgan diplom sertifikat nomi, raqami, sanasi (nusxasi taqdim etiladi )
|
1.
|
Begmatova
Dildora
|
Arxitektura
403-A
|
2013 yil “Yurt kelajagi” Respublika iqtidorli yoshlar tanlovining diplomi, arxitektura nominasiyasi bo’yicha
|
2013 yil 2013 yil “Yurt kelajagi” Respublika iqtidorli yoshlar tanlovining Respublika bosqichi g’olibi
|
2.
|
Xaitova
Dilnoza
|
Arxitektura
403-A
|
2012 yil “Kelajak ovozi” Respublika yoshlar tanlovining diplomi, arxitektura va dizayn nominasiyasi bo’yicha
|
2012 yil “Kelajak ovozi” Respublika yoshlar tanlovining diplomi arxitektura va dizayn nominasiyasi bo’yicha
|
3.
|
Rayimqulov Akmal
|
Arxitektura
501-A
|
O’zbekiston me’morlar uyushmasi-ning 3–darajali diplomi 2012 yil
|
O’zbeksitonda 2012 yil arxitektura VUZlarining “Eng yaxshi diplom loyihalari”tanlov konkursining laureati.
|
4.
|
Rayimqulov Akmal
|
Arxitektura
501-A
|
Diplom pervoy stepeni Mejduna-rodnogo smotra konkursa luchshix diplomnыx proyektov vыpuska 2012 goda
|
Qirg’iziston (Bishkek) da o’tkazilgan 2012 yil arxitektura VUZlarining “Eng yaxshi diplom loyihalari”tanlov konkursining laureati.
|
5
|
Mirzayev Umar
|
Arxitektura
403-A
|
2012 yil “Kelajak ovozi” respublika yoshlar tanlovining diplomi arxitektura va dizayn nominasiyasi bo’yicha
|
2012 yil “Kelajak ovozi” Respublika yoshlar tanlovining Samarqand viloyati bosqichi g’olibi
|
|
Shaymardonov Bekzod
|
Arxitektura
|
2013 yil “Yurt kelajagi” Respublika iqtidorli yoshlar tanlovining diplomi shaharsozlik va landshaft dizayn nominasiyasi bo’yicha
|
2013 yil 2013 yil “Yurt kelajagi” Respublika iqtidorli yoshlar tanlovining Respublika bosqichi g’olibi
|
|
Sobirov Mexroj
|
Arxitektura
|
2013 yil “Yurt kelajagi” Respublika iqtidorli yoshlar tanlovining arxitektura nomina-siyasi bo’yicha
|
2013 yil 2013 yil “Yurt kelajagi” Respublika iqtidorli yoshlar tanlovining viloyat bosqichi g’olibi
|
KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR:
BAKALAVRIATURA TALIM YO’NALIS’HLARI BO’YICHA:
Arxitektura:
Arxitekturaviy kompozisiya asoslari
Arxitekturaviy loyihalash asoslari
Shaharsozlik asoslari va landshaft arxitekturasi
San’at, arxitektura va shaharsozlik tarixi
Arxitekturaviy grafika
Landshaftlar arxitekturasi:
San’at, arxitektura tarixi. Zamonaviy arxitektura
Arxitekturaviy tipologiya
Arxitekturaviy loyihalash asoslari. Arxitekturaviy loyihalash
Bog’ – park san’ati. Landshaft arxitektura tarixi va nazariyasi
Landshaftlar arxitekturaviy kompozisiya, grafika va loyihalash
Shaharsozlik tarixi, asoslari va loyihalash
Dekorativ daraxshunoslik va gulshunoslik
Landshaft konstruksiyasi
Bog’ va parklarni ta’mirlash
Shahar markazi ochiq hududlarini landshaft rejalashtirish
Zamonaviy interyer va uning floristikasi
Landshaft floristikasi
Arxitekturaviy loyihalash
MAGISTRATURA BO’YICHA:
Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash:
Arxitektura va shaharsozlik nazariyasi
Arxitektura kompozisiya nazariyasi
Arxitekturaviy loyihalash metodikasi
Arxitektura yodgorliklaridan zamonaviy maqsadlarda foydalanish
Arxitektura shakllarini uyg’unlashtirish va bezash
Arxitektura nazariyasi va ilmiy tahlil asoslari
Tarixiy shahar markazlarini tiklashda tadqiqot asoslari
Arxitektura yodgorliklarining muhofaza hududlarini tashkil yetish usullari
O’rta Osiyo arxitektura yodgorliklarining tipologik asoslari
Manbashunoslik
Arxitekturaviy loyihalashda ilmiy tadqiqjt va grafik tahlil
O’zbekiston arxitektura yodgorliklari
Arxitektura yodgorliklarining konstruksiyalari va badiiy bezaklari
Arxitektura yodgorliklarining bezaklarini ta’mirlash usullari
Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash
Markaziy Osiyo arxitektura yodgorliklarining interyerlari
O’rta Osiyo shaharsozlik madaniyati
Landshaftlar arxitekturasi:
Arxitektura va shaharsozlik nazariyasi
Arxitekturada kompozisiya
Arxitekturaviy loyihalash metodikasi
Landshaft arxitekturani shakllantirish tamoyillari
Landshaft dizayni va floristikasi
Landshaft rejalashtirish
Hovli bog’ini loyihalash
Ko’p funsional parkni loyihalash
Shahar landshaftini rejalashtirish
Dendrologiya
Zamonaviy bog’ va parklarni shakllantirish
O’rta Osiyo an’anaviy “Chorbog’” uslubini amaliyotga qayta tiklash
Manzaraviy ko’kalamzorlashtirish agrotexnikasi
Ko’kalamlarni yorug’lantirish
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR:
Uralov. A.S., Raximov K.J. “Landshaft arxitekturasi obyektlarini loyihalash” bo’yicha o’quv qo’llanma
Hamidjonov M., Maxmatqulov I.T. “Me’morchilikdagi rang” nomli uslubiy qo’llanma
Kushmanov T. F., Zubaydullayev U.Z. Bitiruv malakaviy ishlarni loyihalash bo’yicha uslubiy ko’rsatma.
Uralov A.S., Mirzayev D.”Landshaft loyihalash” fanidan “Ko’p funksiyali parklarni loyihalash” mavzusida kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo’llanma
Uralov A.S., Mirzayev D.”Landshaft loyihalash” fanidan “Milliy bog’lar “Chorbog’”larni landshaft loyihalash” mavzusida kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo’llanma
Saidova B.A. “Arxiterturaviy tipologiya” fanidan UMK tayyorlash
Meliyiva Ch.O. O’lchov amalityotini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma
Maxmatqulov I.T. “Arxitekturaviy loyihalash asoslari” fanining kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma
Yusupova Sh.I. “Shaharsozlik tarixi” fanidan UMK tayyorlash
Xolmurodova L.A. “Landshaft loyihalash” fanidan UMK tayyorlash
Zubaydullayev U.Z. “Shahar markazi ochiq hududlarini landshaft rejalashtirish” bo’yicha uslubiy qo’llanma
Kamalova D.Z. “O’zbekiston arxitektura yodgorliklari” fanidan magistrlar uchun UMK tayyorlash
Kamalova D.Z. “Ko’p funksiyali parklarni loyihalash” fanidan magistrlar uchun UMK tayyorlash
Saidova B.A., Kamalova D.Z. “Шрифтовая композиция” mavzusida kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo’llanma
Kamalova D.Z. “Световая архитектура озелененных территорий” nomli uslubiy qo’llanma
Kamalova D.Z. “Архитектурная деталь. Отмывка” nomli uslubiy qo’llanma
Kamalova D.Z. “Световая архитектура озелененных территорий” fanidan UMK tayyorlash
KAFEDRAGA BIRIKTIRILGAN KASB-HUNAR KOLLEJLARI BILAN HAMKORLIKDAGI IShLAR
Kafedra Samarqand transport va kommunal xo’jaligi kolleji,Oqdaryo politexnika kolleji,Narpay sanoat kollejlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan.Hamkorlik doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
- Kollejlarga ilmiy-uslubiy yordam berilmoqda.2013yilda kollejlar uchun “Binolar tipologiyasi”(Uralov A.S.,Kushmanov T.F.),” Kichik me’moriy shakllarni konstruksiyalash”(Xamidjonov M.H.)nomli o’quv qo’llanmalari, “Badiiy ko’rinishdagi shriftlarni yozish”(Maxmatqulov I.T.,Imomov M.),”Kompozisiyada rang”(Maxmatqulov I.T.,Zubaydullayev U.Z.)nomli uslubiy ko’rsatmalar chop qilindi;
- Kafedraning tajribali o’qituvchilari ushbu kollejlarga borib muammoli mavzularda ochiq darslar,master-klasslar,seminarlar tashkil qilmoqdalar;
- Kollej o’qituvchilarini magistratura orqali tayyorlash yo’lga qo’yilgan.Magistratura mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olgan talabalarning ko’pchiligi bugungi kunda kollejlarda faoliyat olib bormoqdalar.
KAFEDRA FILIALIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
Kafedra olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va o’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan integrasiyalash maqsadida amaliy loyihalash ustaxonasi-kafedra filiali yo’lga qo’yilgan.Unga texnika fanlari doktori.arxitektura nomzodi K.J.Raximov mudirlik qilmoqda va bu filial hozirgi vaqtda davlat lisenziyasiga ega bo’lib,o’z atrofiga ko’plab iqtidorli talaba yoshlarni (bakalavr va magistrlarni)biriktirib,ta’lim jarayonini va yosh olimlarning ilmiy tadqiqotlarini amaliyot bilan bog’lab kelmoqda.
KAFEDRADA TASHKIL ETILGAN TO’GARAKLAR HAQIDA MA’LUMOT
Kafedrada talabalar arxitektura va landshaft arxitekturasi sohasini chuqur o’rganish uchun to’garaklar tashkil qilingan. Kafedrada “Arxitektura asoslari”, “Landshaftlar arxitekturasi” to’garaklari takshil qilingan. To’garaklarda ish reja mavjud bo’lib, ish reja asosida bir qator ishlar amalga oshirilgan. 1.”Arxitektura asoslari” yo’nalishi bo’yicha 10 nafar talaba jalb yetilgan bo’lib, ilmiy rahbarlar Kushmanov T.F. va Xolmurodova L.A. bilan birgalikda ish reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilinish bilan bir qatorda amaliy, ilmiy va dolzarb muammolar bo’yicha qiziqarli mashg’ulotlar tashkil yetib borilmoqda.
2.”Landshaft arxitekturasi” yo’nalishi bo’yicha 6 nafar talaba jalb yetilgan bo’lib, rahbarlar Uralov A.S. va Raximov K.J.lar to’garak ishtirokchilari bilan birgalikda ilmiy anjumanda, shuningdek fan olimpiadasi, turli xil konkurs va tanlovlar uchun tayyorgarlik ko’rmoqdalar.
Kafedraning iqtidorli talabalari va to’garak ishtirokchilari tomonidan bajarilgan amaliy va ilmiy ishlar uchun konkurs va olimpiadalarda, jumladan “Kelajak ovozi” iqtidorli yoshlar tanlovi, “Me’mor” va boshqa shu kabi tanlovlarda sovrinli o’rinlarni olib kelmoqdalar.
KAFEDRANING ISTIQBOLDAGI REJALARI
№
|
Kafedraning istiqboldagi rejalarining mavzulari
|
1
|
Kafedrada o’tiladigan fanlar bo’yicha darslik, o’quv qo’llanma,ma’ruza matnlari va monografiyalar yozishni izchil davom yettirish;
|
2.
|
Kafedra rejasiga binoan ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirish
|
3.
|
Ishlab chiqarish tashkilotlari bilan koorporativ hamkorlik ishlarini jadal olib borish
|
4.
|
Kafedra yo’nalishlari bo’yicha 2014-2015yillarda halqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda qatnashish;
|
5.
|
Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish va ularga o’quv-uslubiy yordam berish
|
6
|
Iqtidorli talabalarni kafedraga faol jalb qilish va ular bilan samarali shug’ullanib, tanlovlarda ishtirok etishiga yordam berish
|