2018 yil 6 fevral seshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan “Axborot soati va murabbiylik soati” materiallari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR
PREZIDENTIMIZ ABUL-MU’IYN AN-NASAFIY ZIYORATGOHIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI BILAN TANISHDI
Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan Abul-Mu’iyn an-Nasafiy qadimiy ziyoratgohlardan sanaladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Abul-Mu’iyn an-Nasafiy maqbarasini obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, buyuk olim asarlarini xalqimizga etkazish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. 
Ayni paytda mazkur ziyoratgohda keng ko‘lamli qayta ta’mirlash, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 
Abul-Mu’iyn an-Nasafiy kalom ilmining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lib, u Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya ta’limotining dunyoda keng miqyosda tarqalishiga katta hissa qo‘shgan allomalardandir. 
U kishi ilmu urfonda etuk, ziyoli bir oilada ulg‘aygan. Ajdodlaridan aksariyati, ayniqsa, fiqh ilmi sohasidagi ulkan salohiyatlari bilan xalq orasida obro‘ qozongan. Abul-Mu’iyn an-Nasafiyning katta bobosi Makhul Nasafiy Imom Moturidiyning shogirdi bo‘lgan. Bobosi Mu’tamid ibn Makhul Nasafiy esa hanafiy olimlar orasida mashhur edi. Abul-Mu’iyn an-Nasafiy boshlang‘ich ilmni bobosi va otasidan oladi.Arab olimi Xayriddin az-Zirikliy “Al-A’lom” asarida va Umar Rizo Kahhola “Mu’jam al-muallifiyn” asarida Abul-Mu’iyn an-Nasafiyning 1027 yil Nasaf (hozirgi Qarshi) shahrida tug‘ilganligini zikr etgan. Uning vafoti haqida esa aksar manbalarda 1114 yil ko‘rsatilgan.Jahon kutubxonalarida saqlanadigan Abul-Mu’iyn an-Nasafiyning asarlari orasida “Tabsirat al-adilla fi usul ad-diyn a’la tariqati Abi Mansur al-Moturidiy”, “Bahrul-kalom fi ilmil kalom” va “At-tamhid li qova’idit tavhid” kitoblari juda e’tiborli hisoblanadi. Uning “Tabsirat al-adilla fi usul ad-diyn a’la tariqati Abi Mansur al-Moturidiy” (Din asoslarini imom Abu Mansur Moturidiy tariqatiga binoan dalillar bilan sharhlash) asarida moturidiya ta’limoti dalillar bilan sharhlanadi. Olimning “Bahrul-kalom fi ilmil kalom” asari moturidiya maktabining kalom ilmi bo‘yicha asosiy manbalaridan biridir. Davlatimiz rahbari ulamolar bilan suhbatda buyuk bobokalonimiz asarlari bugungi kun uchun ham g‘oyat ahamiyatli ekani, ularni qayta nashr qilib, mazmun-mohiyatini yosh avlodga etkazish zarurligini ta’kidladi. 
Prezidentimiz ziyoratgohda saqlanayotgan qadimiy Qur’on nusxasini ko‘zdan kechirdi, uni asrab-avaylash bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

QASHQADARYO VILOYATIDA LIMONCHILIK UYUSHMASI TASHKIL ETILADI
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “Baxt” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, viloyatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi. 
2001 yilda tashkil etilgan “Baxt” fermer xo‘jaligi 278 gektar erda chorvachilik, parrandachilik, tuyachilik, yilqichilik, quyonchilik bilan shug‘ullanadi. 4 gektarda intensiv bog‘, 1 gektar maydonda issiqxona tashkil etilgan. Xo‘jalikda o‘tgan yili 55 tonna go‘sht, 355 tonna sut, 64 ming dona tuxum, parranda go‘shti, baliq etishtirilgan. Go‘sht va sut shu erning o‘zida qayta ishlanib, ichki bozorga tayyor mahsulot etkazib berilmoqda. 
Davlatimiz rahbari fermer xo‘jaligida qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 
Shu yerda viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, achchiq qalampir, kovrak plantatsiyalari tashkil etish, chorvachilik, kurkachilik majmualari, pistazor va yong‘oqzorlar barpo etish, sutni qayta ishlash, asalarichilik loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi. 
Prezidentimiz o‘rmon xo‘jaliklarida intensiv usulda ko‘chat etishtirish hamda o‘rmon fondi erlaridan samarali foydalanishga oid loyiha bilan tanishar ekan, Toshkent davlat agrar universiteti magistraturasini bitirib, SHahrisabz tumanida 4 sotix yerda 6 oyda 50 mingta 1 yoshli limon ko‘chati etishtirgan Akbar Saidovning innovatsion ishlanmasiga alohida to‘xtaldi. 
Intensiv usulda, mikroiqlim sharoitida parvarishlangan bu ko‘chatlar odatdagiga qaraganda ikki baravar jadallashgan holda o‘sadi. 
Limonchilik nafaqat Qashqadaryo vohasi, balki mamlakatimiz uchun serdaromad sohalardan. Bu tarmoqni rivojlantirish iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbaini yaratishga xizmat qiladi. Shu bois mazkur istiqbolli yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, Qashqadaryo misolida limonchilik uyushmasini tashkil etish lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev. Yangi uyushmaga “Agrobank” ta’sischilik qiladi. 
Qashqadaryo viloyatida teri xomashyosini qayta ishlash va charm-poyabzal klasterini barpo etish, aholini tuxum va parranda go‘shti bilan ta’minlash, “G‘uzor tekstil impeks” MCHJ tomonidan engil sanoat majmuasi tashkil etish, lalmi erlarda dorivor o‘simliklar etishtirish hamda Mirishkor tumanidagi sobiq Bahoriston tumani hokimligi va non kombinati binolarida kalava ip va trikotaj mato ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama etildi. 
Prezidentimiz barcha loyihalarni sifatli bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. 

SHAVKAT MIRZIYOYEV: BU ERDA HAQIQIY ISTE’DODLAR TARBIYALANADI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi. Qalblarni g‘ururga to‘ldiruvchi, yuraklarni hayajonga solguvchi mamlakatning bosh qo‘shig‘i. Uni har safar tinglaganimizda ko‘nglimizni shu yurtning farzandi ekanlikdan faxrlanish tuyg‘ulari qamrab oladi. 
Shu hayajonni o‘zining iste’dodi bilan dillarga singdirgan, Ona Vatanga muhabbatning so‘zlar orqali ifodasini topgan O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov she’rlari kirib bormagan xonadon yo‘q. 
2017 yil fevral oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qarshi shahrida Abdulla Oripov haykalini yaratish loyihasi bilan tanishar ekan, loyihani takomillashtirish, bu yerda Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish zarurligini ta’kidlagan edi.

Oradan qariyb bir yil o‘tdi. 29 yanvar kuni davlatimiz rahbari mazkur loyiha ijrosi bilan tanishdi. 

Takomillashtirilgan loyiha asosida bu erda O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati barpo etildi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 maydagi «Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida bunyod etilgan ilm dargohi oldida Qahramon shoirimizning haykali qad rostladi. Haykal orqasidagi devorga shoirning she’rlaridan namunalar bitildi. 
Maktabning birinchi qavatida Abdulla Oripov muzeyi tashkil etildi. Muzeyga shoirning buyumlari, unga qilingan turli sovg‘alar joylashtirildi. Maktab 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 50 o‘rinli yotoqxona,50 o‘rinli oshxona, 200 o‘rinli faollar zaliga ega. Maktabga o‘quvchilar beshinchi sinfdan tanlov asosida qabul qilinadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev maktab faoliyati bilan tanishdi. Muzey, o‘quv xonalarida bo‘ldi, maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashdi. Maktab o‘quvchilari Ibroyim YUsupov, Muhammad YUsuf, Xamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktablar o‘quvchilari bilan onlayn bog‘lanib, mushoira o‘tkazdi. 

O‘quvchilar Abdulla Oripov she’rlari va o‘zlari yozgan sherlardan namunalar o‘qib berdi. 
Davlatimiz rahbari ularga Abdulla Oripovdek buyuk shoir nomiga munosib farzandlar bo‘lib kamol topish, o‘z iste’dodlari bilan jahonga mashxur insonlar bo‘lib etishish tilaklarini bildirdi. 
Prezidentimiz bir guruh o‘quvchilarga sovg‘alar topshirdi. 

PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QARSHI TUMANIDAGI “LT TEXTILE INTERNATIONAL” XORIJIY KORXONASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Qashqadaryo viloyatida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, jarayonga xorijiy investorlarni keng jalb qilish, mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017 yil Qarshi tumanida “LT Textile International” xorijiy korxonasi, Qarshi shahrida “Sulton Tex Group” xususiy korxonasi va boshqa ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. 
Davlatimiz rahbari Qarshi tumani “Qoratepa” qishloq fuqarolar yig‘inidagi Fayzobod qishlog‘ida joylashgan “LT Textile International” xorijiy korxonasida bo‘ldi. 
Prezidentimiz o‘tgan yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida ushbu korxonada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishgan, quruvchilarga o‘z maslahat va tavsiyalarini bergan edi.Xitoylik investorlar mablag‘i evaziga bunyod etilgan mazkur korxonaning birinchi bosqichi 2017 yil iyul oyida foydalanishga topshirildi. Bu erga Germaniya va SHveysariyadan zamonaviy va energiyatejamkor to‘qimachilik asbob-uskunalar keltirib o‘rnatildi. 700 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoshlar Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytdi.Korxonada paxta tolasi qayta ishlanib, yiliga 22 ming tonna ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Mahsulotning asosiy qismini eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. O‘tgan davrda 4 ming 600 tonnadan ziyod paxta tolasi qayta ishlanib, 3,5 ming tonnadan ziyod ip-kalava eksport qilindi.Prezidentimiz xorijiy korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchi-xodimlar bilan muloqot qildi. O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shadigan xorijlik investorlarga barcha sharoit yaratib berilishi aytildi. 
Bizning asosiy maqsadimiz eksport faoliyatini rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishdir, dedi davlatimiz rahbari.
Shu yerda Qashqadaryo viloyatida tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish dasturi taqdim etildi.Xususan, “LT Textile International” mas’uliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirishning II va III bosqichlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar loyihasi haqida ma’lumot berildi. 2019 yil ikkinchi choragida loyiha foydalanishga topshirilgach, ip-kalava va aralash ip-gazlama hajmi oshiriladi, 650 ta ish o‘rni yaratiladi.Qarshi shahridagi “Sulton Tex Group” xususiy korxonasida engil sanoatni rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. 
OFK PREZIDENTI, FIFA VITSE-PREZIDENTI DAVLATIMIZ RAHBARIGA O‘Z TABRIGINI YO‘LLADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Janobi Oliylari,  Muhtaram Prezident! 
Sizga va O‘zbekiston xalqiga futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatingiz terma jamoasi g‘olib bo‘lgani munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarim va eng yaxshi tilaklarimni izhor etish men uchun katta sharafdir. 
23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Markaziy Osiyo mintaqasidan birinchi bo‘lib Osiyo chempionati g‘olibligiga erishgan mamlakatingiz jamoasi a’zolarining butun musobaqa davomida matonat va jasorat namunalarini ko‘rsatgani maqtovga loyiqdir. 
Men ishonamanki, ushbu futbolchilar yaqin kelajakda O‘zbekiston futbolini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi va mamlakatingiz hamda butun Osiyoning g‘urur-iftixoriga aylanadi.O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining sa’y-harakatlari bilan o‘zbek futboli yanada yuksak pog‘onalarni zabt etishiga shubha qilmayman.Sizni ishontirib aytamanki, maftunkor mamlakatingizda futbolni yanada rivojlantirish va targ‘ib qilishni to‘la qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.
Samimiy tilaklar bilan,
Salmon bin Ibrohim al-XALIFA, 
OFK prezidenti, 
FIFA vitse-prezidenti
O‘ZBEKISTON PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING QARSHI SHAHRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM KARIMOV HAYKALINING OCHILISHIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI SO‘ZI
Qadrli vatandoshlar! 
Hurmatli Tatyana Akbarovna! 
Muhtaram Qashqadaryo ahli! 

SHu kunlarda mamlakatimizda buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi, Birinchi Prezidentimiz hurmatli Islom Abdug‘anievich Karimovning 80 yillik tavallud sanasi keng nishonlanmoqda. 

SHu munosabat bilan yurtimizning barcha shahar va qishloqlarida, mehnat jamoalari, ta’lim maskanlarida yubiley tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Bugun qadimiy va go‘zal Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali ochilayotgani, albatta, bejiz emas. O‘ylaymanki, barchamiz, ayniqsa, siz, azizlar bir haqiqatni yaxshi bilasiz: Islom Abdug‘anievich Qashqadaryoni, uning mard va olijanob elini buyuk bir mehr bilan sevar, bu zaminni Vatan ichra Vatanim, deb ardoqlar edilar. 

Birinchi Prezidentimiz siyosiy faoliyatining unutilmas sahifalari aynan shu zamin bilan bog‘liq ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. U kishi yaqin tariximizning eng qiyin va murakkab davrida – 1986-1989 yillarda Qashqadaryo viloyatiga rahbarlik qildilar. 

Tarixda “paxta ishi”, “o‘zbek ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalardan eng ko‘p azob chekkan Qashqadaryo viloyati uchun Islom Abdug‘anievichning rahbar bo‘lib kelishi YAratganning beqiyos marhamati bo‘lgan edi. 

Turli zug‘um va qatag‘onlar avj olgan o‘sha qaltis zamonda u kishi o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, chinakam mardlik va jasorat fazilatlarini namoyon etdilar. 

Islom aka ming-minglab begunoh odamlarni zulm changalidan qutqarib olganini Qashqadaryo ahli hech qachon unutmaydi. 

Mehnatkash va matonatli bu el Islom Abdug‘anievichni o‘z farzandidek qabul qilib, unga tuz-nasiba bergani, ozodlik va adolat yo‘lidagi kurashlarda unga kamarbasta bo‘lgani – bu ham haqiqat. 

Islom aka Qashqadaryoga kelsa, o‘z uyiga kelgandek, bu erdagi odamlarni ko‘rganlarida, eng yaqin qadrdonlarini ko‘rgandek yayrab ketishlariga barchamiz ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. 

Ulug‘ Yo‘lboshchimiz Qashqadaryo – bu Olloh nazari tushgan yurt, O‘zbekistonning behisob boyliklarga ega xazinasi, deb ta’riflar edilar. Qashqadaryo ahlini esa har qanday sharoitda ham ishonsa bo‘ladigan, mehr-oqibat va odamiylikni joyiga qo‘yadigan jasur va mardona el, deb e’zozlar edilar. 

CHiroqchidagi oddiy cho‘pondan tortib, SHahrisabzdagi mohir ustalargacha, Muborakdagi gazchilar, G‘uzordagi mirishkor fermerlardan tortib, Qamashidagi polvonlar, Dehqonoboddagi baxshilargacha – hammasi Islom akaning ko‘ngliga yaqin va qadrli edi. 

U kishi siz, azizlarning ezgu fazilatlaringiz uchun doimo minnatdor bo‘lib yashadilar. YAxshilikning qadriga etadigan Qashqadaryo eli ham o‘ziga doimo elkadosh bo‘lgan, shu zaminga buyuk farzandlik mehri bilan yashagan Islom Karimov bilan hamisha faxrlanadi. 

Sizlar bilan 2016 yil 16 noyabrda, Prezident saylovi arafasida bo‘lgan uchrashuvda Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimiz haykalini barpo etish haqida kelishib olgan edik. 

Bugun ana shu ezgu niyatimiz amalga oshmoqda. Islom Abdug‘anievichning bu qutlug‘ maskanda ochilayotgan ulug‘vor siymosida u kishining o‘zi sevgan Qashqadaryo zaminiga yuksak mehri va e’tiborini ko‘rib, his qilib turibmiz. 

Sizlarga ma’lum, Birinchi Prezidentimizning Toshkent va Samarqand shaharlarida barpo etilgan muazzam haykallari bugungi kunda yurtdoshlarimiz uchun qutlug‘ ziyoratgohga aylandi. 

Ishonchim komil, bugun Qarshi shahrida ochilayotgan muhtasham obida ham Qashqadaryo ahli, butun el-yurtimiz katta mehr va hurmat bilan talpinadigan tabarruk maskanga aylanadi. 

Aziz do‘stlar! 

Islom Abdug‘anievich Qashqadaryo viloyatini O‘zbekistonning rivojlangan mintaqalaridan biriga, Qarshi va SHahrisabzni dunyodagi eng go‘zal shaharlarga aylantirishni istar edi. 

Ana shu ulug‘ maqsadni amalga oshirish uchun mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz rahbarligida juda ko‘p ishlar qilindi. Ayniqsa, SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on temir yo‘li kabi noyob inshootlar aynan Islom Karimov nomi bilan bog‘liq ekanini barchamiz chuqur minnatdorlik bilan eslaymiz. 

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan Qarshi va SHahrisabz shaharlarining 2700 yillik, Sohibqiron Amir Temur bobomizning 660 yillik tarixiy sanalari xalqaro miqyosda keng nishonlandi. 

U kishi imzo chekkan tarixiy qarorga muvofiq, Qashqadaryo ahli, butun xalqimizning fidokorona mehnati bilan SHahrisabz shahrida juda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgani sizlarga yaxshi ma’lum. Qashqadaryo viloyatida bu ishlar hozirgi kunda yanada keng miqyosda davom ettirilib, yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 

Viloyat hududida o‘nlab zamonaviy korxonalar, yo‘l va ko‘priklar, yangi-yangi ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari barpo etilmoqda. Ayniqsa, Qarshi – SHahrisabz yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan poezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish, Abu Mu’in Nasafiy bobomizning yodgorlik majmuasini barpo etish, shu yilning kuz oyida SHahrisabzda xalqaro maqom anjumanini o‘tkazish va boshqa katta loyihalar bo‘yicha jadal ish olib borilmoqda. 

Bunday ulkan ishlardan xalqimiz rozi bo‘ladi, muhtaram Islom Abdug‘anievichning ruhlari shod bo‘ladi, deb o‘ylayman. 

Hurmatli tantanali marosim ishtirokchilari! 

Birinchi Prezidentimiz ilk bor 1986 yilda – yurtimiz osmonini qora bulut qoplagan qaltis bir paytda Qashqadaryoga kelgan edilar. O‘sha davrdan boshlab umrining so‘nggi kunlarigacha bu saxovatli zamin bilan, uning olijanob xalqi bilan birga bo‘ldilar. 

Aziz Yurtboshimizning viloyatlarimizga qilgan oxirgi tashrifi ham aynan Qashqadaryo vohasiga bo‘lgan edi. O‘ylaymanki, bunda ham juda katta ma’no bor. 

Bugun ochilayotgan muhtasham haykal timsolida Islom Abdug‘anievich o‘zi uchun behad qadrli bo‘lgan Qashqadaryo ahliga tinchlik-omonlik, baxt-saodat tilab, go‘yo bu qutlug‘ zaminga farzandlik mehri bilan ta’zim qilayotgandek tuyuladi. 

Oradan yillar, asrlar o‘tadi, bu muazzam obida barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun xalqimiz va Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish ramzi bo‘lib qoladi, Qashqadaryo ahlini buyuk marralarga da’vat etib turadi. 

Fursatdan foydalanib, bu go‘zal va betakror majmuani barpo etishda ishtirok etgan haykaltarosh va me’morlarga, quruvchilarga, bu ishga hissa qo‘shgan barcha insonlarga, butun Qashqadaryo ahliga chuqur minnatdorchilik bildiraman. 

Mustaqil Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Qashqadaryo zamini hamisha gullab-yashnasin! 

Islom Abdug‘anievichdek mard va fidoyi insonlarni tarbiyalab voyaga etkazgan xalqimiz doimo omon bo‘lsin! 

Ulug‘ ustozimizning oxiratlari obod bo‘lsin! 

YAna bir bor katta rahmat sizlarga! 

SAMARQANDDA ISLOM KARIMOV MAQBARA MAJMUASI OCHILDI

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda. 

Buyuk davlat va jamoat arbobi tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida 30 yanvar kuni Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda mamlakatimiz jamoatchiligi vakillari, yurtimizning barcha hududlaridan kelgan faollar, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi. 

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. 

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligi va yangi davlatchiligimiz asoschisi, buyuk siyosatchi va oqil islohotchi Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirganini ta’kidladi. 

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 25 yil ichida ichki va tashqi siyosatda o‘z yo‘lini tanlab, xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin va mavqega ega bo‘lishi, dunyo davlatlari bilan tinchlik-barqarorlik, tenglik va o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishida Birinchi Prezidentimizning puxta o‘ylangan qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. 

Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, davlatimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘z huzur-halovatidan kechib, yuksak fidoyilik ko‘rsatib, mehnat qilgani xalqimiz uchun ibrat namunasi bo‘lib qoldi. 

Buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov 2016 yil 3 sentyabr kuni o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr masjidi majmuasida dafn etilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu erda Birinchi Prezidentimizning davlatimiz va xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlariga munosib ulug‘vor maqbara majmuasi qurishga qaror qilindi. 

“Bu tabarruk maskan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining aziz va ardoqli farzandi Islom Abdug‘anievich Karimovning mangu oromgohidir”. 

Ushbu so‘zlar majmuaga kiraverishda o‘rnatilgan marmar lavhada o‘zbek va ingliz tillarida yozib qo‘yilgan.

Yodgorlik majmuasini barpo etish ishlari YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirildi va butun jahon madaniy merosining ob’ektlaridan biri hisoblangan Hazrati Xizr masjidiga uyg‘un maqbara loyihasi tasdiqlandi.

Majmua qurilishiga yurtimizning turli hududlaridan mahoratli quruvchilar, usta va hunarmandlar jalb etildi. Maqbara uchun xorijdan qimmatbaho toshlar, ayvon ustunlari va zina panjaralari, yozuvli oq oniks va oniks toshlari keltirildi. 

Maqbara ichida oq qabr toshi o‘rnatildi. Devorlar qimmatbaho toshlar bilan bezatilib, ularga oltin suvi bilan ishlov berildi. Maqbaraning pastki qismi yashil oniks toshlar bilan qoplangan. Gumbazi Hazrati Xizr majmuasi bilan hamohang tarzda barpo etildi. 

Majmua hududida milliy uslubdagi ayvon bunyod etildi. Bu erda ziyoratga keluvchilar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratilgan, o‘rindiqlar qo‘yilgan. Ayvon peshtoqlarida Qur’oni karim oyatlari hamda Islom Karimovning hikmatli so‘zlari o‘zbek, arab va ingliz tillarida yozilgan. 

Ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida lift, imkoniyati cheklanganlar uchun ko‘targich moslamalar o‘rnatildi. Zamonaviy tungi yoritish tizimi yaratildi. Islom Karimov ko‘chasini majmua bilan bog‘lovchi ko‘prik barpo etildi. 

Qurilish jarayonida Hazrati Xizr masjidi ham restavratsiya qilindi, minora keramika toshlari bilan bezatildi. Majmuaga olib boruvchi yo‘laklarga granit tosh terildi. Belgiyadan keltirilgan kashtan (qoraqayin), talpa, shuningdek, Qrim qarag‘ayi, mojjevelnik (qora archa), butasimon daraxtlar ekildi, yashil maysazorlar tashkil etildi. 

Davlatimiz rahbari keyingi bir yildan ko‘proq vaqt davomida Samarqandga har bir tashrifi chog‘ida majmua qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ushbu maskanni yurtimizning eng qutlug‘ qadamjolaridan biri sifatida obod qilish, ziyoratchilar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish borasida maslahat va tavsiyalar berdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi. 

Mehnat faxriysi To‘lqin Ahmadjonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Xosiyat Bobomurodova, Samarqand shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Olimjon G‘afurov, Birinchi Prezidentimiz rafiqasi Tatyana Karimova ushbu majmua davlatimiz va xalqimizning O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromi sifatida qutlug‘ ziyoratgoh bo‘lishini ta’kidladi. 

Tadbir ishtirokchilari maqbarani ziyorat qilib, gullar qo‘ydilar. 

Marosimdan so‘ng davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Registon maydoni yaqinida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi. Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida tashkil etilgan ehson oshida ishtirok etdi. 

SHu kuni Islom Karimov maqbara majmuasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan faollar, keng jamoatchilik, turli idora va tashkilotlar vakillari, Samarqand viloyati aholisi tomonidan gullar qo‘yildi. Birinchi Prezidentimizning porloq xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi. 

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING SAMARQAND SHAHRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM KARIMOV MAQBARA MAJMUASINING OCHILISHIGA BAG‘ISHLANGAN MAROSIMDAGI SO‘ZI

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! 

Hurmatli Tatyana Akbarovna! 

Muhtaram Samarqand ahli! 

Barchangizga ma’lumki, shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimovning 80 yillik tavallud ayyomi butun mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. 

Mana, hozirgina Qashqadaryo viloyatida bo‘lib qaytdik. Qarshi shahrida Islom Abdug‘anievich xotirasiga bunyod etilgan haykalning tantanali ochilishi va ehson marosimi bo‘lib o‘tdi. Ana shu xotira tadbirlarining davomi sifatida sizlar bilan azim Samarqand shahrida, tom ma’noda tabarruk zaminda yana bir tarixiy voqea munosabati bilan to‘planib turibmiz. 

Qadimiy Samarqand diyoridagi eng birinchi masjid bo‘lmish mashhur Hazrati Xizr majmuasi yonida Birinchi Prezidentimizning maqbara yodgorligining ochilish marosimida ishtirok etmoqdamiz. 

Ne-ne buyuk voqealarga guvoh bo‘lgan, qancha-qancha ulug‘ zotlar mangu orom topgan bu ko‘hna zaminda, Hazrati Xizr va SHohi Zinda ziyoratgohlari yoniga bugun yana bir qutlug‘ qadamjo qo‘shilmoqda. 

Hammangiz xabardorsiz, o‘zlarining vasiyatiga binoan Birinchi Prezidentimiz aynan mana shu muborak maskanga dafn etilgan edi. 

Albatta, biz bu yodgorlik majmuasini keng va katta maydonda, juda mahobatli qilib qurishimiz ham mumkin edi. Lekin bir haqiqat hammamizga yaxshi ayon: rahmatli Islom aka g‘oyat kamtarin, samimiy, oddiy inson edilar. Ortiqcha hasham va dabdabani yoqtirmas edilar. 

Ko‘pni ko‘rgan, donishmand xalqimiz yaxshi tushunadi: ulug‘ shaxslar xotirasiga bunyod etilgan yodgorlik obidalarining qimmati, avvalo, ana shu insonning o‘z xalqi va Vatani, kelgusi avlodlar oldidagi ezgu va savob ishlari, odamlar qalbida qoldirgan so‘nmas xotirasi bilan o‘lchanadi. 

Barchamiz guvohmiz: Islom akaning vafotlaridan so‘ng butun yurtimizdan, er yuzining turli o‘lkalaridan bu erga ming-minglab ziyoratchilar oqib kela boshladi. SHuning o‘ziyoq mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, mamlakatimizga 27 yil davomida rahbarlik qilgan Birinchi Prezidentimiz o‘zining buyuk tarixiy xizmatlari bilan xalqimiz xotirasida, jahon jamoatchiligi o‘rtasida qanchalik yorqin iz qoldirganini ko‘rsatadi. 

Ishonchim komil, bugun ushbu maqbara ochilishi bilan ziyoratchilar oqimi yanada ko‘payadi. Bu maskan odamlar, ayniqsa, yosh avlodimizning qadami hech qachon uzilmaydigan muqaddas ziyoratgohga, katta tarbiya maskaniga aylanadi. 

Aziz do‘stlar! 

Ulug‘ Yurtboshimizga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat-ehtirom haqida, uning mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritar ekanmiz, yaqin o‘tmishda barchamizning yuragimizda og‘ir yara bo‘lib qolgan bir voqea ko‘z oldimizdan o‘tishi tabiiy, deb o‘ylayman. 

Biz o‘zgalarga qaram bo‘lib yashagan mustabid tuzum davrida butun ongli hayotini el-yurt ravnaqiga bag‘ishlagan insonlar, avvalo, respublikamiz rahbarlari xotirasiga, afsuski, munosib izzat-ikrom ko‘rsatilmadi. Buning o‘rniga ularning sha’niga turli tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirilganini keksa avlod vakillari, muhtaram faxriylarimiz hozirgacha afsuslanib eslaydilar. 

Odamiylikni, inson xotirasini hamisha aziz va muqaddas deb biladigan bizning xalqimiz bunday adolatsiz ishlarni aslo qabul qilmaydi. YUrtimizda bunday noma’qul ishlarga endi hech qachon yo‘l qo‘yilmaydi. 

Vatan uchun, xalq uchun butun borlig‘ini baxsh etgan, o‘zini ayamasdan, fidokorona xizmat qilgan ulug‘ zotlarga yuksak ehtirom ko‘rsatish bizning mamlakatimizda doimo birinchi o‘rinda turishi, kerak bo‘lsa, hayotimiz qoidasiga aylanishi zarur. SHundagina biz o‘z qadr-qimmatini chuqur anglagan, boshqalar ham hurmat qiladigan xalq va millat sifatida o‘zligimizni namoyon qila olamiz. 

Qadrli yurtdoshlar! 

Ko‘z o‘ngimizda qad rostlab turgan ushbu betakror majmua, avvalo, mustaqilligimiz asoschisi, istiqlolimiz me’mori bo‘lgan muhtaram Islom Abdug‘anievichning o‘lmas xotirasiga xalqimizning cheksiz hurmat-ehtiromi va mehr-muhabbatining amaliy ifodasi sifatida barpo etildi. 

Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan minglab bunyodkor quruvchilar tomonidan qisqa muddatda bu erda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Bu muhtasham maqbara majmuasini qurishda SHarq olami, xususan, Islom Abdug‘anievich jondan sevgan Samarqand tarixiy obidalari, milliy me’morlik maktabiga xos usul va an’analar har tomonlama hisobga olindi. Amir Temur, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Xoja Ahror Valiy kabi buyuk bobolarimiz maqbaralarining gumbazlari, noyob naqshlari va devoriy bezaklaridan ijodiy foydalanildi. 

Yodgorlik majmuasini ziyorat qilishda muhim bir jihatga alohida e’tibor berishingizni so‘rar edim. Maqbara peshtoqlariga muqaddas Qur’on oyatlari va hadis namunalari bitilgan bo‘lib, ularda teran ma’no mujassam. Bu ilohiy kalimalar har qaysi insonni ma’naviy jihatdan poklanishga, hayotning ma’no-mazmunini chuqurroq anglashga da’vat etib turadi. 

Ziyoratgoh yonida bunyod etilgan o‘zbekona go‘zal ayvon devorlariga muhrlangan Birinchi Prezidentimizning hikmatli so‘zlarida aytilganidek, inson bu dunyodan o‘tib ketganidan keyin ham uning ezgu ishlari, ezgu xotirasi mangu yashaydi. 

Bu borada Islom Abdug‘anievichning o‘zlari barchamiz uchun yuksak ibrat va o‘rnak namunasi bo‘lib yashadilar, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 

Fursatdan foydalanib, ushbu majmuani barpo etishda ishtirok etgan me’mor va quruvchilar, pudratchi tashkilotlar vakillariga, bu xayrli va savob ishga hissa qo‘shgan barcha-barcha insonlarga, Samarqand ahliga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirishga ruxsat etgaysiz. 

Aziz va muhtaram yurtdoshlar! 

Mard va olijanob, bag‘rikeng xalqimiz mustaqil O‘zbekistonning birinchi rahbari muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimovni, ul zotning Vatan oldidagi beqiyos xizmatlarini hech qachon unutmaydi. 

Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom akamizning oxiratlari obod bo‘lsin! 

Mana shunday buyuk insonlarni tarbiyalab voyaga etkazgan xalqimiz doimo omon bo‘lsin! 

YUrtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! 

E’tiboringiz uchun rahmat. 

PREZIDENT RAISLIGIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING KENGAYTIRILGAN HAY’AT YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 yil 31 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili va Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarga bag‘ishlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Yig‘ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni vakillari, hukumat a’zolari, shuningdek, MXX markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda alohida ta’kidlandiki, hamma zamonda har qanday davlatning eng asosiy vazifalaridan biri shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.

Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan milliy xavfsizlik masalalari mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi.

Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ vositalarining noqonuniy savdosi kabi transmilliy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda ushbu vazifalarga alohida e’tibor qaratish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O‘tgan davrda Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini saqlash hamda himoya qilish ishlariga salmoqli hissa qo‘shgani qayd etildi.

Bu, ayniqsa, bizning yaqin va uzoq yon-atrofimizda ro‘y bergan turli inqirozlar, ayrim buzg‘unchi kuchlar tomonidan mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga urinishlar sodir etilgan juda og‘ir yillarda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda Milliy xavfsizlik xizmatining faoliyati xolis baholangan holda, uning ayrim bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati tanqid qilindi. Idoralararo hamkorlik, tezkor va qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, kadrlar bilan ishlash borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari zamon talablaridan kelib chiqqan holda, Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi. Maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shug‘ullanadigan, boshqa davlat tuzilmalari faoliyatini takrorlaydigan bo‘linmalarni tugatish, ayni vaqtda milliy xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishlarini ta’minlaydigan bo‘linmalarni mustahkamlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston taraqqiyotining Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan keng ko‘lamli vazifalardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning barcha sohalari davr talabi asosida tubdan isloh etilayotgan yangi sharoitda Milliy xavfsizlik xizmatining yaqin kelajakka mo‘ljallangan ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Prezidentimiz Milliy xavfsizlik xizmati davlatning huquq-tartibot organlaridan biri sifatida o‘zining kundalik faoliyatini mamlakatimizning barcha vazirlik va idoralari uchun asosiy faoliyat mezoniga aylangan “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyil asosida tashkil etishi zarurligini alohida ta’kidladi.

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining “Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Qonunda MXXning asosiy funksiya va vazifalari belgilab beriladi va eng muhimi, uning qabul qilinishi bilan mamlakatimiz huquq-tartibot organlarining vakolat doiralari aniqlashtirib olinadi.

Har qanday jamoa, jumladan, MXX ish faoliyatining samarasi ham kadrlar, birinchi navbatda, uning rahbar xodimlariga, ularning o‘z burchiga sadoqati, professional darajasi, mehnatsevarligi va yuksak mas’uliyatiga bog‘liq, deb alohida qayd etdi Prezidentimiz.

MXX bo‘linmalari o‘zining vakolati doirasida xalqimizning muammolarini hal qilishga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish ishlariga yaqindan yordam berishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MXX o‘quv yurtlarining rahbarlari va professor-o‘qituvchilariga yosh kadrlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakat qonunchiligi talablariga og‘ishmay rioya etish, turli sinovlarga chidamli bo‘lish, o‘z ustida muntazam ishlash va professional mahoratini uzluksiz oshirib borishga intilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratishni qat’iy vazifa qilib qo‘ydi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi etib tayinlangani munosabati bilan Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Respublika Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi.

Milliy xavfsizlik xizmati va uning bo‘linmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

2018 yil 31 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlar jarayonida prokuratura organlari tomonidan qilinayotgan ishlar va ular oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari prokuratura organlari oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Prokuratura organlari xodimlari islohotlarni samarali amalga oshirishda o‘zlarining bor salohiyati, bilim va tajribasini safarbar etishi zarurligi ta’kidlandi. Qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning amaliy ijrosini so‘zsiz ta’minlash prokuraturaning eng muhim va dolzarb vazifasiga aylanmog‘i lozim.

Yig‘ilish ishtirokchilarining e’tibori farovon hayotimiz asosi bo‘lgan tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investorlarning mamlakatimizda erkin faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yaratish prokuratura organlari tomonidan kafolatlanishi zarurligiga qaratildi.

Prokurorlarning sektorlar rahbari sifatidagi faoliyatida eng muhim vazifalaridan biri odamlar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish maqsadida hududlarni rivojlantirishga ko‘maklashishdir.

Davlat boshqaruvini xalqimiz manfaatlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish prokuratura organlarining jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashdagi rolini kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishni yakunlar ekan, prokuratura xodimlari yuqori kasbiy malaka va yuksak insoniy fazilatlari bilan davlat organlari xizmatchilariga o‘rnak bo‘lishi, hamisha adolat va qonuniylik himoyasida turishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Otabek Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlandi.

MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI FAOLIYATINI ISLOH QILISHGA KIRISHILGANI HAMDA SOHAGA OID QONUN ISHLAB CHIQISH TASHABBUSI ISLOHOTLARDA MUTLAQO YANGI SAHIFA OCHDI

– Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura sohalaridagi o‘zgarishlar jamiyatda adolat tamoyilini yanada kuchaytirishga qaratilgan, – deydi yuridik fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Halim Boboev. – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning har bir sohaga ana shu nuqtai nazardan chuqur kirib borayotgani katta jasorat. Uni bu yo‘lda butun xalqimiz qo‘llab-quvvatlashi kerak. 

Davlatimiz rahbarining parlamentga murojaatnomasida har qaysi huquqni muhofaza qilish organi bevosita o‘z vakolati doirasidan chiqmaydigan, bir-birining funksiyasini takror etmaydigan tizim shakllantirishimiz shart, deb qayd etgan edi. 

Aynan shu yo‘nalishda chalkashliklar yuzaga kelgani, bitta idoraning, masalan milliy xavfsizlik xizmatining vakolatlari kuchayib ketgani sohada ayrim noxush holatlar paydo bo‘lishiga olib kelgani, tizimda korrupsiya holatlari uchragani sir emas. 

Bu sohada uzoq vaqt ochiq islohot olib borilmagani uning xalq uchun mavhumlashib borishiga, mazkur idoraning xalqdan butunlay uzilib qolishiga sharoit yaratdi. 

Prezidentimiz barcha sohalarda yangicha yondashuv asosida islohot o‘tkazayotgani, ya’ni jamoatchilik nazorati institutlarini kuchaytirish, har bir idora faoliyatini xalq manfaatiga bo‘ysundirishga qaratilgan sa’y-harakatlari butun xalqning ko‘nglidan chiqmoqda. 

Davlatimiz rahbari sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishiga faqat va faqat xalqimizning o‘zi baho beradi, deb aytganining o‘zidayoq sohani xalqparvar tizimga aylantirish maqsadi mujassam. SHunday emasmi? 

Shu nuqtai nazardan Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini ham isloh qilishga kirishilgani, sohaga oid qonun ishlab chiqilishi islohotlarda mutlaqo yangi sahifa ochdi. 

Prezidentimiz rahbarligida bo‘lib o‘tgan Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida mazkur xizmatning faoliyati xolis baholangan holda, uning ayrim bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati tanqid qilingan. Zamon talablaridan kelib chiqqan holda, Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqish kerakligi ta’kidlangan. 

Biz bunday xolis yondashuv, tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz. Sohada kadrlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar amalga oshirilgani xalqimiz kutgan juda to‘g‘ri qaror bo‘ldi. 

AQSH SIYOSATCHILARI PREZIDENTIMIZ ISLOHOTLARINI QUVVATLAMOQDA

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xalqaro ekspertlar, siyosatshunoslar, tahlilchilar, Markaziy Osiyo mintaqasi bilan qiziquvchi tomonlar O‘zbekistonda kechayotgan mazkur o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib, olib borilayotgan islohotlar haqida o‘z xulosalarini bayon etmoqda.

O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati va nohukumat tashkilotlar faoliyati, ta’lim sohasidagi muammolar, yangi qarorlar hamda axborot vositalari, jurnalistika olamida kuzatilayotgan va kuzatilmayotgan siljishlar haqida xalqaro miqyosda turli doiralarda tashkil etilayotgan muloqotlar soni so‘nggi vaqtlarda birmuncha ortdi. 

Ana shunday davra suhbatlari Vashingtonda ham tashkil etilib, muloqot davomida yirik tahlil markazlari vakillari "O‘zbekistonda islohotlar davri endi boshlanmoqda", deya xulosa qilmoqda.

Frederik Starr (Frederic Starr),  Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari, Vashingtonning mintaqa bo‘yicha etuk mutaxassislardan. Starr Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘yicha ko‘plab ilmiy maqolalar va kitoblar muallifi. Uzoq yillar davomida AQSHning nufuzli ilm dargohlarida dars bergan, jumladan, Jons Xopkins universitetida. Starr “Afg‘oniston Markaziy Osiyoning bir qismi va uning kelajagi shimoldagi qo‘shnilar ravnaqi bilan chambarchas bog‘liq”, deya integratsiyaga undab keladi.

— Mintaqa tarixi, siyosiy va madaniy ongi, qolaversa, mavjud vaziyat haqida yaxshi bilish uchun hukumatlar bilan muloqot qilmay turib, biror hudud va xalq haqida aniq ma’lumot yig‘ish mumkin emas.

Nazarimda O‘zbekistonda boshlangan islohotlar real, biroq ularning qancha davom etishi, o‘zgarish uchun xohish qanchalik keng va chuqur ekanini jarayonni qadamma-qadam kuzatmay bilish qiyin. Mamlakat oldida ulkan dovonlar turibdi. Islohot dasturlarini ko‘zdan kechirib, ularga yordam berish kerak.

O‘tgan bir yil ichida bir narsa oydinlashdi. Markaziy Osiyoning besh davlati va Afg‘oniston birga ishlashga qodir va buning uchun xohish etarli. Ular agar “biz birlashmasak, boshqalar bundan foydalanib, bizning manfaatlarimizni chetga uloqtirib, bizni o‘z foydalari uchun ishlatishadi”, deya ochiq aytmoqda.

Bu davlatlar har bir mamlakatning tashqi siyosatida mintaqaviy manfaatlarni hisobga olish va o‘zaro kelishuv asosida harakat qilishga ahd qilishgan. O‘zbekiston va Qozog‘iston, mintaqaning ikki yirik respublikasi etakchilikni qo‘lga olayotgani ijobiy holdir.

Richard Vaytz (Richard Weitz), Gudzon instituti olimi, Evropa, Evrosiyo va SHarqiy Osiyodagi siyosiy va harbiy masalalar bo‘yicha ekspert, AQSH davlat xavfsizligi bilan bog‘liq mavzular tahlilchisi. Vaytz Rossiya, Xitoy, Eron va AQSH tashqi siyosati haqida o‘nlab maqolalar yozgan. Markaziy Osiyo G‘arb uchun strategik jihatdan qanchalik muhim ekaniga urg‘u berib keladi. Vaytz O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda bir necha bor safarda bo‘lgan.

— Toshkent harbiy tashkilotlarga bosh qo‘shmoqchi emas va o‘z hududiga ham xorijiy qo‘shin kiritmaslik qarorida qat’iy. Mazkur pozitsiya o‘zgarmas ekaniga ishonch etarli.

Yirik davlatlar bilan jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSH, shuningdek, Evropa Ittifoqi bilan aloqa unchalik o‘zgarmagan. O‘zbekistonning NATO va SHanxay Hamkorlik Tashkiloti singari katta siyosiy bloklar bilan hamkorligida yangilik yo‘q.

Menga ma’lum bo‘lgan jihatlar shuki, Prezident Mirziyoyev nazarida dunyo bilan aloqalarni tebratish uchun mas’ul Tashqi ishlar vazirligi o‘z oldidagi vazifalarni hozirgi holida bajarishga qodir emas. YAnvar oyining o‘rtasida Prezident vazirlik haqida qilgan majlisida vazirdan tortib elchilar, diplomatlardan tortib boshqa tegishli mutasaddilarni layoqatsizlikda, ishiga nisbatan loqaydlik va uquvsizlikda ayblab, hukumatning bu qismini tubdan isloh qilishga bel bog‘laganini aytdi. YAqin kelajakda bu borada ham katta o‘zgarishlar bo‘lishiga ishonch bildirdi, Prezident.

SHon Roberts (Sean Roberts), Jorj Vashington universiteti professori, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligida ishlagan, xususan, Markaziy Osiyodagi loyihalar amaliyoti bilan shug‘ullangan. Siyosiy-ijtimoiy mavzularda ilmiy ishlari bilan tanilgan mintaqashunos. Evroosiyo va Xitoy hamda turkiy xalqlar hayoti uning asosiy e’tiborida. O‘zbekistonga yaqinda safar qilib, bugungi muhit bilan tanishgan. 

— O‘zbekistonda nohukumat tashkilotlar faol, lekin ular aslida mustaqil emas, hukumat nazoratidagi va qo‘shtirnoq ichidagi fuqarolik jamiyati hisoblanadi. Bu jihatdan hali katta o‘zgarishlar sezilmaydi, lekin mazkur tashkilotlar jamiyatdagi muhim masalalarga echim qidirish, aholiga yordam berish va imkon qadar o‘z takliflarini olg‘a surish bilan mashg‘ul bo‘layotgani quvonarli.

Demokratik muhitlarga xos, tom ma’noda mustaqil va o‘z g‘oya va maqsadlarini olg‘a sura oladigan fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun O‘zbekistonda hali ko‘p o‘zgarishlar bo‘lishi lozim.

Sebastiyan Peyruz (Sebastien Peyrouse), Jorj Vashington universiteti professori, Fransuz tadqiqotchisi, siyosat va taraqqiyot masalalarini o‘rganadi. Peyruz O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan izlanishlar olib borgan. Mintaqa haqida o‘nlab ilmiy-tahliliy maqolalar yozgan. Markaziy Osiyo qatorida Kavkazdagi vaziyatga ham qiziqadi. Geosiyosat, mafkura, din va ta’lim Peyruzning diqqat markazida. 

— Ilm-fan, ta’lim yo‘nalishida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda va yangi siljishlar kutilmoqda. Prezident Mirziyoyev aynan ta’limga tinimsiz urg‘u bermoqda. SHaxsan o‘zi tub muammolarni ko‘tarib chiqayotir, oiladan tortib bog‘chagacha, boshlang‘ich sinfdan tortib o‘rta maktab, kasb-hunar o‘quv yurtlari, universitetlardagi ta’lim sifatini oshirish zarurligi haqida gapirmoqda.

O‘zbekistonda oliy ta’limga talab katta, lekin sharoit yo‘q. Universitet va institutlarda o‘qish aksariyat aholining moliyaviy qurbi etmaydigan imkoniyat. Ta’lim haqi yil sari osmonga chiqar ekan, respublikaga zarur kadlarni etishtirish ham qiyinlashaveradi. O‘qituvchilarning maoshi juda past ekani ham muhim omil. Korrupsiya eng chuqur ildiz otgan sohalardan biri ham shu.

Navbahor Imomova,  "Amerika Ovozi" telejurnalisti, uzoq yillardan beri AQSHning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati va mintaqa bilan aloqalarini yoritib keladi. Vashingtonda tanilgan o‘zbek mutaxassis. Kasbiy faoliyatini O‘zbekistonda boshlagan. Hindiston va AQSH universitetlarida jurnalistika sohasida o‘qigan. Garvard universitetining davlat boshqaruvi bo‘yicha Jon Kennedi nomidagi oliy maktabini bitirgan. 

— Onlayn, ya’ni internetga asoslangan axborot manbalari faollashdi va rang-baranglashdi – mazmun va ko‘lam jihatdan. O‘zbekistondagi hayotni kengroq yoritishga intilayotgan, qiziqarli materiallar berayotgan, mahalliy manbalarga tayanib, muntazam axborot uzatayotgan vositalar ko‘paydi.

Jamoatchilik fikriga e’tibor oshdi. Mahalliy mutaxassislar, jamoatchi faollar va oddiy fuqarolar ham bugun O‘zbekiston axborot vositalarida ko‘proq so‘zlamoqda, fikr almashmoqda. Bu uzoq yillar faqat rasmiy xabarlarni berish bilan band bo‘lgan matbuot uchun progress.

Erkinlik shabadasi esa boshladi, deydigan jurnalistlar ko‘p, lekin malaka va uquv pastligi tub muammo bo‘lib qolmoqda. O‘tkir jurnalistlar etishtiradigan dargohlar vujudga kelishi kerak. Jurnalistika ta’limida islohotlar zarur.

Achinarlisi, hukumatning axborot vositalariga nisbatan munosabati va yondashuvi o‘zgarmagan. Davlatning ishi ularni nazorat qilish emas, ularni o‘ziga bo‘ysundirish, axborot oqimini to‘sish emas, balki xalqqa uning faoliyati haqida haqqoniy va xolis xabarlar etib borishini ta’minlashdan iborat bo‘lishi kerak.

Dunyoda hukumat borki, informatsion ta’sirga ega bo‘lishni xohlaydi va shunga harakat qiladi. Lekin bu jurnalistlarning erkinligini bo‘g‘ish yoki axborot vositalarini o‘z izniga olish degani emas. Bugungi O‘zbekistonda hamon shunga guvohmiz va erkinlikka erishish yo‘lida qilinadigan ishlar talaygina. 

Islohotlar samara bersin desak, nafaqat jurnalistlar, balki hukumatning o‘zi ham professionallashishi kerak. Xalq ishonchli axborotga ega bo‘lishi kerak. Bu esa hukumatning ham to‘g‘ri axborotga ega bo‘lishini talab qiladi. Demak, jurnalistlar mana endi haqiqiy informatsion elchilarga aylanishi kerak bo‘ladi. 

Mutasaddilar matbuot xodimlari bilan ishlashni o‘rganib, jurnalistlar mustaqil tomon bo‘lishi shartligini tan olib, ular bilan kasbiy etikaga asoslangan  hamkorlik o‘rnatmas ekan, axborot vositalari xalq va davlat orasidagi ko‘prik bo‘la olmaydi. 

Jon Herbst (John Herbst), 2000-2003 yillarda AQSHning O‘zbekistondagi, 2003-2006 yillarda esa Ukrainadagi elchisi bo‘lgan. Hozirda u Atlantika Kengashida etakchi ekspert, iste’fodagi diplomat. Vazifasi Evroosiyodagi siyosiy dinamikani tahlil qilish va AQSH hukumatiga maslahat berib turish. Sobiq ittifoq bo‘yicha katta tajribaga ega arbob sanaladi.

— O‘tgan bir yil ichida Toshkent tashlagan qadamlarga qarab, bu mamlakatda siyosiy-biznes elita Prezident atrofida birlashganini ko‘rish mumkin. Mirziyoyevga yakkahokim deb qaray olmaymiz. Prezident qarorlarni o‘zi bilganicha qilayotgani yo‘q, u uyushgan elitaga tayanmoqda.

Prezident xalqning ishonchini qozonish orqali norozi tomonlarni o‘ziga bo‘ysundirmoqda. SHu bilan Mirziyoyev usta siyosatchi ekanini namoyon qilmoqda. Aytayotgan gaplari, tashlayotgan ehtiyotkor qadamlari bilan hammani sinovdan o‘tkazmoqda, tavakkal ham qilayotgani aniq.

O‘zbekiston Rossiya va Xitoy bilan tutashmagani unga ustunlik beradi. Vashington u bilan shu bois ham yaqindan ishlashi kerak. Va bir narsani esda tutish lozim: O‘zbekiston tobora o‘zgarib, erkinlashib borishi uchun yordam zarur, lekin demokratiya va matbuot erkinligiga erishish uchun o‘nlab yillar kerak bo‘ladi.

Siyosiy mentalitet yangilanishi, xalq erkinlik va qonun ustuvorligi degan qadriyatlarga o‘rganishi uchun nafaqat sabr-qanoat zarur, balki qattiq mehnat ham qilish zarur. Islohotlar faqat Prezidentga bog‘liq emas, o‘zgarish qilish faqat uning qo‘lida emas. Lekin davlat rahbari xalqiga bu borada etakchilik qilishi zarur.

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH – AHOLI SALOMATLIGINI SAQLASHNING MUHIM OMILI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 fevral kuni ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tahlil etish, eng dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 21 apreldagi farmoniga muvofiq, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qayta tashkil etilib, uning zimmasiga ekologik holatni yaxshilash, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash borasida ko‘plab vazifalar qo‘yildi. 

SHuningdek, 2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tubdan yaxshilash yuzasidan kompleks dastur qabul qilinib, moliyalashtirish manbalari aniq belgilab berildi. 

Tizimda 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonasi va ularning     174 ta tuman (shahar) filiali tashkil etildi. Ushbu unitar korxonalar balansiga 1 ming 300 ta maxsus texnika, 1 mingta chiqindi to‘plash maydonchasi, 5 ming 800 ta konteyner va 172 ta poligon o‘tkazildi.