2019 yil 6 dekabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Yuklab olish: Axborot soat
ihttps://samgasi.uz/files/files/Axborot%20soati/%D0%90%D1%85%D0%B1%20%D1%81%D0%BE%D0%B0%D1%82%D0%B8%2006_12_2019(1).docx

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY, IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR RESPUBLIKA SUV TA’MINOTI TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/respublika-suv-taminoti-tizimini-yanada-takomillashtirish-t--27-11-2019
AHOLINING ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASINI OSHIRISH VA UNING SIFATINI YAXSHILASH UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUV RESURSLARINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i
http://uza.uz/oz/documents/a-olining-ichimlik-suvi-bilan-taminlanganlik-darazhasini-osh-27-11-2019
ZAMONAVIY MAKTAB”LARNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA​
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/zamonaviy-maktab-larni-tashkil-etish-chora-tadbirlari-t-risi-27-11-2019
HUNARMANDCHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA HUNARMANDLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
http://uza.uz/oz/documents/unarmandchilikni-yanada-rivozhlantirish-va-unarmandlarni-lla-30-11-2019
 

SHAVKAT MIRZIYOYEV TATARISTON DELEGATSIYASINI QABUL QILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi subyektlari orasida mamlakatimiz hududlari uchun yetakchi hamkorlardan biri bo‘lgan Tatariston bilan aloqalarning bugungi bosqichidagi dolzarb masalalar va amaliy sheriklikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.O‘zaro ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yilda Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekistonning bosh konsulligi ochildi.
Rossiyaning ushbu hududi bilan o‘zaro savdo hajmi ortmoqda. Mashinasozlik, neft-gaz, kimyo va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, kooperatsiyani kuchaytirish hamda qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va farmatsevtika tarmoqlari, axborot texnologiyalari, uy-joy kommunal xo‘jalik, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida amaliy loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.Uchrashuv so‘ngida 2020 yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.
O‘ZBEKISTON – TURKMANISTON: KO‘P ASRLIK DO‘STLIK VA MADANIY ALOQALARNING YANGI BOSQICHI​
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28 noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.Qardosh o‘zbek va turkman xalqlarining tarixi, madaniyati bir, tili va urf-odatlari o‘xshash. Bu yaqinlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka asos bo‘lmoqda.
Alohida ta’kidlash kerakki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida ilk xorijiy tashrifi 2017 yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga bo‘lgan edi. Bu bejiz emas. Mazkur tashrif O‘zbekiston tashqi siyosatida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratishining yorqin dalilidir. O‘sha muzokaralarning asosiy natijasi o‘laroq, O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga – strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.
2018 yil aprelda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi. O‘sha yili avgust oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari majlisida, joriy yil oktyabrda esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ishtirok etish uchun Turkmanistonda bo‘ldi.Bundan tashqari, hukumatlar, vazirliklar darajasida ham ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Turkmaniston Prezidentining bu galgi tashrifi davlat rahbarlari do‘stligining yana bir ifodasi, 29 noyabr kuni poytaxtimizda o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi oldidan samimiy muloqotdir.