2018 yil 12 oktabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari

Axborot soati: Yuklab olish uchun

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

 

ISLOM MAMLAKATLARINING STANDARTLAR VA METROLOGIYA INSTITUTI USTAVI VA TARTIB-QOIDALARINI (ISTANBUL, 1999 YIL 7 NOYABR, 2017 YIL 7 MAY HOLATIDAGI O‘ZGARTIRISHLAR BILAN) RATIFIKATSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA IQTISODIY MUNOSABATLAR VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

SAYLOV JARAYONIGA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
http://www.uza.uz/oz/documents/saylov-zharayeniga-zamonaviy-akhborot-kommunikatsiya-tekhnol-05-10-2018

DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIDA IJRO INTIZOMINI YANADA MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
http://www.uza.uz/oz/documents/davlat-organlari-va-tashkilotlarida-izhro-intizomini-yanada--06-10-2018

*Eslatma: Mazkur haftada o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarining 2-bosqichi – qadimiy shaharlarimizdan Samarqand va Xiva shaharlariga bag‘ishlanadi, 3-bosqichi – talaba-yoshlarga pokdomonlik fazilati haqida tushuncha beriladi, 4-bosqichi – talabalardan mustaqil ravishda mutolaa qilingan badiiy adabiyotlar haqida so‘raladi.
ELEKTR ENERGETIKA SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISH MASALALARI TAHLIL QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 oktyabr kuni elektr energetika sohasidagi ishlar ahvolini chuqur tahlil qilish, tarmoqni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
– Elektr energetikasi iqtisodiyotning “motori” bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni, umuman hayotni bu sohasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Mamlakatimizda jami 14 ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo‘lib, uning 86 foizi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Biroq, issiqlik elektr stansiyalari quvvatlarining 84 foizi qariyb yarim asr avval ishga tushirilgan bo‘lib, ular ham 83 foizga ishlamoqda, xolos.Rivojlangan davlatlarda 1 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 240-260 gramm yoqilg‘i sarflansa, mamlakatimizdagi ayrim stansiyalarda 2 barobar ko‘p yoqilg‘i sarflanadi.Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2030 yilga borib 20 ming megavattga etadi.Mamlakatimizda elektr energiyasi asosan tabiiy gazni yoqish evaziga ishlab chiqariladi. Gaz resurslari cheklangan bugungi sharoitda 2030 yilga borib uni yanada ko‘proq sarflash – tiklanmaydigan tabiiy resurslarning juda katta miqdorini uvol qilish deganidir.
– Atom elektr stansiyasining ishga tushirilishi yoqilg‘i sarfini qisqartirish bo‘yicha mutlaqo yangi echimlardan biri bo‘ladi, biroq buning uchun hali 8-10 yil kerak. Shuning uchun mavjud muammolarni tezroq bartaraf etish va tarmoqni tubdan rivojlantirish, eng muhimi, qisqa vaqtda tizimda sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish lozim, – dedi Prezidentimiz.
Yig‘ilishda 2030 yilga borib qo‘shimcha talab etiladigan 12,5 ming megavatt quvvatlarni yaratish chorasini ko‘rish, jumladan, bug‘-gaz qurilmalari, atom elektr stansiyasi, gidroelektrstansiyalar barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Taxtatosh issiqlik elektr stansiyalaridagi energobloklarni yangilash, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikni elektr energiyasi tizimiga ham joriy qilish orqali zarur bo‘ladigan quvvatlarni qoplash bo‘yicha vazifalar belgilandi.Shuningdek, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga 3,9 ming megavattli bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmalari hamda Angren shahrida va Surxondaryo viloyatida ko‘mirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari, quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.Yig‘ilishda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yangi ob’ektlar qurishni jadallashtirish bo‘yicha ham vazifalar belgilab olindi.Shu munosabat bilan kelgusi yildan elektr energiyasi sotishdan tushadigan mablag‘larning 15 foizini investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va kreditlarni qaytarish uchun yo‘naltirish lozimligi ta’kidlandi.Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va “O‘zbekenergo”  aksiyadorlik jamiyatiga loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash vazifasi topshirildi.
– Tizimda amalga oshiriladigan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni jalb qilishni taqozo qilmoqda. Lekin, na normativ-huquqiy baza va na texnik infratuzilma bunga tayyor emas. Masalan, xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini energotizimga qabul qilish masalasi hanuzgacha hal etilmagan. Oddiy misol, Turkiyada 60 foiz, Janubiy Koreyada 20 foiz elektr energiyasi xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi, – dedi Prezidentimiz.
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi va “O‘zbekenergo”  aksiyadorlik jamiyatiga xalqaro ekspertlar xulosalari asosida sohaga xususiy sektorni jalb qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik mexanizmining huquqiy, institutsional, texnologik asoslari ishlab chiqilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berildi.Yig‘ilishda 30 yildan ko‘proq vaqtdan buyon foydalanib kelinayotgan tarmoqlar ulushi 62 foizni tashkil etishi, taqsimlovchi tarmoqlarda liniyalarning 57 foizi va 39,6 mingta transformator punkti yangilanishi zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturga asosan joriy yilda 34 ming kilometrlik elektr uzatish tarmog‘i va 7 ming transformator punktida, 2019 yilda 7 ming kilometr elektr uzatish tarmog‘i va 2 ming transformator modernizatsiya qilinishi lozim.O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zbekenergo”  aksiyadorlik jamiyatiga dasturda belgilangan tadbirlarni barqaror moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash yuzasidan topshiriq berildi.“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga investitsiya majburiyatlarini bajarishi uchun uni moliyaviy mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi. SHu jumladan, “O‘zbekenergo”  aksiyadorlik jamiyatiga uning 2019-2021 yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga asosiy qarzini qaytarish muddatini 3 yilga uzaytirish bo‘yicha engilliklar berish masalasi ham ko‘rib chiqildi.Yetkazilgan elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorliklarni undirish samaradorligini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi. Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar natijadorligini yanada oshirishi kerakligi qayd etildi.Energiya resurslarining avtomatlashtirilgan hisobini yuritish tizimini joriy etish paysalga solib kelinayotgani tanqid qilindi.Masalan, mazkur tizimni Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida joriy etish bo‘yicha chet el kompaniyasi bilan imzolangan shartnoma qiymati qayta ko‘rib chiqilishi sababli uni amalga oshirish tasdiqlangan reja-jadvaldan 15 oyga kechikmoqda.
“O‘zbekenergo”  AJ, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi 1,4 million iste’molchini avtomatlashtirilgan tizimga ulash ishlarini jadallashtirishi zarurligi ta’kidlandi.Boshqa hududlarda 2019-2021 yillarda Osiyo taraqqiyot banki krediti hisobidan avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish, avtomatik boshqaruv tizimining yagona markazini tashkil etish, kelgusi 3 yilda 5,6 million dona zamonaviy elektr hisoblagich o‘rnatish vazifasi yuklatildi.Prezidentimiz qo‘shni davlatlar energiya tizimlariga tranzit xizmati ko‘rsatish, buning uchun ular bilan muzokaralarni yo‘lga qo‘yish, yurtimizning tranzit va eksport salohiyatidan unumli foydalanish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq berdi.Energiya ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar barpo etish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifasi bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.Yig‘ilishda elektr energetika sohasi faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi qayd etilib, sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

MADANIY MEROS – O‘ZBEKISTON VA FRANSIYA O‘RTASIDAGI MULOQOT KO‘PRIGI

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi arafasida Parij shahrida “Madaniy meros – O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi muloqot ko‘prigi” media-iventi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, YUNESKO, mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan media-iventda O‘zbekistonning madaniy meroslari haqida ma’lumot berildi.O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoev, mamlakatimizning Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi S.Rustamboev, YUNESKO Bosh direktori o‘rinbosari Ernesto Renato Ottone Ramires, O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili U. SHodiev va boshqalar O‘zbekiston-Fransiya o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichda rivojlanayotgani, bunda madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar muhim o‘rin tutishini qayd etdi.Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, madaniy-ma’rifiy sohalarda samarali xalqaro hamkorlik qilish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida hujjatli film namoyish etildi. O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining “O‘zbekiston madaniy merosi mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” loyihasi doirasida chop etilgan turkum kitoblar namoyish qilindi.Tadbir doirasida mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasida rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z borar ekan, ikki davlat rasmiy va akademik doiralari vakillari O‘zbekiston va Fransiyaga tegishli noyob hujjatlarni birgalikda tadqiq qilish va natijalarini keng jamoatchilikka etkazish masalalariga e’tibor qaratdi.“Madaniy meros – O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi muloqot ko‘prigi” mavzusidagi ilmiy seminarda ikki mamlakat taniqli olimlari o‘zaro hamkorlikni yanada mazmunan boyitish, yangi loyihalar ustida ishlash, ilmiy-ma’rifiy almashinuvni faollashtirish istiqbollarini muhokama qildi.Tadbir doirasida YUNESKOga “O‘zbekiston madaniy merosi mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” loyihasi doirasida nashr etilgan turkum kitoblardan namunalar topshirildi.