2018 yil 23 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari

Axborot soati: Yuklab olish uchun

O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING TURKMANISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI TO‘G‘RISIDA

13 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.Suhbatda davlat rahbarlari keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlikning holati va uni oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlarining muntazam uchrashuv va muloqotlari ikki tomonlama do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

*Eslatma: Mazkur haftada o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarining 2-bosqichi – Talaba-yoshlarga 1 dekabr – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” bo‘yicha ma’lumotlar tushuntiriladi.Haftalikning 3-bosqichida talaba-yoshlarga vafodorlik fazilati haqida tushuncha beriladi, 4-bosqichda – talabalarning qaysi bosqichdaligiga qarab oyning boshida berilgan kitoblarning biri haqida fikr-mulohaza yuritiladi.

Prezidentlar o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani kuchaytirish, samarali transport yo‘laklarini shakllantirish, hududlararo va gumanitar almashuvni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.Tomonlar hamkorlikning eng muhim yo‘nalishlari, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetik salohiyatni samarali rivojlantirish borasidagi yondashuv va pozitsiyalari mushtarak ekanini qayd etdilar.Ikki va ko‘p tomonlama keng ko‘lamli hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, xalqaro maydonda tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.Davlat rahbarlari qardosh O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarining farovonligi yo‘lida ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali munosabatlarni izchil kengaytirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar. 

YANGI LOYIHALAR ODAMLAR TURMUSH DARAJASINI YANADA YUKSALTIRISHGA XIZMAT QILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 15 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonga tashriflari chog‘ida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan davrda hududda qator loyihalar hayotga tatbiq etildi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.Prezidentimiz dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.Davlatimiz rahbarining 2017 yil yanvar oyidagi tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bu erda qariyb 80 milliard so‘mlik ish bajarilgan. Aeroport binosi rekonstruksiya qilinib, terminal kengaytirilgan, zamonaviy jihozlangan.Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroporti Qoraqalpog‘istonni iqtisodiy rivojlantirish, biznes aloqalarni kengaytirish, turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.Prezidentimiz Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurdi.Keyingi yillarda hududdagi ekologik holatni yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha bajarilgan manzilli chora-tadbirlar natijasida odamlar turmush darajasi sezilarli oshdi.Davlatimiz rahbarining 2017 yil 28 fevraldagi «2017-2018 yillar davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq to‘qimachilik, farmatsevtika va elektrotexnika mahsulotlari, tomchilab sug‘orish uskunalari, plastmassa quvurlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, baliqchilik va turizmni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlar ishga solindi.2019 yilda Mo‘ynoq tumanida yana ko‘plab – sanoat sohasida 12 ta, qishloq xo‘jaligida 5 ta, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 14 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy soha ob’ektlari qurish va ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan. Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihalar bilan tanishdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi taqdimotida uning hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ushbu innovatsiya markazi Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida bildirgan tashabbusi natijasidir. O‘shanda Prezidentimiz Orolbo‘yi hududiga innovatsion echimlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va boshqa masalalar bo‘yicha muhim takliflarni ilgari surgan edi.Ko‘p o‘tmay, 2018 yil 16 oktyabr kuni Islom taraqqiyot banki va Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining ilmiy-texnik ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi. Orol dengizining qurib qolgan qismidagi sho‘rlangan yerlarda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar ko‘lamini kengaytirish, ekotizimni yaxshilashga ilg‘or tajribalar va innovatsiyalarni joriy etish, sahroni daraxtzorga aylantirish, qurg‘oqchilikni boshqarish, chorvachilikni rivojlantirish kabi vazifalar uning asosiy maqsadi etib belgilandi.Hozirgi kunda bu maqsadlar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi, xalqaro tashkilotlar, jumladan, Fransiya taraqqiyot agentligi mablag‘lari yo‘naltirilmoqda.Hudud hayoti uchun yana bir ahamiyatli loyiha O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan Orol dengizining qurigan tubida 500 ming gektar o‘rmon barpo etish loyihasidir. Shu paytgacha yaratilgan yaylovlar buning imkoni borligini ko‘rsatmoqda. Yaqin uch yilda yana 500 ming gektar maydonda o‘rmon barpo etilishi Orolbo‘yidagi ekologik va iqtisodiy holatni ancha yaxshilaydi. Tuz uchishi va yerning sho‘rlanishi kamayib, chorvachilik uchun ulkan ozuqa manbai yaratiladi.Davlatimiz rahbari mazkur rejalarni ma’qullab, ularni tez vaqtlarda amalga oshirish va yanada rivojlantirish uchun zarur ko‘mak berilishini ta’kidladi. Mo‘ynoqning mavjud salohiyati, tabiiy imkoniyatlaridan foydalanib, kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berdi.Masalan, Mo‘ynoqda qamish ko‘p. Uni qayta ishlaydigan korxonalar tashkil etib, bozorbop qurilish materiallari tayyorlash, yoshlarni ish bilan ta’minlash mumkin. Hududning yana bir imkoniyati – suv havzalari. Ularda baliqchilikni rivojlantirish, baliqni qayta ishlab sotish orqali oilalarga baraka kiradi.Mo‘ynoqda chorvachilik, ayniqsa, echkichilikni rivojlantirish ham mumkin. Echki har qanday muhitga yaxshi moslashadi, ozuqa tanlamaydi. Uning junidan kundalik ehtiyoj tovarlari tayyorlab sotish xotin-qizlar uchun ish o‘rni bo‘ladi.Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan asli shu – Mo‘ynoq aholisi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Ularning sabr-qanoati, vatanparvarligi, mehnatkashligi uchun rahmat aytishimiz, shunga munosib xizmat qilishimiz kerak.Shu bois Prezidentimiz kelgusi ikki yilda Mo‘ynoqda 20 ta ko‘p qavatli uy qurish, yangi shaharcha barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu yerda zamonaviy shaharsozlikdagi barcha yangiliklarni joriy etish, namunaviy infratuzilma yaratish zarurligini ta’kidladi.Ekologiya muzeyi zalida mahalliy aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ana shu ulkan rejalar haqida so‘z bordi. Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq rivojida yangi davr boshlanishi, zamonaviy uy-joylar va korxonalar qurilishi, tuman yoshlarining oliy o‘quv yurtlariga kirishi uchun imtiyozlar berilishini ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidentining tashrifi, tumanni har tomonlama rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori mo‘ynoqliklarga katta quvonch bag‘ishladi.Davlatimiz rahbari Qanliko‘l tumanida barpo etilgan «Kanteks invest» to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi.Prezidentimizning 2017 yil yanvar va dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Qanliko‘l tumanida yirik to‘qimachilik korxonasi tashkil etish loyihasi taqdim etilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida korxona uchun 10 gektar yer ajratilib, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi. Korxonani barpo etish engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda tajribali bo‘lgan «Kanteks invest» MCHJ tomonidan amalga oshirildi. Natijada yaydoq erda zamonaviy to‘qimachilik fabrikasi qad rostladi.Ayni paytda korxonaga Germaniya, Shveysariya, Turkiya va Hindistondan so‘nggi rusumdagi to‘qimachilik dastgohlari keltirilib o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.Loyiha qiymati 38,7 million AQSH dollari bo‘lgan korxonani kelasi yil birinchi choragida ishga tushirish mo‘ljallangan. Bu yerda dastlabki bosqichda yiliga 11 ming tonna sifatli ip-kalava ishlab chiqariladi. 2020 yilda ro‘yobga chiqariladigan navbatdagi bosqichda to‘qimachilik matosi tayyorlash, 2021 yilda amalga oshiriladigan uchinchi bosqichda bo‘yash va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.Korxona to‘la quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga qiymati  25 million AQSH dollaridan ziyod mahsulotni eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.Davlatimiz rahbari korxonaning ishlab chiqarish binosi, to‘qimachilik dastgohlarini ko‘zdan kechirdi, ta’sischilar bilan suhbatlashdi.650 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadigan fabrika uchun bugungi kunda ishchilar tanlab olinib, shu yerning o‘zida tashkil qilingan o‘quv markazida o‘qitilmoqda, shuningdek, boshqa hududlardagi korxonalarda bilim va malakasi oshirilmoqda.Shu yerda Qoraqalpog‘iston Respublikasini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.Qoraqalpog‘iston Respublikasida ip-kalava eksportini kamaytirish, jinsi matosi, momiq sochiq va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ekin maydonlarini klasterlarga berish, hosildorlik va rentabellik darajasini oshirish haqida so‘z bordi. Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar etishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasining amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, jumladan, noyabr oyida faoliyat boshlagan “Lanko Miya” MCHJ qo‘shma korxonasida qizilmiya ekstraktidan Evropa bozori uchun mo‘ljallangan qandolat mahsulotlari, shokolad uchun ingredentlar ishlab chiqarish loyihasi davlatimiz rahbarida katta qiziqish uyg‘otdi. Qoraqalpog‘istonda qizilmiya plantatsiyalarini ko‘paytirish, xorijiy sheriklar bilan vodorod-peroksid zavodini ishga tushirish, investorlar uchun bojxona to‘lovi, mahsulotni standartlashtirishni yengillashtirish, “Nukus-farm” EIZda investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.O‘zbekistonning Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Kuvaytdagi elchixonalari tomonidan ushbu davlatlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimotning e’tiborli jihati bo‘ldi. Prezidentimiz topshirig‘i asosida elchilarimiz tomonidan ushbu mamlakatlar bilan Qoraqalpog‘istonda yirik loyihalarni amalga oshirishga kirishilgani, jumladan, jalb qilinayotgan investitsiyalar hisobiga zamonaviy avtomatlashgan sement va lok-buyoq zavodlari ishga tushirilishi va boshqa katta hajmli loyihalarni tatbiq etishga kirishilgani qayd etildi.Qoraqalpog‘iston kelgusi 2-3 yilda butunlay o‘zgarishi kerak. Elchilar kelib, bu yerda uy-joy, yo‘l infratuzilmasi, ta’lim, ijtimoiy soha, suv ta’minoti kabi yo‘nalishlar bo‘yicha investitsiya loyihalariga takliflar berishi zarur. Eng muhimi, ushbu ishlarning samarasi qoraqalpog‘istonliklar hayotida sezilishi kerak, dedi davlatimiz rahbari.
Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, uzumchilik klasterlari tashkil etish hisobiga ushbu tarmoqlarni rivojlantirish, xorijdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilishni ko‘paytirib, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, hududning eksport salohiyatini yuksaltirish yuzasidan mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilib, yangi zamonaviy tibbiyot muassasalari bunyod etilmoqda, mavjudlari rekonstruksiya qilinayotir.Bu borada Orolbo‘yi aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, mazkur dastur asosida 36 obyektda 84 milliard so‘mlikdan ziyod ish bajarildi, 2,8 million dollarlik zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar keltirildi. 2 ming 365 shifokor Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida, 53 shifokor xorijda malaka oshirdi. 72 zamonaviy avtotransport vositasi keltirildi.“Qo‘ng‘irot” ovul fuqarolar yig‘inidagi 23-oilaviy poliklinika ham joriy yilda rekonstruksiya qilindi. UTT, EKG, biokimyoviy analizator kabi zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi.Shavkat Mirziyoyev mazkur oilaviy poliklinikada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Muassasa “Qo‘ng‘irot”, “SHumanay”, “Qangli” ovul fuqarolar yig‘inlari aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Poliklinikada 5 o‘rinli statsionar va tez tibbiy yordam ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etilgan. Ayollar maslahatxonasi, ijtimoiy dorixona, fitobar aholi xizmatida.Prezidentimizga mobil oftalmologik klinika faoliyati haqida ham ma’lumot berildi. “Isuzu” avtobusida tashkil etilgan ushbu mobil klinika ko‘z kasalligiga chalingan bemorlarni joylarda chuqur tekshiruvdan o‘tkazish va davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishini, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar sog‘lig‘i uchun barcha sharoit yaratilishini ta’kidladi.Prezidentimiz Qo‘ng‘irot tumanidagi “Wunderkinds in Kungirad” maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi.Davlatimiz rahbari farzandlarimiz tarbiyasining birinchi va muhim bo‘g‘ini – maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga doimiy e’tibor qaratib keladi.Qo‘ng‘irot tumani “Qo‘ng‘irot” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Wunderkinds in Kungirad» davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasasiga 90 dan ziyod bola qamrab olingan.Mazkur bog‘cha joriy yil 7 noyabr kuni faoliyat boshlagan. Tadbirkor Dilnoza Abdullaeva mart oyida hududdagi tashlandiq binoni «nol» qiymatda olib, uni zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasiga aylantirdi. Buning uchun “O‘zsanoatqurilishbank”dan 1,5 milliard so‘m kredit ajratildi. 500 million so‘m o‘z mablag‘ini sarfladi. Bog‘chada bolalarga rus, ingliz tillari interfaol usullarda o‘rgatiladi. Sport to‘garaklari mavjud.Davlatimiz rahbari bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi.Farzandlarimizni bolaligidan sog‘lom, aqlli qilib tarbiyalasak, ertaga maktabga bilimli yoshlar keladi. Maktabni o‘quvchilar har tomonlama bilimli bo‘lib bitirsa, institutlarimizga ilm-ma’rifatli, ma’naviyatli yoshlar boradi, mamlakatimiz uchun yaxshi kadrlar etishib chiqadi. SHuning uchun maktabgacha ta’lim doim diqqatimiz markazida bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezidentimizga Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘zda tutilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.