Axborot soati 25-10-2019

Axborot soati 25-10-2019

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,
IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIOLOGIK XILMA-XILLIK HAQIDAGI KONVENSIYANING BIOXAVFSIZLIK BO‘YICHA KARTAXENA PROTOKOLIGA QO‘SHILISHI TO‘G‘RISIDA (MONREAL, 2000 YIL 29 YANVAR)
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasining-biologik-khilma-khillik-a-idagi-k-15-10-2019
MADANIY IFODALARNING TURLI XIL SHAKLLARINI MUHOFAZA QILISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYANI (PARIJ, 2005 YIL 20 OKTABR) RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
http://uza.uz/oz/documents/madaniy-ifodalarning-turli-khil-shakllarini-mu-ofaza-ilish-v-15-10-2019
O‘ZBEKISTON VA OZARBAYJON PREZIDENTLARINING UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuga kelgach, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar.
Mamlakatlarimiz yetakchi kompaniyalari va tadbirkorlari darajasida ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama hukumatlararo komissiya faoliyatini jonlantirish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.
Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni mamlakatimiz Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilgani bilan tabriklab, bu, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi.
Davlatimiz rahbari sammit yuksak darajada tashkil etilganini alohida ta’kidladi va Ozarbayjonning tashkilotda muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi.
Uchrashuv yakunida Prezidentlar ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladilar.