Bino va inshootlar

Kafedra mudiri:t.f.n., dotsent Mahmudov Mirzajon Mahmudovich

Qabul kunlari:Har kuni 13:00 dan 15:00 gacha (chorshanba va shanbadan tashqari)

Telefon: (93) 7270727

 E-mail: maxmudov_1948@mail.ru

 
 
 
 
 
 
 
 
Kafedra tarixi
“Bino va  inshootlar” kafedrasining tarixi institut tarixi bilan chambarchas bog’liq. Kafedra “Fuqaro va sanoat binolari arxitekturasi” nomi bilan 1969 yil sentyabr oyida “Sanoat va fuqaro qurilishi” fakulteti tasarrufida O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan quruvchi Xudayqulov Inatulla Izzatullayevich boshchiligida tashkil qilingan. 
Turli yillarda kafedrada ishlab chiqarishdan taklif qilingan dotsentlar Yu.S. Gapeyev, V.G. Sotskov, V.A. Mejerovskiy, G.N. Lang va institutning bitiruvchilari, dotsentlar P.A. Azizov, M.M. Mahmudov, G’.Sh. Shukurov, texnika fanlari doktorlari, dotsentlar U.F. Faxriddinov, E.S. Tulakovlar mudirlik qilishgan.
2014-2016 yillarda kafedrada ToshPI bitiruvchisi, “Qurilish” fakultetining hozirgi dekani t.f.n., dotsent A.A. Bayzakov mudirlik qilgan. 2017 yil yanvardan boshlab kafedra mudiri vazifasida t.f.n., dotsent M.M.Mahmudov faoliyat ko’rsatmoqda. 
Turli yillarda kafedrada ko’p yillar mobaynida ishlab, qurilish sohasi bo’yicha kadrlar tayyorlashda katta hissa qo’shgan o’qituvchilardan professorlar Ye.A. Soldatov, A.F. Saidjanov, dotsentlar A.A. Abdullayev, A.X. Samandarov, N.R. Ro’ziyev, K.I. Ismailov, katta o’qituvchilar R.R. Eshonqulov, T.N. Kim, N.M. Akchurina, O.N. Krasnoyarseva, N.A. Ponomareva, F.K. Asatullayev,  U.M. Mardanovlarni  eslab o’tish  joiz.
2011 yildan boshlab kafedra 5A340201- “Bino va inshootlar qurilishi” (energiya samarali binolar) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlamoqda. Bundan tashqari kafedrada 05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” mutaxassisligi bo’yicha doktorantura (PhD) ham mavjud.
Hozirgi vaqtda “Bino va inshootlar” kafedrasida har yili  5340200- “Bino va inshootlar qurilishi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 50-60 nafar qurilish fakulteti bitiruvchilari, 5610100-“Xizmatlar sohasi” (turar-joy, kommunal va maishiy xizmat) ta’lim yo’nalishi bo’yicha kamida 15 nafar bitiruvchi diplom loyihalarini bajarishmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilar jamoasi zamonaviy talablar, xalqaro qurilish va loyihalash amaliyotini hisobga olgan yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, amaliy va laboratoriya darslari uchun uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish  asosida qurilish sohasi bo’yicha kadrlarni tayyorlash sifatini yanada ko’tarish borasida doimiy ravishda faoliyat olib borishmoqda.
Kafedra bilan qurilish va loyihalash tashkilotlari, turdosh oliy ta’lim muassasalari o’rtasida doimiy ravishda aloqalar o’rnatilgan, ulardagi   malakali mutaxassislar bitiruvchilarning diplom loyihalariga rahbarlik qilishga jalb etilgan. Talabalarni o’quv va diplomoldi amaliyotlarini o’tishlari bo’yicha ko’plab qurilish va loyihalash tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. 
Kafedrada bino va inshootlarni kompyuterda loyihalash fani bo’yicha laboratoriya darslari olib borish uchun zamonaviy jihozlangan 2 ta maxsus kompyuter sinflari  tashkil qilingan.
Kafedra professor-o’qituvchilari institutning deyarli barcha fakultetlarida dars o’tishadi, kurs ishlari loyihalari va diplom loyihalariga konsultasiyalar berishadi. Institut mutaxassislar chiqarishni boshlagandan beri 48 yil mobaynida kafedra o’qituvchilari tomonidan 2,5 mingdan ortiq arxitektura-qurilish sohasi uchun muhandis-quruvchilar tayyorlandi. Ulardan ko’plari yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarida faoliyat ko’rsatishmoqda. 
Kafedra professor-o’qituvchilar jamoasi  bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun qo’yidagi fanlardan dars berishadi: 
Fuqaro va sanoat binolari arxitekturasi
Bino va inshootlar arxitekturasi
Arxitektura
Sanoat binolari
Yo’l inshootlari arxitekturasi
Arxitektura va shaharsozlik asoslari  
Binolarni tashxisi va ekspertizasi
Arxitekturaviy fizika
Qurilish fizikasi
Qurilish fizikasi va binolarning energiya samaradorlik injeneriyasi
Energiyasamarador binolarning konstruksiyalari
Bino va inshootlarning texnik ekspluatasiyasi
Bino va inshootlar rekonstruksiyasi
Bino va inshootlarni kompyuterda loyihalash
Kafedra o’qituvchilari  magistraturada qo’yidagi fanlardan dars o’tishadi:
Bino va inshootlarni  ta’mirlash va qayta qurish
Quruq issiq iqlim sharoitida shaharsozlik
Binolarni energiya samaradorligini oshirish
Binolarni loyihalashning nazariy va amaliy masalalari
Kompyuter dasturlari asosida binolarni loyihalash (BIM texnologiyalari)
Ilmiy tadqiqot usullari
Eksperimentni rejalashtirish va  natijalarga  ishlov berish.
Kafedra shtati 20,25 birlikda, 19 kishi to’liq stavkada, 3 kishi ichki o’rindosh va 1 kishi tashqi o’rindosh bo’lib ishlashadi. O’qituvchilardan 1 nafari texnika fanlari doktori, 5 nafari texnika fanlari nomzodlari,    5 nafari katta o’qituvchilar, 8 nafari ilmiy darajasiz assistentlar va  1 nafari stajyor-o’qituvchidan iborat. Kafedra ilmiy salohiyati 29,6 % ni tashkil etadi.
Kafedraning ilmiy- tadqiqot ishlari:
Kafedra professor-o’qituvchilar jamoasi “Binolar va tashqi to’siq konstruksiyalarining energiya samaradorligini oshirish” umumiy muammo bo’yicha ishlar olib borishmoqda.
Kafedra o’qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar energiya samarador yechimlarni ishlab chiqish maqsadida har xil samarador, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari asosida olinadigan materiallardan bajarilgan issiqlik izolyasion qatlamli tashqi to’siq konstruksiyalarni issiqlik himoyalash xususiyatlarini  tadqiq qilish ustida ish olib bormoqdalar. 
Kafedraning o’quv-uslubiy ishlari:
Kafedrada barcha yuqoridan ko’rsatilgan fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Kafedraga 4 ta o’quv auditoriyalari, 2 ta 16 ta zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan sinflar, talabalar kurs loyihalari, diplom loyihalarini bajarishlari uchun zarur o’quv va normativ adabiyotlar bilan ta’minlangan o’quv-uslubiy xona biriktirilgan. Unda talabalarning kurs ishi va loyihalarini bajarishlari va o’qituvchilar tomonidan maslahatlarni tashkil etishuchun  barcha sharoitlar yaratilgan.
Kafedra o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan darsliklar va o’quv qo’llanmalar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining grifi bilan chop qilingan.  Dosentlar P.A. Azizov tomonidan yaratilgan 4 ta o’quv qo’llanma, G’.Sh.Shukurov tomonidan tayyorlangan 3 ta darslik va 4 ta o’quv qo’llanma shular jumlasidandir. Bundan tashqari dotsent M.M. Mahmudov tomonidan o’zbek tilida 7 o’quv qo’llanma nashr etilgan, 3 ta o’quv qo’llanma S.M. Matyazov tomonidan, 2 ta o’quv qo’llanma professorlar V.A. Mejerovskiy tomonidan, 1 ta o’quv qo’llanma A.F. Saidjonovlar rus tilida yaratilgan. Qurilish kasb-hunar kollejlari talabalari uchun t.f.d. U.F. Faxriddinov, dotsentlar A.A. Bayzakov, G’.Sh. Shukurovlar tomonidan  Samarqand shahridagi kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari bilan hammualliflikda o’zbek tilida o’quv qo’llanma tayyorlangan.
2018 yilda dotsent G’.Sh. Shukurov tomonidan bakalavrlar uchun “Qurilish fizikasi” fanidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining grifi bilan darslik chop qilindi. T.f.d., dotsent E.S. Tulakov tomonidan fanlardan videofilmlar tayyorlanib “ZiyoNET” ga kiritilgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitiladigan deyarli barcha fanlardan darslar bo’yicha taqdimotlar tayyorlangan, ularni videoproyektorlardan foydalangan holda o’tilishi uchun 7 ta videoproyektor mavjud.
Kafedra manzili: SamDAQI, 2-bino, 4-qavat, 240-244 auditoriyalar. 
Mobil telefon (93) 727-07-27.