Bino va inshootlar kadastri

Kafedra mudiri:  texnika fanlari nomzodi, dotsent Doniyor  Ochilovich Jo’raqulov

Qabul kunlari: Har kuni 15-00 dan 17-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

Telefon: +99897  405-24-05

E-mail: kadastrkafedra@mail.ru

 

 

 

 

 

Kafedraning rivojlanish tarixi
“Bino va inshootlar kadastri”  kafedrasi institutning asosiy mutaxassislik kafedralaridan  biri hisoblanadi. Kafedra institut ilmiy kengashining 2018 yil 4 sentyabrdagi 1-sonli  yig’ilish qaroriga asosan “Geodeziya, kartrografiya va kadastr” kafedrasining “Bino va inshootlar kadastri”  kafedrasi hamda “Geodeziya va kartografiya” kafedralariga aylantirilishi munosabati bilan tashkil etildi. Kafedraning  shakllanish  va rivojlanish tarixi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituting   tashkil topishi bilan chamarchas bo’g’liq. E’tirof etish joizki, “Bino va inshootlar kadastri”  kafedrasi hamda “Geodeziya va kartografiya” kafedralari o‘zlarining boy tarixiga ega.  Kafedra 1967 yil “Umumiy muxandislik fanlari” kafedrasidan ajralib chiqdi va unga «Muxandislik geodeziyasi» nomi berildi. Uning tarkibida marhum T.Qo’ziboev, Q.Bo’riev va O.Trofimovalar bor edi. So’ngra O’zGIPROZEM  (hozirgi O’zbek Davlat yer tuzishni ilmiy loyihalash) institutidan N.Nishonboev (1968), SamDU dan F.Narzullaev (1968) lar kafedra professor-o’qituvchilari safiga qo’shildilar. Kafedra professor–o’qituvchilari safi kundan–kunga kengaya bordi. SamDU dan Sh.Abraev (1970), B.Omonov (1991), TashPI dan N.Murodullaev (1972), S.Toshpo’latov (1973), mahrum O.Haydarov (1973), T.Safarov (1975), Sh.Bekirov (1978), A.Suyunov (1981), Sh.Avchiev (1984), M.Xudayqulov (1984), TIMI dan Sh.Davlatov (1971), D.O.Jo’raqulov (1981), H.Alimova (1979) SamDAQI dan M.Mukoseeva (1984), S.Jalilov (1980), E.Isakov (1987), M.S.Burxonov (2004), 1997 yildan A.Ahunjonov, A.Salaxiddinov (1999), G’.Artikov (2000),  T.S.Burxonov (2006),  F.E.Gulmurodov (2010), O.M. Ravshanova, V.R.Niyazov (2012), N.Sh.Umarov (2014),  L.T.Ibragimov, U.A.Raximov (2015), Z.R.Yarqulov va M.X.Baxrinova 2016 yildan   professor–o’qituvchilari safiga  kirdilar. 
Kafedraga 1996–yilning noyabr oyidan “Geodeziya va yer kadastri” kafedrasi nomi berildi.  Kafedra a’zolaridan Sh.Davlatov (1978), N.Murodullaev (1979), S.Toshpo’latov (1980), O.Haydarov (1984), N.Nishonboev (1985), A.Suyunov (1988), D.Jo’raqulov (1990), Sh.Avchiev (1990), B.Omonov (1991), S.Jalilov (1992), E.Isakov (1993) nomzodlik dissertatsiyalarini, A.Suyunov (1995) doktorlik dissertasiyasini, A.A.Saloxiddinov(2004) va M. Burxonov (2004) nomzodlik dissirtatsiyalarini himoya qildilar. 
A.Suyunov yaratgan ixtirosi uchun patent, D.Jo’raqulov va B.Omonov mualliflik guvohnomalariga ega bo’lishdilar.
O’tgan vaqt mobaynida kafedrani T.Qo’ziboev (1967–69), Q.Bo’riev, N.Nishonboev (1969–75), M.Qo’ziboev (1975–79), Sh.Davlatov (1979–85), S.Toshpo’latov (1985–88), N.Murodullaev (1988–92), Sh.Davlatov (1992–95), A.S.Suyunov (1996–2002), E.X.Isakov (2002–2008), G’.A.Artikov (2008–2010), (2010-2018) yillarda D.O.Jo’raqulov boshqarganlar.  2018 yildan buyon kafedaga texnika fanlari nomzodi, dotsent  Doniyor Ochilovich Jo’raqulov  yetakchilik qilmoqda.
Hozirgi vaqtda “Bino va inshootlar kadastri”  kafedrasi  professor-o’qituvchilar  O’zbekistonda kadastr tizimi  bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan maskanlardan biri bo'lib, talabalar o'qish jarayonida kadastr sohasida har tomonlama tayyorgarlikka ega bo’lishlari uchun harakat qilishmoqdalar.
“Bino va inshootlar kadastri”  kafedrasi tomonidan talabalarni o’qitishda soha korxonalari bilan o’zaro hamkorlikda ishlab, bozor iqtisodi talablarini o'zgarishiga mos holda o'qitish,  amaliyotga  yo’naltirilgan holda   kadrlar tayyorlashga asosiy e’tibor qaratmoqda. Jumladan, soha korxonalari bilan,  xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda kafedra jamoasi o‘zining diqqat e’tiborini yuqori malakali kadrlar  tayyorlash bilan bir qatorda respublikamizning kadastr tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar yer usatkalaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, bino-inshootlar kadastri, yer resurslarini boshqarish,  kadastr ishlarini takomillashtirish yo‘nalishlarida katta xajmdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga, shuningdek talabalar o‘rtasida yuksak darajada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarishga qaratgan. Kafedrani chet mamlakatlardagi va respublikamizdagi  oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, shuningdek ishlab-chiqarish hamda ilmiy-loyihalash tashkilotlari bilan aloqalari mustahkamlanmoqda.
 Kafedra bakalavriat talim yo'nalishi:
•5311500 – “Geodeziya, kartografiya va kadastr (Bino va inshootlar kadastri)
 Kafedrada tayanch doktorantura ixtisosligi:
•06.01.10-Yer tuzilishi, kadastr va yer monitoringi

 Kafedrada o'qitiladigan fanlar:
•Yer va bino inshootlar  huquqi
•Bino va inshootlar kadastri
•Hududlar davlat kadastri
•Ko’chmas mulk davlat kadastri
•Geoinformatika va fazoviy  tahlil
•Davlat yer kadastri
•Shaharsozlik kadastri
•Davlat kadastri asoslari
•Yer va bino inshootlar ro’yhati va hisobi
•Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish
•Kadastr kartalarini loyihalash va tuzish
•Kartografik chizmachilik
Kafedrada 12,5 shtatda 10 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat  olib bormoqdalar. Bulardan  2  nafar texnika fanlari nomzodi,  dotsent,  2 nafar  qishloq xo’jalik fanlari nomzodi,  katta o’qituvchi,4  nafar katta o’qituvchi, 1 nafar o’qituvchi hamda 1 nafar  stajyor o’qituvchi  faoliyat yuritmoqda.  Hozir kafedrada ilmiy darajali xodimlar soni 40 % ni tashkil etadi.
 “Bino va inshootlar kadastri”  kafedrasining  ilmiy  tadqiqot faoliyatining  ustuvor  yo’nalishlari:
“Bino va inshootlar kadastri”  kafedrasi  professor-o’qituvchilari tomonidan kunning ikkinchi yarmida ilmiy tadqiqot  faoliyatining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha qo’yidagi mavzular asosida  ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:
1.O’zbekiston Respublikasida Milliy geografik axborot tizimini yaratish va yuritish muammolari (Mavzu rahbari:  D.O.Jo’raqulov);
2.Geoaxborot   texnologiyalari yordamida   davlat kadastrlari yagona tizimini  kartografik  ta’minlashni takomillashtirish  (Mavzu rahbari:  L.T.Ibragimov);
3.Yer va Suv resruslarini boshqarishda  geoaxborot texnologiyalarini tadbiq qilish    (Mavzu rahbari: N.Sh.Umarov);
4,O’zbekistonda turizm infratuzilmasini kartaga olishning ilmiy asoslari (Mavzu rahbari: F.E.Gulmurodov).
 
“Bino va inshootlar kadastri”  kafedrasining  xalqaro  ilmiy aloqalari:
“Bino va inshotlar kadastri” kafedrasida xalqaro hamkorlik,  chet el bilan ilmiy aloqalarni   kengaytirish bo’yicha samarali ishlar olib borilmoqda.  Jumladan: MDX mamlakatlarning quyidagi turdosh oliy o’quv yurtlari bilan ilmiy  aloqalar yo’lga qo’yilgan:
Shvetsiya Qirollik universiteti;
Obuda universiteti;
Moska davlat yer tuzish universiteti; 
Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti; 
Qozog’iston agrartexnika universiteti;
Qozog’iston davlat milliy universteti; 
Tojikiston davlat agrar universiteti;
Boku Davlat universiteti.
“Bino va inshootlar kadastri”  kafedrasining  O’zbekistondagi  hamkor ta’lim muassasalari:
•O’zbekiston Milliy universiteti; 
•Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti;
•Qaraqalpoq davlat universiteti;
•Urganch davlat universiteti;
•Toshkent davlat texnika universiteti;
•Toshkent arxitektura va qurilish instituti;
•Farg’ona politexnika instituti;
•Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
•Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti Buhoro filliali;
•Samarqand davlat universiteti;
•Qarshi davlat universiteti.

Kafedra bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan  ishlab chiqarish korxonalari:
Davlat kadastrlari, geodeziya va kartorgrafiya  milliy markazi; 
Geoinformkadastr davlat korxonasi;
O’zbek  Davlat  yer  tuzishni  ilmiy-loyihalash  instituti;
Samarqand viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi; 
“O’ZGASHLITI” DUK Samarqand filliali;
Samarqand viloyat yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri korxonasi.

Kafedrada bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari:

T/r

F.I.SH.

Ixtisoslik shifri va nomi

Mavzusi

1.

Jo’raqulov

Doniyor Ochilovich-

texnika fanlari nomzodi, dotsent

06.01.10-Yer tuzish, kadastr va yer monitoring

(Dsc)

Davlat kadastlarini                       avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish uchun geaxborot, kartografik va matematik modellashtirishning ilmiy asoslarini yaratish

2.

Bobobekov

Isomiddin

Nuridinovich-

q.x.f.n

06.01.10-Yer tuzish, kadastr va yer monitoring

(Dsc)

O’zbekiston Respublikasi tuproqlari unumdorligini baholash va tuproq turlari atlasini tuzishda  uchuvchisiz uchuvchi aparratlardan foydalanishni takomillashtirish

3.

Gulmurodov Farrux Eshmurodovich

11.00.06-Geodeziya. Kartografiya

(PhD)

O’zbekiston viloyatlarini turizm maqsadlari uchun tizimli  kartaga olishning ilmiy asoslari

(Samarqand viloyati misolida)

4

Ibragimov Lazizbek Toshpo’lat o’g’li

11.00.06-Geodeziya. Kartografiya

(PhD)

Geaxborot texnologiyalari yordamida davlat suv kadastrini kartografik ta’minlashning ilmiy asoslarini yaratish  (Qashqadaryo viloyati misolida)

5.

Umarov Nurali

Shermatovich

11.00.06-Geodeziya. Kartografiya

(PhD)

Geaxborot texnologiyalari yordamida yer kadastrini kartografik ta’minlashning ilmiy asoslari

6.

Yarqulov Zokir Raxmonovich

06.01.10-Yer tuzish, kadastr va yer monitoring

(PhD)

Texnogen xavfi yuqori bo’lgan hududlar kadastri geoportalini yuritish metodologiyasini ilmiy asoslash

7.

Ravshanova Ozoda Mustafoqulovna

06.01.10-Yer tuzish, kadastr va yer monitoring

(PhD)

Hududlar davlat kadastri geoportalini  umumdavlat darajasida yuritish metodologiyasini ilmiy asoslash

8.

Niyazov Vohidjon

Ro’zievich

11.00.06-Geodeziya. Kartografiya

(PhD)

GNSS texnologiyasi yordamida geodezik tarmoqlarni optimllashtirish usullarini ishlab chiqish

9.

Rahimov Ulug’bek Abdullayevich

06.01.10-Yer tuzish, kadastr va yer monitoring

(PhD)

Madaniy meros ob’yektlari davlat kadastrini kartografik-geodezik ta’minotni takomillashtirish

 

Kafedra manzili: 140147, Samarqand sh., Lolazor ko‘chasi 70 uy.  Samarqand  davlat arxitektura-qurilish instituti  “2” bino, 4 qavat  244-xona, “Bino va inshootlar kadastri”  kafedrasi,  Telefon: +99897  405-24-05  E-mail: kadastrkafedra@mail.ru