Chet tillar

 

  Kafedra mudiri: KENJAYEV MIRZOXID ERGASHEVICH

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon:  (8 366) 237-14-78

     E-mail: mirzoxid_8484@umail.ru

 

 

 

 

 

Tillarni o’rganish kafedrasi haqida

    Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Tillar kafedrasi 1966 yildan boshlab faoliyat kursatmokda. Kafedra institut tillar kafedrasi tasarrufidan 1969 - yilda ajralib, "Rus va chet tillari" nomi bilan ish boshladi. 2004 yil noyabr oyida Institut ilmiy kengashi qarori asosida "O’zbek va rus tillari" kafedrasi bilan "Chet tillar" kafedrasi qo’shilib, "Tillar” kafedrasi deb nomlandi. 2011 yil sentyabrdan kafedra Tillarni o’rganish deb nomlandi. Tillarni o’rganish kafedrasi institutdagi eng yirik kafedralaridan biri hisoblanadi. Hozirda kafedraga ingliz tili o’qituvchisi Mamaraimov Davron Madaminovich rahbarlik qilib kelmoqda.
   Tillarni o’rganish kafedrasida ingliz, nemis, fransuz, o’zbek va rus tillaridan amaliy mashg’ulotlar o’tiladi.
   Hozirgi kunda kafedramizda 26 nafar professor-o’qituvchilar ishlaydi. Ularning 11 nafari ingliz tili, 3 nafari nemis tili, 4 nafari fransuz tili, 8 nafari o’zbek va rus tillaridan amaliy mashg’ulotlar olib borishadi. Shuningdek, kafedrada kafedrada hozir 1 nafar filologiya fanlari doktori, professor v.b., 3 nafar filologiya fanlari nomzodi, dosentlar, 2 nafar dosent v.b., 8 nafar katta o’qituvchi, 12 nafar o’qituvchi  va 2 nafar o’quv yordamchi xodimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
   Tillarni o’rganish kafedrasi professor-o’qituvchilarining  o’rtacha yoshi - 45 yosh bo’lib, ilmiy saloxiyat 8 % ni tashkil etadi.
   Mustaqillik yillarida kafedra a’zolari Usmon Sanaqulov doktorlik dissertasiyasini, Buvsara Axmedova va Shohista Mamatqulovalar esa nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilishdi.
   Kafedrada so’nggi 20 yil maboynida 50 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar, lug’atlar, so’zlashgichlar va 300 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Kafedra a’zolari xalqaro, Respublika va viloyat ilmiy anjumanlarida faol qatnashib kelmoqdalar.
  Kafedrada o’qitiladigan ingliz, nemis, fransuz, o’zbek va rus tili fanlaridan o’quv-uslubiy majmualar tayyorlangan va doimiy ravishda qo’shimchalar kiritilib, mukammallashtirilib kelinmoqda.
   Kafedra professor-o’qituvchilari aqliy hujum, muammoli o’qitish,  kompyuterda o’qitish,   tabaqalashtirilgan  o’qitish,    kichik guruxlarda ishlash,    tarqatma  ko’rgazmali va texnika vositalardan foydalanib o’qitish  kabi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib amaliy mashg’ulotlar olib borishadi.
   Shuningdek, kafedra o’qituvchilari Ustoz-shogird faoliyat ko’rsatmoqda. Bulardan tashqari kafedra a’zolari institutda tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirgarda faol qatnashadilar.
   So’nggi yillarda Tillarni o’rganish kafedrasining filiallari SamDAQI qoshidagi 1-son akademik liseyi, SamDAQI qoshidagi 2-son akademik liseyi va Samarqand shahridagi harbiy-qurilish yo’nalishidagi akademik liseylarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.