Chizma geometriya va muhandislik grafikasi

   Kafedra mudiri: Uzoqov Sherzod Hamidovich

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon: (0366)-237-22-12

   E-mail: uzoqov@umail.uz   

 

 

 

 

 

«Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» kafedrasi 1966 yilda tashkil topgan. Dastlab kafedrada Petuxov V.I (1966-1967 y.y.)., Guriyevich G.P. (1967-1970y.y)., Yumatov F.I. (1970-1974 y.y. keyin 1974 yildan boshlab t.f.n., dosent Uzokov X.U.(1974-1960 y.y), va (1994-2000 y.y), t.f.n., dosent Kamalov A.K.(1980-1985 y.y), t.f.n., dosent Alimov R.U. (1985-1994 y.y) kafedra mudiri vazifasida ishlab kelganlar. 1990 yildan kafedra ikkiga bo’linib «Amaliy geometriya va muxandislik grafikasi» va « Loyixalarni avtomatlashtirish tizimi» kafedralariga bo’linib, 1994 yilgacha faoliyat ko’rsatib keldi. 1994 yildan 2000 yilgacha yuqoridagi ikkala kafedra qo’shilib, «Amaliy geometriya, mashina grafikasi va loyixalarni avtomatlashtirish tizimi» kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritdi. 2000 yildan boshlab bakalavrlar tayyorlash bo’yicha o’quv rejalarini inobatga olib, kafedraning nomi «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» qilib o’zgartirildi. 2000-2002 yillarda t.f.n., dosent Abduraimov M.,  2002- 2007 yillarda t.f.n., dosent Masaridinov A.M., 2007-2011 yillarda t.f.n. Uzokov X. raxbarlik kildi. 2011 yilda boshlab Uzokov Sh.X. kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmokda.
Kafedra uzoq yillardan buyon Respublikamizdagi va sobiq ittifoqdagi ko’pgina yetuk oliy o’quv yurtlarining jumladan , MAI, MISI, MADI, MArxI, KISI, LISI, TASI va boshqa oliy o’quv yurtlarning  «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» kafedralari bilan ilmiy metodik aloqalar o’rgatib, hamkorlikda ishlab kelmoqda. Kafedramiz professor-o’qituvchilarining asosiy qismi fan nomzodlari bo’lib, ular Moskva va Kiyev shaxarlaridagi yetakchi oliy o’quv yurtlarida aspiranturani o’tab, nomzodlik dissertasiyalarini ximoya qilishgan. Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar texnika fanlari nomzodi, dosent, 2 nafar dosent  bir 2 katta o’qituvchi hamda 3 nafar assistent faoliyat ko’rsatmokda.
Kafedrada talabalar konstruktorlik uyushmasi tashkil qilingan bo’lib, uyushmaga a’zo talabalar ilmiy natijalari bilan ilmiy anjumanlarda qatnashdilar. Alohida yuqori ko’rsatgichlarga ega talabalarga viloyat, respublika olimpiadalariga qatnashishlari uchun tavsiya beriladi.
Kafedramizda quyidagi fanlar bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari olib boriladi:

  1. Chizma geometriya va muxandislik grafikasi;
  2.  Chizmachilik
  3. Kompyuter grafikasi;
  4. Soyalar nazariyasi va perspektiva;

Kafedramiz professor-o’qituvchilari tomonidan barcha ta’lim yo’nalishdagi talabalar uchun Chizma geometriya, muxandislik grafikasi va kompyuter grafikasi kurslaridan uslubiy qo’llanmalar chop qilingan. Dos. Qulnazarov B tomonidan san’at yo’nalishlari talabalari uchun «Chizma geometriya” fanidan o’quv qo’llanma, dos. Voxidov B. tomonidan qurilish yo’nalishi talabalari uchun «Chizma geometriya” fanidan o’quv qo’llanma chop etilgan.
Kafedramiz a’zolari tomonidan asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi:

1.Qobiqli yopilmalar sirtlarini geometrik modellashtirish va ularni optimal loyihalashtirish.
2.Texnik shakllar sirtlarini geometrik modellashtirish va ularni loyihalashni avtomatlashtirish.

Yuqorida qayd etilgan mavzular bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’lkan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va buning natijasi ularoq 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Bajarilgan ilmiy ishlar natijalari arxitektura va qurilish qobikli yopilmalari sifatida hamda texnikada quvur tarmoqlari murakkab kismlarini loyixalashda qo’llanilib kelinmoqda. Xozirgi kunda kafedra qoshida 2 nafar aspirant kafedra professor-o’qituvchilari raxbarligida ilmiy izlanishlar olib bormokdalar. Kafedramiz professor-o’qituvchilari o’quv-uslubiy va ilmiy ishlar olib borishlari bilan bir qatorda alohida reja asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jalb qilingan.