imtihon-topshiriladigan-fanlar

“Arxitektura” va “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha “Chizmachilik” va “Rasm” fanlaridan, “Dizayn” ta’lim yo’nalishi bo’yicha esa “Qalamtasvir” va “Rangtasvir” fanlaridan ijodiy imtihonlar 21 iyuldan 25 iyulgacha o’tkaziladi. Ijodiy imtihonlar yagona ko’p ballik baholash tizimi  asosida tashkil qilinadi.
Bundan tashqari, “Arxitektura”, “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha umumta’lim fanlari matematika, ona tili va adabiyotdan test sinovi yuqorida ko’rsatilgandek boshqa ta’lim yo’nalishlar bilan bir kunda o’tkaziladi.
Hujjatlar 2018 yil 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.