Kasaba uyushma qo'mitasi

 

 

  Rais: Axunjanov Abduraxmon Maxmudovich

  Telefon: (8 366) 237-10-42

  Elektron manzil: samgasiprof@mail.ru

  Kasaba uyushmasining maqsad va vazifalari

 

 

 

               Kasaba uyushmasining maqsad va vazifalari

Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi a’zolari, shuningdek korxona, tashkilot, muassasalar (bundan keyin korxonalar) jamoalarining mehnat, ijtimoiy-qitisodiy, intellektual huqu va manfaatlarini himoya qilishni amalga oshirishdir.

Kasaba uyushmasi  ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
Tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlari, shuningdek, umuman kasaba uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish, birligi va birdamligini mustahkamlashga;
Tarmoq  Kelishuvlari va jamoa  shartnomalari tuzish bo’yicha ijtimoiy sheriklik tamoyillarining yo’lga qo’yilishiga, jamoaviy muzokaralarni tashkil etilishi, ularning bajarilishi nazoratini amalga oshirilishiga;
Mehnatga haq to’lash va mehnat shartlarida ijtimoiy-adolatli tizim joriy etilishi va uni takomillashtirilishiga;
Korxonalarda mehnat qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishi, xodimlarga meyoriy hujjatlarda ko’zda tutilgan barcha imtiyoz va kafolatlarning berilishiga;
Kasaba uyushmasi a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat, fuqarolik huquq va kasbiy manfaatlarini himoya qilish uchun  jamoatchilik maslahatxonalarini  tashkil etilishi, o’z vakolatlarini amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilishiga;
Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va sharoitlari hamda atrof muhit muhofazasi holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, ish joylarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini bartaraf etilishi, ishlovchilarga sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari, qulay maishiy sharoitlar yaratilishiga;
Kasaba uyushmasi a’zolarining sog’liqlarini mustahkamlash, ommaviy jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratilishiga, dam olish va sanatoriy-kurortlarda sog’lomlashtirishning samarali va hammabop bo’lishi ta’minlanishiga;

Mehnat ta’til berish to’g’risida

Professor-o’qituvchilar  - 48 ish kun
Doktorant va aspirantlarga – 30 ish kun
Ma’muriy-boshqaruv, mutaxassis, o’quv-yordamchi, stajyor-tadqiqotchi, ilmiy, ilmiy-texnik. Texnik va xizmatchi xodimlarga – 24 ish kuni
Xo’jalik bo’limining santexnik, elektrik, durodgor, qozonxona operatori, liftyor, haydovchi va qurilish ta’mirlash bo’limi ishchilariga – 21 ish kuni
Bog’bonlar, yig’ishtiruvchilar, qarovullar, faroshlarga  -18 ish kuni
Quyidagilarga ularning yoshi va sog’lig’i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga – 30 kalendar kun;
Ishlayotgan  I va  II guruh nogironlariga – 30 kalendar kun;
Maxsus va 2-bo’lim xodimlariga, ularning mehnat vazifalarining o’ziga xos jihatlari va xususiyatlarini e’tiborga olib, me’yoriy hujjatlarga muvofiq – 30 kalendar kun
Yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’tillarning davomiyligi, ularni hisolash va haq to’lash tartibi, shuningdek ta’til berish uchun asos  o’ladigan ish stajini hisobga olish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (Mehnat kodeksining 113-162 moddalari)
Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo’yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqiladi.
Ta’til davriga to’g’ri kelib qolgan va ishlamaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.
Ta’tillar muddatini ishlagan vaqtga mutonosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir to’liq ta’til miqdorini o’n ikkiga bo’lib, so’ng to’liq ishlagan oylar soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda o’n bsh kalendar kuniga teng va undan ko’p bo’lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o’n besh kalendar kunidan kami esa chiqarib tashlanadi.
Professor-o’qituvchilar tarkibiga yillik ta’tillar, qoida tariqasida, yozgi ta’til davrida beriladi.
Aspirant va doktorantlarga, qoida tariqasida yozgi ta’til davrida 30 kalendar kunidan iborat uzaytirilgan asosiy yillik ta’til beriladi.
Doktorantura va aspiranturada o’qish muddatiga uzaytirilgan asosiy yillik 30 kalendar kunlik ta’tili ham kiradi.
Aspirant va doktorantlarning asosiy yillik uzaytirilgan ta’tillari asli xolida har yili foydalaniladi. Uni boshqa vaqtga ko’chirishga, qismlarga bo’lishga va pullik kompensasiya bilan almaytirishga yo’l qo’yilmaydi.
Stajyor-tadqiqodchilarga, qoyda tariqasida yozgi ta’til davrida 24 ish kunidan iborat asosiy yillik ta’til beriladi.

SamDAQI professor-o‘qituvchi va xodimlari uchun sanatoriyalar to'g'risida ma'lumot

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining
ICHKI TARTIB QOIDALARI

I. Umumiy qoidalar
II. Ish beruvchi (rektor)ning majburiyatlari:
III. Xodimlar va ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari.
IV. 
Institut hududida quyidagilar ta’qiqlanadi:
V. O’qish va dam olish vaqtini tartibga solish talablari:
VI. Talabalarni o’qish va jamoat ishlaridagi yutuqlari uchun rag’batlantirish:
VII. Intizomiy ta’sir choralari:
VIII. Mehnat munosabatlari:
IX. Mehnat intizomini ta’minlash va javobgarlik:
X. Bino ichidagi tartib:
XI. Ish vaqti va dam olish vaqti:
XII. Yakuniy qoidalar:

   

2017 yil “Xalq bilan muloqat va inson manafaatlari yili”da O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag’ishlab SamDAQI professor-o’qituvchilar o’rtasida shaxmat  bo’yicha o’tkazilgan fakultetlararo sport musobaqasi haqida

2017 yil 15-16 noyabr kunlari  institutda sportning shaxmat turi bo’yicha professor-o’qituvchilar o’rtasida fakultetlararo musobaqalar o’tkazildi. Ushbu musobaqalarda Arxitetura, Qurilish, Muxandislik komunikasiyalari qurilishi  fakultetlaridan  jami 15 nafar professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.  

Umumjamoa hisobida o’rinlar quyidagicha taqsimlandi.

I- o’rin.  Muxandislik komunikasiyalari qurilishi  fakulteti 

II- o’rin. Arxitektura fakulteti 

III- o’rin. Qurilish fakulteti  

O’tkazilgan sport musobaqa “Talaba” sport uyushmasi hamda “Jismoniy madaniyat” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan yuqori saviyada tashkil qilindi.

  

  

  

Xodimlar va talabalar boshlangich kasaba uyushma raisi                                              A.M.Axunjanov

 

 

         Xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, 1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosobati bilan institutda ko’p yillar samarali mehnat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan quyidagi 15 nafar professor-o’qituvchi  Odilov A., Bobokandov N., Uzokov X., Kucherenko L., Nurmatov E., Sobirov K., Djurakulov A., Davronov E., Narzullayev F., Avezova O., Jurayeva S., Soatov U., Norkulov O., Norkulov N. larga qimmatbaho sovg’alar topshirildi va ulardan xabar olib, hol-ahvol so’raldi.
Talabalar uyida yashovchi talabalarga osh (palov) pishirib tarqatildi. Professor o’qituvchilarga xo’kiz suyib gusht  tarqatildi. Institutda ko’p yillar samarali mehnat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan Kucherenko L.M.dan hol – ahvol so’raldi.

  

  

  

  

  

 Xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, 1-sentyabr “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi” hamda Qurbon Hayit bayramlari munosobati bilan institutda ko’p yillar samarali mehnat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan quyidagi 10 nafar professor-o’qituvchi va xodimalardan Baratov T., Astanova M., Shomurodova M., Karimov N., Negmatov Z., Xamidova M., Olimova G., Nurmatova K., Xaydarov R., Rustamova D.,larga qimmatbaho sovg’alar topshirildi va ulardan xabar olib, hol-ahvol so’raldi.
Ko’p yillar ARMda samarali faoliyat ko’rsatgan Nurmatova Karomat opa hamda uzoq yillar institutda o’qituvchi bo’lib ishlagan Nurmatov Oblokul akalardan hol–ahvol so’raldi.
Uzoq yillar institutda o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritgan Shomurodova Matlyuba opadan hol–ahvol so’raldi.
Uzoq yillar davomida institutda o’qituvchi va yoshlar yetakchisi bo’lib faoliyat yuritgan Baratov Temur Faxriddinovichdan hol–ahvol so’raldi.
Shu jumladan, institut xo’jalik bo’limining 3 nafar kam ta’minlangan xodimlari Gulnoza Tursunova, Dilrabo Axmedova va Nafosat Ganiyevalarning farzandlariga maktab qurollari olib berildi.
Shuningdek, institut bo’limlarining 5 nafar xodimlariga bir minimal ish haqi (149775 so’m) miqdorida  moddiy yordam ko’rsatildi.

  

  

      

  Uchrashuv

2017 yilning 11 may sanasida «O’zbekiston transport, yo’l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bosh hisobchisi Razikova Maxfuza Tavakalovna, Samarqand viloyati BKUQ raisi Izzatullayev Sirojiddin Ne’matovich va Samarqand viloyati kasaba uyushmasi tashkiliy ishlar mudiri G’olibjon Rustamovlar ishtirokida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasining a’zolari hamda kasaba uyushmasi faollari bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv qiziqarli, savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Faolllar va qo’mita a’zolari o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaatlar qilishib, tegishli javoblarni olishdi. 

  

2017 yil «Halq  bilan  muloqot va inson manfaatlari yili” munosobati bilan hamda 9–may “Xotira va qadrlash” kuni munosobatlari bilan institut professor–o’qituvchilar va xodimlar o’rtasida fakultetlararo ochiq chempionat musobaqalari o’tkazildi

 

Fakultetlar

Sport turlari

Umumjamoa hisobida to’plangan ochko

Umum jamoa hisobida olingan o’rin

 

Shaxmat

Voleybol

(o’g’il)

Voleybol

(qiz)

Stol tennisi

Mini futbol

 

o’rin

ochko

o’rin

ochko

o’rin

ochko

o’rin

ochko

o’rin

ochko

 

 

 

1

Arxitektura

II

5

II

5

I

7

I

7

III

3

27

1

2

MQQ

I

7

III

3

-

0

III

3

I

7

20

2

3

Qurilishni boshqarish

III

3

I

7

-

0

II

5

II

5

20

3

4

Qurilish

IY

1

III

3

-

0

IY

1

IY

1

6

4

5

O’tkazilgan sanalar

18 – 19 yanvar

18 – 19 yanvar

20 – 21 yanvar

13 – 14 aprel

3 – 4 may

 

 

 

Institut professor – o’qituvchilari o’rtasida fakultetlararo komandalari bo’yicha ochiq chempionati  musoboqalarining natijalari:

1 o’rin – Arxitektura fakulteti.

2 o’rin – Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi fakulteti.

3 o’rin – Qurilishni boshqarish fakulteti.

4 o’rin – Qurilish fakulteti.

Shaxsiy birinchiligi:  Shaxmat bo’yicha – Xaydarova Madina – 1 o’rin, Yarmatova Dilbar – 2 o’rin.

                                         Stol tennisi bo’yicha – Raxmonova Mansura – 1 o’rin, Xudoyorova Mavlyuda – 2 o’rin.

1,2,3 o’rin olgan komandalarni va shaxsiy o’rin olganlar kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan estalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. 

  

  

  

Institut xodimlar va talabalar boshlangich kasaba uyushma kumitasi 2017 yil  9-May- “Xotira va qadrlash kuni”  munosabati bilan  Afg’oniston  urushida  ishtirok  etgan  xodimlarga va   mehnat  faxriylariga sovga takdim etilgan

  

  

      

Iqtidorli yoshlar - kelajak istiqboli

Joriy yilning 30 aprel kuni “Qurilishda menejment” kafedrasi tomonidan “2018 yil faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” ga bag‘ishlangan Dastur doirasida “Qurilishni boshqarishda innovatsion g‘oyalar va ularni qo‘llash istiqbollari” mavzusidagi talabalarning ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor U.Xudoyarov, moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor A.Rajabov, ilmiy bo‘lim boshlig‘i U.Xushvaqtov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i M.Xodjabekov, institut kasaba o‘yushma qo‘mitasi raisi A.Axunjanov, fakultet dekani U.Nazarov, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminarni institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor U.Xudoyarov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda ta’lim tarbiya jarayonida innovatsion g‘oyalarni muhimligshiga alohida e’tibor qaratdi.
Seminarda “Menejment” ta’lim yo‘nalishining iqtidorli talabalaridan 16 nafarining ilmiy maqolalari eshitildi. Seminar natijalari bo‘yicha talabalar maruzalarining to‘plami chiqarildi.
Qiziqarli savol-javoblar ostida o‘tgan ilmiy-amaliy seminar g‘oliblari va faol ishtirokchilarga institut xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hamda kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilgan diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

  

 

INSON QADRI ULUG‘, XOTIRA MUQADDAS

Institut faollar zalida 9-may “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlangan “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Kirish so‘zida institut ma’naviy ishlar bo‘yicha prorektor v.b. O‘.J.Xudayarov taklif qilinganlarga institut rektori S.I.Axmedovning tabrik nutqini o‘qib eshittirdi va ishtirokchilarni bayram bilan samimiy qutladi.
Tadbirni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan kafedra katta o‘qituvchisi A.E.Ziyotova, o‘qituvchi N.Haqqulovlar tomonidan tayyorlangan xotira slaydlari asosida “Unutmoq osonmas sizlarni” mavzusidagi taqdimot namoyish etildi.
Namoyish qilingan taqdimotda  institutda faoliyat ko‘rsatgan va bu yorug‘ dunyoni tark etgan ustozlar xotirasi, urush qatnashchilari va mehnat faxriylarining e’zozlanishi, institut  hayotiga oid lavhalar namoyishi, esdaliklar, taassurotlar, shuningdek, she’riy va musiqiy  lahzalardan iborat bag‘ishlovlar tilga olindi. Taqdimot lavhasi barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ayniqsa,  “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, xususan, A.Ziyotova to‘plagan ma’lumotlar asosida “Inson aziz, xotira muqaddas” deb nomlangan xotira kitobi tadbir ishtirokchilarini to‘lqinlantirib yubordi.  Risolada aks etgan ustozlar haqidagi rasmlari bilan berilgan ma’lumotlar yig‘ilganlarning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi jamoasiga minnatdorlik bildirib, savobli ishga qo‘l urganligini ta’kidlashlari uchun asos bo‘ldi.
Tadbirda so‘zga chiqqan M.Xonkeldiyev, K.G‘aniyev, A.Gadayev, U.Sanaqulovlar nomlari xotirlanayotgan marhum ustozlar, faxriy nuroniylar va ularning institut hayotidagi faoliyatlari haqida taassurotlar va ehtirom namunalarini bildirdilar. Shundan so‘ng, tadbir mehmoni II jahon urushi qatnashchisi, 94 yoshli Sayfullayev Bektemir bobo so‘zga chiqib, quyidagi ma’lumotlarni berdi: “Men, - dedi otaxon, 1924 yil 9 mayda tug‘ilganman. 23 ta orden va  medallar sohibiman. Davlatimiz bizdek urush qatnashchilarini e’zozlab, qadrlab 5 million so’m pul mukofoti,  oltin soat va yana bir qancha sovg‘a-salomlar bilan taqdirladi. Undan tashqari ichki ishlarda ishlaganim sababli shaxsan IIB generali tomonidan yana 2 million so’m pul mukofoti va sanatoriyada dam olish uchun bepul putyovka berishdi. Viloyat hokimligi tomonidan, mahalla, maktab, oliy o‘quv yurtlari, tashkilot va muassasalar tomonidan qilinayotgan e’tibor, ehtiromlar zamirida shaxsan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlarini ko‘ramiz. Prezidentimiz bizni qanchalik qadrlayotgan bo‘lsa, u kishini butun xalq qadrlaydi, butun xalq minnatdor”, -deya o’z so’zini yakunladi.
Tadbir ishtirokchilari otaxonni tug‘ilgan kunlari va buyuk g‘alabaning 73 yilligi munosabati bilan tabriklab, e’zozu ehtirom ko‘rsatdilar.
Tadbirning so‘nggi qismida konsert dasturi namoyish qilinib, tadbir ishtirokchilariga zavqu-shavq ulashildi. Keksayib qolgan bo‘lishiga qaramay tadbirga taklif etilgan nafaqadagi faxriy ustozlar tadbir dasturidan bir olam ma’nan va ruhan taassurotlar olishib, institut ma’muriyati tomonidan tashkil qilingan dasturxon atrofida diydorlashishdi.

 

 

Xotira va qadrlash – xaliqimizning asriy qadriyatlaridandir

9- Мау “Xotira va qadrlash kuni” arafasida Ikkinchi jahon urushi qanashchilaridan har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda bayram bilan samimiy qutlash maqsadida, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori S.I.Ahmedov boshchiligidagi institut rahbariyati hamda institut yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining faol a’zolari Samarqand shahrida yashovchi Ikkinchi jahon urushi davrida Leningrad qamali jabirdiydasi Sofiya Salmanovananing xonadoniga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Sofiya Salmanovananing holidan xabar olindi, samimiy kayfiyat ulashildi hamda bayram munosabati bilan ajoyib sovg’a salomlar ulashildi. Shuningdek SamDAQI yoshlari tomonidan Sofiya Salmanovaning xonadonida  hashar uyushtirilib, uy atrofi va ko’chalar obodonlashtirildi.
Zero, xotira va qadrlash – xaliqimizning asriy qadriyatlari, ulug’ fazilatlaridandir. El-yurtning tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog’idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko’rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o’tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g’amxo’rlik va e’tibor ko’rsatish har birimizning muqaddas insoniylik burchimizdir.