Kasbiy ta’lim

   Kafedra mudiri: t.f.n, dosent Rahimov Akrom Qaxxorovich 

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon: +998939994015

   E-mail: rahimov52@umail.uz   

 

 


 

 

KAFEDRA TARIXI.

2001 – 2002 o’quv yili boshlanishida institut ilmiy kengashi qarori bilan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi tashkil qilindi va tajribali ustoz, dos.  Raximov A.Q. kafedra mudiri etib tayinlandi. Bu kafedra kasbiy pedagogik ta’lim yo’nalishiga oid san’atshunos, quruvchi, muhandislik kommunikasiyalari qurilishi bo’yicha bakalavr va magistrlar yetishtirib beruvchi maxsus kafedralardan biri hisoblanadi. “Kasbiy ta’lim” kafedrasi  u xalq xo’jaligiga ya’ni yoshlarga hunar va ilm beruvchi maskanlar – kollejlarga bilimli o’qituvchilar tayyorlab beruvchi, viloyatda yagona kafedraga aylandi.

2005 yil institut ilmiy kengashi qarori bilan “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi bilan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi birlashtirildi va natijada salohiyatli kafedra tashkil qilindi. Kafedra mudiri etib tajribali ustoz, dos. Raximov A.Q. tayinlandi. Bu kafedrada hozir 1 ta p.f.d, professor, 6 ta fan nomzodlari, dosentlar, 4 ta katta o’qituvchi, 5 ta o’qituvchi  va 2 ta o’quv yordamchi xodimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Kafedra a’zolari tomonidan o’nlab darslik, o’quv qo’llanmalar, yuzga yaqin uslubiy ko’rsatmalar, necha yuzlab ilmiy maqolalar chop etilgan va ma’ruzalar bilan konferensiyalarda chiqishlar qilingan. Kafedraning 3 ta filiali viloyat kollejlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedra qoshida “Me’morqurilishloyiha” institutinig filiali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedrada har yili 4-5 million so’mlik xo’jalik shartnoma ishlari bajarilib kelinmoqda.