«Oliy matematika» kafedrasi

 Kafedra mudiri: f.-m.f.n.,dots. Mamasoliev Qazoqboy

 Telefon: (93)7227951

 Elektron manzili:  mamasoliev k.@mail.ru

 

 

 

 

 


 

Kafdra tarixi

     “Oliy matematika” kafedrasi institut faoliyat boshlagan kundan boshlab tashkil etilgan. Kafedrani turli yillarda boshqarganlar: dotsent Qobilov R.Q. (1966-1970 yillar), dotsent Karimov B.K. (1970-1976 yillar), professor Akilov J.K. (1976-2011 yillar).Institut Ilmiy Kengashining qaroriga asosan 2011 yil “Oliy matematika” va “Fizika va elektronika” kafedralari birlashtirildi va “Fizika va matematika” deb nomlandi. Kefedra 2015 yildan “Oliy matematika va fizika” deb ataldi.Ushbu davrda kafedrani boshqarganlar: professor Savurbayev A.S. (2011 yilning iyul-oktyabri), dotsent Umarov E. (2011 yilning noyabridan 2012 yilning apreligacha), dotsent O’sarov O’ (2012 yilning aprel-dekabri). 2012 yilning dekabridan kafedrani dotsent Mamasoliyev Q. boshqarib kelmoqda.Institut Ilmiy Kengashining qaroriga muvofiq 2018 yil “Oliy matematika” kafedrasi “Oliy matematika va fizika” kefedrasi tarkibidan ajratildi.Kafedraning faoliyati davomida 10 nafar o’qituvchi fan nomzodligi dissertatsiyasini himoya qildi va dotsent ilmiy unvonini oldi, 4 nafari fan doktorligi dissertatsiyasini himoya qilib, professor ilmiy unvonini oldi. Kafedra xodimlari davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bir nechta ilmiy loyihalarni bajardi, o’nta monografiya, sakkizta o’quv qo’llanma va ko’plab maqolalarni chop etdirdi.“O’zbekneftgaz”, “Samarqandgeologiya” tashkilotlar va loyihalash institutlari uchun o’ndan ortiq ilmiy xo’jalik mavzulari bajarildi.
Hozirgi vaqtda  “Oliy matematika” kafedrasida 17 ta shtat birligida 19 nafar o’qituvchi 1 nafar o’quv-yordamchi xodim ishlaydi. 
Professor-o’qituvchilar tarkibi quyidagichadir:
1 nafar fizika-matematika fanlari doktori, professor;
5 nafar fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;
4 nafar katta o’qituvchi;
8 nafar assistent-o’qituvchi. 
Kafedrada o’qitiladigan fanlar
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bakalavriat ta’lim  yo’nalishi talabalari uchun quyidagi fanlardan o’quv ishlari olib boriladi.
•Oliy matematika
•Iqtisodchilar uchun matematika
•Sferik trigonometriya.
 Kafedraning ilmiy tadqiqot yo’nalishlari
Kafedra professor-o’qituvchilari tarkibi quyidagi mavzular bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi: 
•Matematik analiz va differensial tenglamalar nazariyasining dolzarb muammolari
•Suyuqlik, gaz, plazma va deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasining dolzarb muammolari
•Oliy ta’limning dolzarb muammolari.
Kafedraning ilmiy tadqiqot va ilmiy uslubiy ishlari bo’yicha aloqalari
Respublikamizdagi barcha Universitetlar, oliy texnika va ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo’yicha aloqa o’rnatilgan.
Jumladan:
•O’zbekiston milliy universiteti
•Samarqand davlat universiteti
•Toshkent davlat texnika universiteti
•O’zbekiston FA Mexanika va ISM instituti
•Matematika va axborot texnologiyalari instituti
•Toshkent davlat arxitektura va qurilish instituti
•Urgench davlat universiteti
•“O’zbekneftegaz” Xolding kompaniyasi.